OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Qoʻlyozma huquqida
UDK 347.262.1.
SAIDKULOV NURIDDIN AKRAMKULOVICH
Yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirishning
ijtimoiy-huquqiy asoslari
5A111601 – Ma’naviyat asoslari
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya
Ilmiy rahbar:
f.f n, dotsent Muhammadiyeva O.
Toshkent-2014
YOSHLARDA YUKSAK MA’NAVIYATNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-HUQUQIY ASOSLARI
M U N D A R I J A
I BOB. MA’NAVIYAT VA MA’NAVIY BARKAMOLLIK DIALEKTIKASINING ILMIY-NAZARIY TALQINI 11
1.1. Islom Karimov asarlarida ma’naviyat va ma’naviy barkamollikning oʻzaro uygʻunligi. 11
1.2. Sharq ma’naviy merosida ma’naviyat va ma’naviy barkamollik masalalariga boʻlgan qarashlar 18
1.3. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, ma’naviy boʻshliqni bartaraf etish masalalari. 25
I BOB BOʻYICHA XULOSA 30
II BOB. YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHNING MUHIM OMILLARI 33
2.1. Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ma’naviy merosning ahamiyati 33
2.2.Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda milliy va xalqaro huquq normalarning roli 39
2.3. Ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish vazifalari 46
II BOB BOʻYICH XULOSA 53
III BOB. YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSHLARNI KAMOL TOPTIRISHNING USUL VA VOSITALARI. 54
3.1. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda qonun hujjatlarini takomillashtirish masasalalari 54
3.2.Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda OAV va internet tizimidan toʻgʻri foydalanish usullari 62
III BOB BOʻYICHA XULOSA 70
X U L O S A 71
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI 77
KIRISH
Bugungi kunda xalq tinchligi, yurt farovonligi har tomonlama kuchli bilimli, yurtimizda demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, mustaqil fikrlaydigan, oʻzining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib oʻrin egallash, mamlakatni isloh qilish va yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch boʻlishga qodir yoshlarlarimizga bogʻliqdir.
Mustaqillikni ilk kunlaridayoq jamiyat a’zollarining, xususan yoshlarni ta’lim-tarbiyasi bilan bir qatorda ma’naviy-ma’rifiy olamini boyitish davlat siyosatini asosiy yoʻnalishi sifatida qaraldi. Bu jarayonni Oʻzbekiston mustaqillikka erishishining ishonchli tarixiy manbalardan biri I.A. Karimovning “Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli asarida keltirilgan quyidagi fikrlaridan ham koʻrishimiz mumkin. Jumladan, “yoshlar xalq ma’naviyatining – ham mahsuli, ham kelajagi. Shuning uchun har bir oʻgʻil-qizlarimiz dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bolishi kerak. Iste’dodli yoshlarimizning, yigit-qizlarimizning oʻz qiziqqan sohalarida yetuk insonlar boʻlib yetishishlari uchun tegishli shart-sharoitlar hali toʻla yaratilgani yoʻq. Oʻzimizni ma’naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha gʻamhoʻrlik qilishimiz kerak.”1 Bugungi kunga qadar bevosita yoshlarga taalluqli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining 100 dan ziyod Qonun hujjatlari, shundan Oʻzbekiston Respublikasining 10 dan ortiq Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30 dan ortiq farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 40 dan ziyod qarorlari qabul qilingan. Jumladan, 2014-yil mamlakatimizda “Sogʻlom bola” yili deb e’lon qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 29-fevraldagi “Sogʻlom bola yili” davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlarini olib borilayotgan islohatlarning huquqiy asosi deyish mumkin.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi qonunning 1-moddasida: “Yoshlarga oid siyosat Oʻzbеkiston Rеspublikasi davlat faoliyatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yoʻlida imkoni boricha toʻla-toʻkis roʻyobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir…”,1 deb ta’kidlangan.
Ushbu me’yoriy huquqiy hujjatlar yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishda faol ishtirok etish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekiston jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun xizmat qilib kelmoqda.
Shunday ekan, Oʻzbekistan zaminida yashayotgan har qaysi odam mamlakatimizda olib borilayotgan va koʻzda tutilayotgan barcha islohotlar, avvalambor, uning manfaati, uning oilasi va farzandlari uchun, shu yurtning farovonligi va taraqqiyoti uchun amalga oshirilayotganini aniq-ravshan anglab yetishi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, avvalo, oʻz ustimizda ishlashimiz, huquqiy madaniyat, huquqiy ongimizni yuksaltirishimiz, siyosiy faolligimiz va fuqarolik mas’uliyatimizni oshirishni bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida qabul qilishimiz darkor.
Bu haqiqatni barchamiz, avvalo, bugun hayotga kirib kelayotgan yoshlarimiz yaxshi anglab olganiga ishonamiz. Qolaversa, bunday qarash, bunday yondashuv bilan yashash biz barpo etayotgan huquqiy davlatning eng muhim tarkibiy qismi, jamiyatimizni oʻzgartirish va yangilashning asosiy shartidir, desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov “Farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga oʻzini amalda namoyon etish uchun maydonni kengaytirish kerak”,2 degan fikrlari yoshlarni har da’fa bilim olishlariga undab kelmoqda. Istiqlol bizga bergan bebaho boylik va imkoniyatlar, erishgan natijalarimiz haqida koʻp soʻz yuritish mumkin. Ayni vaqtda mustaqillik tarixiga aslo oʻchmaydigan, yorqin sahifa boʻlib yoziladigan ulkan marralarimiz qatorida shunday buyuk bir yutugʻimiz borki, uning ahamiyatini hech narsa bilan oʻlchab, baholab boʻlmaydi.
Biz buni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, hayotimizda tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan sogʻlom va barkamol avlod timsolida koʻramiz
Do'stlaringiz bilan baham: |