Saitxodjayev


-§. Determinizmning umumiy aloqadorliklarini ifodalovchi kategoriyalar



Download 441,4 Kb.
bet50/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

3-§. Determinizmning umumiy aloqadorliklarini ifodalovchi kategoriyalar


Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalaridan farqli o‘laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va voqelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko‘rsatilgan

«alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura»,

«element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur.

«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabat- larining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umu- miylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.

Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo‘lgan davlatning maqsadi va

vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning mohiyatini tashkil qiladi.

Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog‘lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo‘ladi.

Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muayyan ehtiyojlar asosida yondashadi. Bu yondashish subyektiv xarakterga ega bo‘lib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi.

Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqovini qondirish, fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o‘tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun, uning N2O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.

Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham, uning muqarrar o‘zgargan hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini o‘tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog‘liqligi aniqlangan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada ko‘tarsak, uning elektr tokini o‘tkazish

xususiyatini o‘lchaydigan asboblar bu o‘zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini o‘tkazuvchanlik xususiyati yo‘qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.

Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog‘lanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema, struktura va elementlarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.

Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun – narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.

Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir.

Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo‘lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog‘lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo‘lish mumkin bo‘lmaga- nidek, mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham bir- biridagi o‘zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bo‘lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni, suv bug‘ holatida chanqoqni qondirmaydi, o‘simliklarni sug‘orish uchun yaramaydi.

Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari sistemaning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, strukturaviy bog‘lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga ko‘ra, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi» deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi.

Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishlarini alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.

Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi.

Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir.

Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sabab – biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir. Narsa va

hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi hisoblanadi.

Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo‘lgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo‘lmagan, muhim va muhim bo‘lmagan sabablarga ajratish mumkin.

Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Gegel tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:


  1. uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi;


  2. Download 441,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish