Trilogiyada o’zbek xalqiga xos bo’lgan bolajonlik va oriyatlilik, bag’rikenglik va fidoyilik, mehribonlik va el-yurt oldidagi burchini chuqur his etish singari xislatlar Tursunboyning onasi Jannat xola obrazida ham yorqin aks etgan. Ikromjon aka singari Jannat xola qalbida ham bir vaqtning o’zida yakkayu yolg’iz o’g’liga muhabbat va qahr g’azab tug’yon uradi. Ona o’g’lini qanchalik sevmasin, baribir, uning qilmishiga chiday olmaydi.
“UFQ” TRILOGIYASI
Ona iztirob, alam, or-nomus o’tida yonadi va qochoq o’g’li Tursunboyni la’natlab:”Kuch-quvvatdan qolgan otang ham qo’liga miltiq olib urushga bordi-ya! Bir oyog’ini urushga tashlab keldi-ya! Sen, shu gavdang, shu kuching bilan qochdingmi? Otangni tiriklay o’ldirding-ku, meni adoyi tamom qilding-ku! Ertaga yurtning ko’ziga qanday qarayman? Dadang qanday qilib ko’chaga chiqadi? Shuni o’yianadingmi?!”- deb nola qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |