Trilogiyaning uchinchi kitobi-“Ufq bo’sag’asida” urushdan so’nggi dastlabki yillardagi xqarakterli voqealar, qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish harakati tasvirlangan. Demak, ko’p qirrali hayot haqiqatini keng miqyosda aks ettirish, o’zbek xalqining, xusasan, qishloq kishilarining olijanob fazilatlarini ko’rsatish, ularning buyuk ishlari va yuksak orzu-istaklarini ifodalash “Ufq” trilogiyasi sujetining asosini tashkil etadi. Asarda asosiy voqealar va turli taqdirlar bir-biri bilan mustahkam bog’langan holda va o’zaro aloqada aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |