MAVZU: 14 YANVAR VATAN HIMOYACHILARI KUNI
BAJARDI: YO`LDASHEVA IRODA
TEKSHIRDI: _______________
MAVZU: 14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI
Har bir insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, oddiy tosh ham muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qaerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar. Hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O‘z yurtida obro‘-e’tibori bo‘lmagan inson o‘zga yurtda ham qadrlanmaydi. Har bir insonning Vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Vatanga muhabbat har bir insonning o‘z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog‘liq. Vatanga muhabbati bo‘lmagan insonni ota-onasiga mehri bor desalar, bunga ishonib bo‘lmaydi. Vatan yagona ekanligi, uni pok saqlash, boyliklarini asrab-avaylash, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan bahramandlik, o‘ziga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas’ullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi.1993 yil 29 dekabrdan boshlab “14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimizda bayram sifatida nishonlanadi. Ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z Vataniga sodiq va fidoyi insonlar etib tarbiyalash barcha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoasining eng dolzarb vazifalaridan biriga aylanishi lozim. Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini
s hakllantirish, bu ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomil-lashtirishni taqozo etmoqda. Yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali o‘tkazish ham vatanparvarlik tarbiyasi tizimiga kiradi. Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Davlat ramzlariga hurmat jahondagi barcha xalqlar e’tiqod qiladigan an’anadir. Davlat ramzlariga hurmat shaxs madaniyati, burch, mas’uliyat tuyg‘usi, vatanparvarlik e’tiqodi darajasining belgisi bo‘ladi. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish bugungi kunda har bir yigit-qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda. Mudofaa ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlab, yoshlarimizning armiyadagi xizmatlarini joylarga borib ko‘rish va o‘rganish kerakki, bu o‘quvchi-yoshlarda bevosita harbiy vatanparvarlik borasida o‘z fikrlari va tushunchalari hosil bo‘lishiga ko‘mak beradi, yigitlarning Vatanga muhabbat hissi harbiy xizmatda shakllanadi, namoyon bo‘ladi. Harbiy askarlarning o‘tayotgan xizmatlari, o‘z yurti to‘g‘risidagi suhbatlari o‘quvchilarda katta taasurot qoldirib, taassavurlarini oshiradi. Yosh avlod qalbida o‘zligini anglash, vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish asosan maktabgacha va maktab davridan boshlanadi. Ushbu davrda bilim berish bilan birgalikda ularni vatanni sevishga, yurtga munosib farzand bo‘lishga, milliy g‘urur tuyg‘ularini his etishga o‘rgatiladi. Xalq ta’limi tizimi muassasalarida “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash o‘quvchilarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni Qurolli kuchlar, mamalakat mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun – mohiyatini chuqurroq tanishishga, o‘rganishga imkoniyat yaratadi.
Shuni aytish mumkinki, harbiylik kasbi kishidan boshqa kasblarga nisbatan ko‘proq mardlik, matonat va fidoyilikni talab etadi. O‘zida vatanparvarlikni, mardligu jasoratni, ishonchu g‘ururni va chinakam barkamollikni jam etgan bu kasb tobora yoshlarimizning kelajagi va maqsadlariga aylanib bormoqda. Bunday burch va maqsad bilan yashayotgan, harbiy ta’lim yo‘nalishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vatanparvar yoshlarimizning safi tobora kengayib borishi yurtboshimizning harbiy ta’limni isloh qilish va takomillashtirishdagi e’tiborli sa’y- harakatlari natijasidir. Respublika ta’lim markazi barcha ta’lim muassasalarida «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni»ni o‘tkazish bo‘yicha quyidagilarni tavsiya etadi: Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov 2011 yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb nomlash taklifi bilan tadbirlar mazmunini mazkur mavzuga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash yuzasidan hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda joylardagi harbiy qismlar,o‘quvchilar, ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, mahalla faxriylari, harbiylar va tadbirkorlar, kichik biznes xodimlari ishtirokida o‘tkazishda sinf rahbarlari, yetakchilar, fan o‘qituvchilari va kutubxonachilardan alohida mas’uliyat va tayyorgarlik ko‘rishlari talab etadi. Tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tadbirlar rejasini puxta, qiziqarli va aniq tarzda tuzish hamda o‘quvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinflar (1– 4 sinflar) va yuqori sinflar (5-9 sinflar) uchun alohida rejalar tuzish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, ularda Vatan tuyg‘usini shakllantirish b ilan birga murg‘ak qalblarida buyuk Vatanning mard posbonlari, yurtning jasur farzandlariga bo‘lgan havas va ishonchni mustahkamlash, «Men Vatan himoyachisiman» degan tushunchani, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirish, yuqori sinf o‘quvchilarida esa, mustaqil Vatanimiz xavfsizligi uchun o‘zlarini shaxsan javobgar sezish, o‘z xohish-irodasi bilan har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera olish, harbiy tayyorgarlik, sergaklik, botirlik, yurt sha’nini himoya qilish, yuksak farzandlik burchini anglashdan iborat tadbirlar majmuini tashkil etish maqsadga muvofiq. Shuningdek, sinf rahbarlari tarbiyaviy soatlarda “Vatan posbonlari”, “Munosib izdoshlar bo‘lamiz”, “Harbiylar hayotidan”, “O‘zbekiston o‘g‘lonlari”, “Vatanimiz taqdiriga befarq bo‘lmaymiz”, “Yurtimiz tinchligi yo‘lida” kabi mavzularda ochiq mashg‘ulotlar tashkil etib unda huquq-tartibot organlari, mahalla faollari, ichki ishlar xodimlarini taklif etish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga:-Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tiborni qaratish;- O‘zbekistonning kelajagiga ishonch bilan qarash, uning yuksalishiga munosib hissa qo‘shish, o‘quvchi yoshlarda xalqimizning milliy, ma’naviy merosi, urf-odatlaridan keng foydalanish, fidoyi inson bo‘lish g‘oyalarini singdirish maqsadida turli yo‘nalishda tadbirlar tashkil etish;- Mamlakatimizning muqaddas ramzlari bo‘lmish Davlat Gerbi, Davlat Bayrog‘i, Davlat Madhiyasini qadrlash, yuqori darajada tarbiyalanganlik,
Do'stlaringiz bilan baham: |