Saidkulov nuriddin akramkulovich


I BOB. MA’NAVIYAT VA MA’NAVIY BARKAMOLLIK DIALEKTIKASINING ILMIY-NAZARIY TALQINI



Download 0,66 Mb.
bet2/33
Sana11.01.2017
Hajmi0,66 Mb.
#130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Oʻzbekiston bozor munosabatlariga toʻla oʻtayotgan davrda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora oʻsib borayotganligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb masala sifatida kun tartibiga qoʻymoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimiz bor kuch-qudratini demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishga yoʻnaltirgan. Respublikamizda qabul qilingan oʻziga xos islohot modeli orqali biz oʻz oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qoʻyar ekanmiz, mazkur masalani samarali hal etish birinchi navbatda, oʻsib kelayotgan yosh avlodning axloqiy barkamolligiga, gʻoyaviy-siyosiy yetukligiga, milliy oʻzligini qanchalik chuqur va mukammal anglab olganliklariga ham bevosita bogʻliqdir. Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib boʻlgan ma’naviy jihatdan yetuk yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. “Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning pirovard maqsadi, – deydi I.A.Karimov, – iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat”.1

Bozor munosabatlarida ham yuksak ma’naviyatli va axloq-odobli, iqtidorli, bilim saviyasi yuqori va chuqur, zukko, ishbilarmon, ishchan kishilar zarur. Qashshoq ma’naviyat, axloqiy sust, bilim saviyasi yuzaki va past, ishning koʻzini bilmaydigan kishilar bozor munosabatlarida koʻzlangan maqsadga erisha olmaydilar. Ana shunday holatlarda bir qancha muammolar yuzaga kelishi tayin. Bugungi kunda yoshlar va ularning axloqi bilan bogʻliq muammolar mavjud.

Jumladan,

- Yoshlar tomonidan jinoyatlarni sodir etilishi;

- yoshlar oʻrtasida oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holati;

- yoshlar oʻrtasida giyohvandlikning koʻpayishi;

- yoshlarni surunkali ichishga ruju qoʻyishi;

- OITS va OIV ga chalingan yoshlarning mavjudligi;

- yoshlar oʻrtasida nikohning bekor boʻlayotganligi;

- Doimiy ish joyiga ega boʻlmagan yoshlar hamda xorijiy mamlakatlarga ishlashga ketgan yoshlar va ularning ayrimlarida yuzaga kelayotgan axloqsizlik va bu orqali jamiyat kishilariga boʻlayotgan salbiy ta’sirlari kabi boshqa muammolarni misol keltirish mumkin.

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 2012-yilning 1-yarim yilligida 10,1 mingtani tashkil etgan boʻlsa, 2013-yil yanvar holatiga koʻra bu koʻrsatgich tahminan 18,2 mingtaga yetgan va 8 mingtaga oʻsish holati kuzatilgan. Hududlar kesimida Toshkent shahar (4,3 ming) va Samarqand viloyatida (2,6 ming) boshqa viloyatlarga nisbatan yuqori koʻrsatgich qayd etilgan.

Yoshlar tomonidan oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlari erkaklar tomonidan 822 ta, ayollar tomonidan 969 ta sodir etilgan. Mazkur koʻrsatgichlardan ayollarning erkaklarga nisbatan oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holati 147 taga koʻp sodir etilganligini koʻrish mumkin. Hudud kesimida bunday holatlar boʻyicha ikkala toifada ham (erkaklar-153, ayollar-200) yuqori koʻrsatgich Toshkent viloyatida qayd etilgan.

Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik, surunkali alkagol maxsulotlarni iste’mol qilish hamda OITS va OIV kasalliklari balan kasallanganlar 2013-yilning yanvar holatiga koʻra mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida shunday salbiy holatlar 9,1 mingtani tashkil etgan. Shundan, giyohvand yoshlar 2,8 ming nafarni, surunkali alkagol mahsulotlarini iste’mol qiluvchilar 4,4 ming nafarni, OITS va OIV kasalliklari bilan kasallanib hisobga olingan yoshlar 1,9 ming nafarni tashkil etgan. Shundan, giyohvandlikka ruju qoʻygan yoshlar koʻrsatgichi boʻyicha Samarqand (858) va Surhondaryo (825) viloyatlarida yuqori boʻlsa, Sirdaryo viloyatida yil davomida giyohvand yoshlar aniqlanmagan.

Bundan xulosa qilish mumkinki, yoshlar oʻrtasida hali koʻp muammolar mavjud. Lekin yuqorida keltirilgan muammolarni aniqlashni oʻzi bilan ish bitmaydi. Balki, muammolarning yuzaga kelish sabablari va ularni bartaraf etishning samarali yoʻllarini qidirib topish hamda amalga oshirish zarurligi eng muhim vazifalardan ekanligi shart qilib qoʻyiladi. Bunday muammolarni yuzaga kelish sabablarini oʻrganish davomida yoshlardagi iroda zaifligi, sabrsizligi, aqlsizligi va bir soʻz bilan aytganda ulardagi ma’naviy qashshoqlik asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Ma’naviy yetuk yoshlar hech qachon axloqsizlikka olib boradigan ishlarni qilmaydi, balki, u zararli narsalardan ehtiyot va ogoh boʻlishga doimo intiladi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish