Saidkulov nuriddin akramkulovich


Ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish vazifalari



Download 0,66 Mb.
bet14/33
Sana11.01.2017
Hajmi0,66 Mb.
#130
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33

2.3. Ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish vazifalari


Yoshlar ta’limi va tarbiyasida, ularda ijtimoiy taraqqiyotning nazariy-metodologik masalalarini rivojlantirishda oʻqituvchining shaxsiy fazilatlari, nazariy, metodik tayyorgarligi hamda axloqiy qiyofasi birinchi darajali ahamiyatga ega. Shuning uchun ham XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligi hozirgi kunda hech kimga sir emas. Shuni e’tiborga olgan holda, 2010-yil hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan mamlakatimizda “Barkamol avlod yili”, 2014-yil “Sogʻlom bola” yili deb e’lon qilinishi bejizga emas. Yoshlar jamiyatning ijtimoiy tarkibida nisbatan mustaqil tuzilma boʻlib, umuman ijtimoiy taraqqiyot tizimiga xos qonuniyatlar unda muqarrar aksini topadi.

Oʻzbekiston demografik xususiyatiga koʻra yoshlar mamlakati hisoblanadi. Oʻziga xos ijtimoiy guruh sifatida yoshlar doimo olimlar tomonidan olib boriladigan tadqiqotlarning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda. Chunki, aynan ular yuz berayotgan oʻzgarishlarning indikatorlari boʻlib hisoblanadi va jamiyat rivojlanishining salohiyatini belgilab beradi. Ma’lumki, bugungi kunda Oʻzbekistonda 10 mln 675 ming kishi 18 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki butun aholining tahminan 35 foizini tashkil qiladi. 18 mln 300 ming kishi esa 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni, yoki, butun aholining 60 foizini tashkil qiladi. Aholining katta qismini tashkil qiluvchi yoshlarning mavjud muammolarini hal qilish, ularni hayotimizning haqiqatdan hal qiluvchi amaldagi kuchiga aylantirish toʻgʻrisida butun jamiyatning doimiy gʻamxorlik qilishi masalasi oʻz-oʻzidan jamoatchilikning diqqat-markazida boʻlib kelmoqda.

Oʻzbekistonda bugun umumiy aholi soni 30 million 500 mingga yaqin kishini tashkil etmoqda.1 Bu raqamlar faqat yurtimiz aholisining son jihatdan oʻsishinigina koʻrsatib qolmay, u navqiron millat sifatida katta intellektual imkoniyatlarga ega ekanini ham namoyon etadi.

Oʻzbekiston oʻz istiqbolini yoshlarda koʻrishi sotsiolog olimlar oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻyadiki, bu sharafli yumush jamiyatimizdagi muhim ijtimoiy qatlamning ijtimoiy qiyofasi, tavsifini, fe’li, orzu-niyatlari haqida doimo boxabarlikni ta’minlashdan tashqari ular faoliyatini optimallashtirish, ezgulikka yoʻnaltirib turish, oxir oqibatda esa barkamol avlodni tarbiyalashga hissa qoʻshishdan iboratdir.

Biroq, biror narsadan natija kutishdan avval biz oʻsha narsani chuqur anglab, masalaga ilmiy-amaliy yondashishimiz darkor. Shu jihatdan olganda davlatning yoshlar siyosati, kadrlar tayyorlash milliy dasturi samarasini oshirish uchun ham jamiyatimizdagi yoshlarni oʻziga xos qatlam sifatida chuqurroq oʻrganish sotsiologiyaning bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Sotsiolog Oʻ.Qayumovning “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi tomonidan chop etilgan “Fuqarolik jamiyatining shakllanishi sharoitida Oʻzbekiston yoshlarining ijtimoiylashuv jarayonlari” nomli monografiyasida 2003-2011-yillarda oʻtkazilgan satsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlili asosida mustaqillik yillarida Oʻzbekiston jamiyatida yuz berayotgan tub islohatlar sharoitida yoshlarimizni hozirgi zamon jamiyatimizga moslashuvini, ma’naviyatini, bilim olishga chanqoqligi, mehnatga boʻlgan munosabatini, ijtimoiy nuqtai nazarini va hayotiy intilishlarini yoritib bergan.

Bundan tashqari, yoshlarning ma’naviy kamolatini yanada yuksatirishga xizmat qilayotgan ijtimoiy-siyosiy institutlardan “Kamolot” YIH, Siyosiy partiyalar, Kasaba uyushmalari, Turli xil jamgʻarmalar, “Mahalla” hayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa shu kabilarini misol keltirish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 7800 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu koʻrsatgich 2000-yilga qaraganda 2,5 barobar koʻpdir.

Jumladan, “Kamolot” YIH yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, yoshlarda chuqur bilim, yuksak madaniyat hosil qilish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fazilatlarini yuksaltirish, zamonaviy ishbilarmonlik, tadbirkorlik omilkorlikni shakllantirish, yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, huquqiy manfaatlari va ehtiyojlarini oʻrganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish, hayotga tadbiq etish va boshqa vazifalarni bajaradi.

Prezidentimiz oʻz asarlarida shunday deydi: - “Bir narsa barchamizga ayon boʻlishi kerak: yoshlarimizni oʻz safiga birlashtiradigan harakat yoki tashkilot tuzishni zamonning oʻzi oldimizga eng keskin va dolzarb masala tariqasida qoʻymoqda. Lekin bunday tashkilotning yuzaga kelishini, avvalo, yoshlarimizning oʻz xohish-irodasi, ularning hayot rejalari, tashvish-armonlari, orzu-umidlari asosida amalga oshirish darkor”.1

Darhaqiqat, jamiyat kelajagi boʻlmish yoshlarni bir maslak atrofida birlashtirib, ularning intellektual bilimi, aql-idroki qolaversa, kuchidan hayrli maqsadda foydalanish uchun biron-bir yoshlar tashkiloti zarur edi. Bu, aynan yurtboshimiz tomonidan oʻrtaga tashlangan asosiy masala edi. Ana shu tashabbus orqali, 2001-yil aprel oyida “Kamolot” YIH tashkil etildi.

“Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga chuqur singdirish, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga keng jalb qilinishini ta`minlash.”-harakatning bugungi kundagi asosiy vazifalardan biridir.1 Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga ishonch bildirish, jamiyat va davlatning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hattoki, uning huquqiy asoslari ham taminlangan.

Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladigan yana bir tashkilot “Mahalla” institutidir. Mahalla instituti yurtimiz va xalqimizga xos milliy qadriyatlar va ma’naviyat sarchashmasidir. Oʻzaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, toʻy-tomosha, hashar va ma’rakalarni koʻpchilik bilan bahamjihat oʻtkazish kabi yumushlar azaldan mahalla hayotida oʻz aksini topgan.

Istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bogʻliq asriy an’ana va urf-odatlarimiz tiklanib, zamon bilan uygʻun rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususan, mahalla institutining oʻrni va rolini oshirishga doimiy e’tibor qaratilayotgani “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga joriy etishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada mahallalarda olib borilayotgan amaliy ishlar aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Mahallalarda sport maydonchalari barpo etilmoqda, mavjudlari ta’mirdan chiqarilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda.2



Darhaqiqat, mahallalardagi ijtimoiy muhit barqarorligiga erishish, yoshlarni turli yot gʻoya va mafkuralar ta’siridan asrash hamda yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilmoqda. Bu ishlarga mas’ul boʻlgan diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar uchun oʻquv-seminarlar tashkil etilib, ularning malakasi oshirilmoqda.

Fuqarolik jamiyatiga xos qadriyatlardan biri fuqarolar istak va manfaatlarini demokratik institutlar vositasida davlat vazifasi darajasiga koʻtarish amaliyotiga erishishdir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining institutlaridan biri sifatida Mazkur maqsadga erishishda muhim oʻrin tutadi.

Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlar qatlami ishtirokini ta’minlashda va ularning manfaatlarini himoyalashda ham siyosiy partiyalarning ta’siri kuchayib bormoqda. Yoshlarning ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini davlat organlari va turli nodavlat notijorat tashkilotlar vositasida himoyalash, mavjud muammolarini hal etish mumkin, lekin siyosiy partiyalarning ishtirokisiz yoshlarning siyosiy manfaatlarini himoyalash qiyin.

Partiyalarning yoshlar qatlamiga munosabatida umumiy jihatlar boʻlgani holda, dasturlarida ularning oʻz siyosiy platformalariga xos maqsad va vazifalar ham belgilanganligini qayd etish lozim.

Misol uchun, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) yoshlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik koʻnikmalarini shakllantirishni, yosh tadbirkor va fermerlarga shart-sharoit yaratib berishni asosiy vazifalaridan deb biladi. Bu vazifa partiyaning mulkdorlar qatlamiga tayanishidan kelib chiqqani tabiiy holdir.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Dasturida yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Dasturida esa ijtimoiy adolat, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash vazifalariga e’tibor qaratiladi. Mazkur vazifalar qoʻyilishidan ham partiyalarning oʻziga xos siyosiy platformalari, Dasturiy maqsad va yoʻnalishlari mavjudligini bilish mumkin. Siyosiy partiyalar ayni vaqtda yoshlarga oid oʻz siyosatini “Yoshlar qanoti”, “Yoshlar kengashi” kabi tuzilmalar, klublar vositasida amalga oshirib kelmoqda. “Yoshlar qanoti” atamasi ilk bor Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (OʻzFMDP) tomonidan 1998-yilda ilgari surilgan. Tashkil etilgan kezlari OʻzFMDP oʻzini “yoshlar partiyasi” deb e’lon qilganligini ham aytib oʻtish lozim.

Ma’lumotlarga tayanadigan boʻlsak, mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar safida yoshlar salmogi yildan-yilga ortib borayotgani yaqqol koʻrinadi. Taqqoslash uchun bir misol: yoshlar 2004-yilda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolarining 25 foizini, 2006 yilda 40 foizini tashkil etgan boʻlsa, 2013-yil holatiga koʻra bu koʻrsatkich 48, foizga yetdi. Yoki 2004-yilda OʻzLiDeP a’zolari orasida 10 ming nafar yosh a’zo boʻlgan boʻlsa, hozirda mazkur partiyaga 80 ming nafar yigit-qiz a’zodir.

Hozirda Oʻzbekiston siyosiy partiyalari umumiy a’zolarining kesimida yoshlar oʻrtacha 40 foizni tashkil etmoqda. Jumladan, 2013-yil holatiga koʻra, OʻzXDP tarkibida 118 500 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tarkibida 32 ming, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tarkibida esa 82 ming nafar yosh a’zolar bor.

Siyosiy partiyalar yoshlar tuzilmalari oʻrtasida ham sogʻlom raqobat, oʻzaro gʻoyaviy kurash muhiti shakllanib bormoqda. Ularning yoshlarga oid yoʻnalishlari reallashib, yoshlarga oid siyosatining maqsad-vazifalari ham amaliy harakter kasb etib bormoqda. Bu, ayniqsa, OʻzLiDeP va OʻzXDP yoshlar tuzilmalari faoliyatida yaqqolroq koʻrinadi.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish