Shunday qilib, romanda xalqimizning olijanob milliy xususiyatlari va o’ziga xos milliy xarekteri yorqin aks etgan. Ana shuning uchun ham Abdulla Qahhor: “Ufq” qochoq haqidagi roman emas, aksincha, qochoqni bag’riga sig’dira olmagan xalq haqidagi asardir”,-deb bu romanga yuqori baho bergan edi. Tanqidchi Ibrohim G’afurov esa haqli ravishda ”Ufq” trilogiyasida o’zbek milliy prozasi tasvir usullari sintezlashdi. Juda chuqur lirizm bilan sug’orilgan bu asar epik tasvir bilan zamonaviy ilg’or psixologik tahlilning birlashgan namunalarini beradi”,- deb yozgan edi
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adib Said Ahmad asarlarida har bir obrazni o’ziga xos jonli tarzda yoritgan. Yorqin bo’yoqlarda aniq va tiniq aks ettirgan. Uning asarlarini o’qigan har bir kitobxon asarlarida hayot nafasi ufurib turganini yaqqol sezadi. Said Ahmad qatag’onlik zulmining ikkinchi to’lqiniga duchor bo’lgan bo’lsa-da, o’z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni so’z san’atkori darajasiga yetkazgan desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |