Saitxodjayev


-§. Tabiat va jamiyat munosabatlari



Download 441,4 Kb.
bet42/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

3-§. Tabiat va jamiyat munosabatlari

Kishilik jamiyati moddiy olamning tabiatning ko‘p mingyillik tadrijiy taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. U taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida insonlar jamoasi kelib chiqqan davrda yuzaga kelgan. Demak jamiyat tarixi va uning taraqqiyoti inson ma’lum jamoaga birlashib mehnat qilgan. Ishlab chiqarish qurollarini yaratgan. Ma’lum ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar shakllangan davrdan boshlanadi.

Jamiyat tarixiy kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar tarixidir. Jamiyat rivojlanishi esa shu munosabatlarning o‘sishi va takomillashishi shaklida bo‘ladi. Jamiyat tarixi tabiat rivojlanishi tarixining ma’lum bir davridan boshlanadi.

Shunday qilib inson va jamiyat tabiatning ajralmas bir qismi bo‘lishi bilan birga uning alohida ongli qismidir. Jamiyat hamisha tabiat bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Inson har doim tabiat bag‘rida yashaydi. Biz butun borlig‘imiz bilan tabiatnikimiz va uning ichida yashaymiz va ularning to‘g‘ri foydalana bilamiz. Inson hech qachon tabiatdan tashqarida u bilan aloqa va munosabatda bo‘lmasdan turib yashay olmaydi. Tabiat bilan jamiyat, tabiat bilan inson, tabiat tarixi bilan jamiyat tarixi dialektik birlikda ta’sir va aks ta’sirdadir. Ularni bir- biridan ajratish mumkin emas. alohida inson umuman jamiyat va insoniyat dunyosi ham nazariy, jismoniy, Amaliy jihatdan tabiat bilan uzviy aloqadorlikda yashaydi.

Tabiat – tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya’ni yonilg‘i, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, har xil xom-ashyolar bo‘lmasa inson jamiyat yashay olmaydi. Sanoat qishloq xo‘jaligi va madaniyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne’matlarning birinchi manbai sifatida ham sog‘liq, shodlik, hayot qiziqishining va har bir kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas-tuganmas manbai sifatida ham o‘zining g‘oyat zo‘r ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi.

Tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan yer insonlarning oziq-ovqat manbai, uning dastlabki mehnat vositalarining xazinasidir. Yer insonni boqadi. Ingliz olimi Vilyam Peti aytganidek mehnat boylikning «otasi» bo‘lsa, yer uning «onasi»dir. Odamlar bir necha ming yillar davomida uning issiq bag‘rida undi, voyaga yetdi. Insonning kundalik hayoti va sevinchlari ham yer tufaylidir. Shunday ekan inson uchun g‘oyat darajada muhim va zarur bo‘lgan yerni e’zozlamaslik mumkin emas. tabiiy muhit jamiyat taraqqiyotiga ta’sir

etuvchi omil sifatida ikki katta turkumga bo‘linadi. Ulardan biri tirikchilik vositalaridan iborat tabiiy boyliklar, ya’ni yerning hosildorligi, o‘rmonlarda hayvonlarning suvda baliqning ko‘pligidan iborat bo‘lsa, ikkinchisi mehnat vositalari (mavjud sharsharalar, kema qatnaydigan daryolar, daraxtlar, ko‘mir, neft, gaz va boshqalar)dir. Kishilik jamiyatining boshlang‘ich davrida tashqi tabiiy sharoitlarning birinchi xili jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichida ikkinchi xili ham hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Tabiiy sharoit jamiyat taraqqiyotiga ikki xil ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, tirikchilik vositalari va tabiiy manbalarga boy bo‘lgan mamlakatlarda yashovchi xalqlar o‘z tirikchiliklari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tayyorlashda mablag‘ va kuchni bunday tabiiy qulayliklarga ega bo‘lmagan xalqlarga qaraganda ancha kam sarflaydi. Qulay tabiiy sharoitlar jamiyat taraqqiyotiga ma’lum darajada yordam beradi. Qondirilishi mutlaq zarur bo‘lgan tabiiy ehtiyojlarning miqdori naqadar kam bo‘lsa, yerning tabiiy hosildorligi naqadar ko‘p bo‘lsa va iqlim naqadar qulay bo‘lsa ishlab chiqaruvchi hayotning saqlanish va takror hosil qilinishi uchun zarur bo‘lgan ish vaqti shuncha kam bo‘ladi. Demak, uning boshqalarga ketadigan ortiqcha mehnati, uning o‘ziga ketadigan ortiqcha mehnati uning o‘ziga ketadigan mehnatiga nisbatan shuncha ko‘p bo‘lishi mumkin. Aksincha, tabiiy sharoit noqulay bo‘lib, kishilarning asosiy vaqti, mablag‘ va mehnati tirikchilik vositalarini yaratishga ko‘proq sarf bo‘lsa, u holda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari nisbatan sekinroq rivojlanadi. Noqulay tabiiy sharoit jamiyat taraqqiyotiga bir muncha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qadimgi davrda tirikchilik vositalarining tabiiy manbalariga boy bo‘lgan joylar jamiyat taraqqiyotiga katta qulaylik tug‘dirgan. Shuning uchun ham Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyo, Kavkazorti, O‘rta Yer dengizi o‘lkalari madaniyatning eng qadimgi markazlari bo‘lgan.

Madaniyatning ibtidoiy jamoa tuzumida keyingi yuqori bosqich- larida odamlarning tabiatga bo‘lgan ta’siri kuchayib, tabiat resurslaridan foydalanish imkoniyatlari ancha kengaydi. Buning asosiy sababi ishlab chiqaruvchi kuchlarining Fan-texnika, madaniyatning rivojlanib borganligidadir.

Sotsiologiya fanida geografik determinizm deb atalgan nazariyaga muvofiq jamiyatning iqtisodiy tuzumini ham uning ijtimoiy va siyosiy tuzilishini ham belgilaydigan narsa geografik muhitdir. Masalan, fransuz

olimi Monteskye «Qonunlar ruhi to‘g‘risida» degan asarida kapitalistik mamlakatlardagi millionlarcha ommaning boshiga tushayotgan azob- uqubatlaring asl sababi tabiiy sabalardir deydi. Iqlim hukmronligi uningcha hamma hukmronliklardan kuchliroqdir. Biroq geografik determinizm tarafdorlari nima uchun bir xil tabiiy sharoit mavjud bo‘lgani holda ba’zi mamlakatlar tezroq rivojlanadiyu, ba’zilari sekinroq rivojlanadi degan masalani tushuntirib berolmaydi. Darhaqiqat, tabiiy sharoitlar ijtimoiy taraqqiyotning borishini tezlashtirishi, unga turtki berishi ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Lekin jamiyatning qiyofasini ijtimoiy tizimning xususiyatini bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tishni belgilab beruvchi kuch bo‘la olmaydi. Chunki jamiyatning o‘zgarishi va rivojlanishi tabiiy sharoitlaring o‘zgarishiga qaraganda tezroq sodir bo‘ladi. Tabiiy sharoitlarning sezilarli darajada o‘zgarishi uchun ko‘p yillar kerak bo‘lsa, jamiyat hayotida tub o‘zgarishlar bo‘lishi uchun qisqa bir tarixiy muddat kifoya qiladi.

Tabiat va jamiyat o‘zaro munosabat sohalari bular – biosfera, Yerning hayot tarqalgan qismi biosfera deb ataladi. Biosfera tirik organizmlarning hayot kechirish muhitidir. Agar Yer shari quyoshga yaqinroq joylashganida, yer yuzasidagi harorat ko‘tarilib ketgan bo‘lar edi va oqibatda yerdagi namlik, suv yo‘qolar edi. Agar u quyoshdan uzoqda joylashganida, yer yuzasidagi harorat pasayib, hamma joy mangu muzlik bilan qoplanar edi. Xullas, har ikkala holatda ham yer yuzasida hayotning paydo bo‘lishiga imkoniyat yo‘qolgan bo‘lardi. Yana boshqa holni olaylik: quyosh sistemasi Galaktika markaziga yanada yaqinroq joylashganda edi, yer yuzasida kuchli gravitatsiya ta’sirida narsalarning vazni og‘irlashib, insondek murakkab jonzodning, balki umuman hayotning paydo bo‘lishiga sharoit bo‘lmagan bo‘lar edi. Aksincha, quyosh sistemasi Galaktikamiz markazidan hozirgiga nisbatan chetda joylashganda ham, gravitatsiya kuchining zaifligi ayrim ximiyaviy va biologik jarayonlarning ro‘y berishiga xalaqit bergan bo‘lar edi. Buning oqibatida yer yuzasida hayot paydo bo‘lmas edi. Demak, inson o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan joyda yashaydi va bunga shukur qilsa arziydi.

Inson aql-idrokining olamga ta’sir ko‘rsatish chegarasi noosfera deb ataladi. Inson o‘zligini anglamas ekan, uning sayyoramizga halokatli ta’siri kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning o‘zini ham halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashoratlar bor. haqiqatan ham inson faoliyati aql-idrok bilan oqilona boshqarilmas ekan, u yer yuzining halokatini tezlashtirishi muqarrardir.

Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:


  1. Insonning tabiat bilan aloqasi inson yerda paydo bo‘lgan vaqtlardanoq yuzaga kelgan bo‘lib, bu zaruriy obyektiv aloqadorlik o‘z ahamiyatini bundan keyin ham hech qachon yo‘qotmaydi.

  2. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik jamiyatning tabiatga, tabiatning esa jamiyatga ta’siri kishilar ongi va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv qonuniyatdir.

  3. Jamiyat bilan tabiatning obyektiv aloqadorligi tabiiy sharoitlarning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri jahondagi ayrim bir xalqlar va mamlakatlarga taalluqligina bo‘lib qolmay, balki butun insoniyat uchun barcha jamiyatlar va mamlakatlar uchun bir xilda umumiydir.

  4. Tabiiy muhit insonning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyatining doimiy va abadiy zaruriy shartidir.




Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish