Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

BESO‘NAQAY «MIKS»
Yondosh  olam  deganimiz  shunchaki  fantastik 
xayol emas. Hatto dunyoning mashhur astrofizik-
lari ham bizning olamga yondosh (parallel) bo‘lgan 
yana ko‘plab olamlarning bo‘lishi mumkinligini aytish-
moqda. Ularning fikricha, bizning koinot ma’lum bir che-
garada tugaydi. Shundan so‘ng yangi bir osmon – olam 
chegarasi boshlanadi. Hozircha bu bir ilmiy faraz. Ammo 
matematik  hisob-kitoblar  va  astrofizikadagi  yangi  ilmiy 
kashfiyotlarga qaraganda, bu faraz ham tez orada o‘z is-
botini topadi.
Margol miksliklar shartiga rozi bo‘lganidan buyon Ah-
mad juda behalovat bo‘lib qolgan. U shu kunga qadar 
yondosh olamlar haqida ko‘p o‘qigan. O‘shanda u: «Yetti 
qavat osmon deganlari shu bo‘lsa kerak-da», – deb o‘y-
lardi.  O‘zi  shundoq  ham Yerdan  uzoqlashib,  galaktika-
ning bir chekkasiga kelib qolgan qahramonimizga endi 
boshqa olamga borib kelish yetmay turgan edi. Ammo u 
uyiga qaytishi uchun galaktika xaritasini qo‘lga kiritishi 
kerak  ekanini  yaxshi  biladi. Aslida,  Margolning  o‘rnida 
uning  o‘zi  bo‘lganda  ham  miksliklar  shartiga  ko‘nmay 
iloji yo‘q edi.
Miksliklar  ham  paysalga  solmay  ertasi  kuniyoq  olim, 
muhandis va fazogirlar ishtirokida kichikroq majlis tashkil 
qilishdi.  Majlisda  «Ko‘kkezar»ning  barcha  ekipaj  a’zolari 
ishtirok etdi.
– Yondosh olamga faqat siznikiday tezkor kema bilan 
kirib borish mumkin, – deya gap boshladi majlisga rahbar-
lik qilayotgan olim miks. – Ammo bir o‘zingiz qo‘mondonni 
zindondan ozod qila olmaysiz.
–  Ha,  buning  uchun  eng  baquvvat  miks  askarlaridan 
kamida o‘nta kerak bo‘ladi, – tasdiqladi harbiylardan biri.


80
– Lekin muammo bor – «Ko‘kkezar»ga atigi 3 kishi ba-
zo‘r sig‘ar ekan!
– Demak, bizning kemada ucha olmas ekanmiz, – dedi 
Margol o‘rnidan turib.
– Nega endi? Siz shu kemani yasagan ekansiz, demak, 
biror g‘oya o‘ylab topishingiz ham mumkin, – dedi qat’iylik 
bilan mikslik olim.
–  Aslida,  kemani  men  emas,  Ahmad  yasagan.  Men 
faqat  yordam  berganman,  xolos,  –  Margol  shunday  deb 
joyiga o‘tirib oldi.
Bu gapdan so‘ng majlislar zali ari uyasiday g‘uvillab ket-
di. Hamma hayron, yerlik mushtday bola koinotda yagona 
bo‘lgan  kemani  ixtiro  qilsa-ya  deya  majlis  ishtirokchilari 
aqldan ozayozdi.
– Nahotki, shu odam-a?! – so‘radi Miks rahbari. Margol 
boshini qimirlatib tasdiqladi.
Endi hamma Ahmadning biror nima deyishini kuta bosh-
ladi. Buni sezib Ahmad o‘rnidan turdi va chizmalar chizish 
uchun doska yoniga keldi.
– «Ko‘kkezar» bir qarashda juda murakkab qurilmaga 
o‘xshagani  bilan,  uning  konstruksiyasi  juda  sodda.  Ayt-
moqchimanki, kemani harakatga keltiruvchi asosiy qurilma 
uning  ichida  emas,  balki  korpusga  o‘rnatilgan  tarvuzday 
keladigan matohda.
– Kechirasiz, – qo‘l ko‘tardi bir miks, – tarvuz deganin-
giz nima?
– U Yerda o‘sadigan, hajmi shu qovoq kallangizday ke-
ladigan mazali poliz ekini.
Boyagi  miks  o‘rinsiz  savol  berganini  tushunib  joyiga 
o‘tirib oldi. Yaxshiyamki, u Ahmaddan qovoq nima ekanini 
so‘rab qolmadi.
– Xullas, shu tarvuzday keladigan qurilma bir nechta kema-
ni ham boshqara oladi. O‘sha o‘nta askar sig‘adigan kemani 
«Ko‘kkezar»ga mana bunday qilib shatakka olishi mumkin.


81
U shunday deb doskaga o‘z g‘oyasini chizib berdi. Bu 
vaqtga kelib miks olimlari bolakayga angrayib qarab qol-
gandi.  Hatto  ba’zi  mikslarning  peshonasidagi  antennasi-
mon mo‘ylovi qiyshayib qoldi.
–  Yana  bir  muhim  gap,  –  olim  miks  xuddi  bir  nimani 
unutib qo‘ygandek so‘zlay boshladi. – Shatakka olinadigan 
kema  «Ko‘kkezar»ga  o‘ta  mustahkam  bog‘lanishi  shart. 
Aks holda, neytron yulduzining tortishish kuchi kemani ik-
kiga bo‘lib yuborishi hech gap emas.
– Neytron yulduzining bu safarimizga nima aloqasi bor? 
– so‘radi Margol.
– Axir, Yondosh olamga faqat neytron yulduzi yaqinidan 
o‘tish mumkin, – olim miks Margolga «nima buni bilmasmi-
ding» deganday qarab qo‘ydi.
–  Nima-nima,  neytron  yulduzi?!  Yo‘q,  buning  hecham 
iloji yo‘q, – endi Ahmad ham o‘rnidan turib ketdi.
– Sizning kemangiz bilan imkoni bor!
– Nimalar deyapsiz, neytron yulduzining gravitatsiyasi 
oddiy yulduzga nisbatan 10 trillion marta kuchliroq bo‘ladi. 
U bizni uzoq masofadan ham xuddi changyutgichdek tortib 
oladi. Unga yaqinlashishning imkoni yo‘q.
–  Istamasangiz  bormang.  Xaritani  esa  butunlay  unu-
ting, – cho‘rt kesdi Miks rahbari.
Uning bu gapidan so‘ng majlis bo‘layotgan g‘ala-g‘ovur xo-
naga suv quygandek sukunat cho‘kdi. Hamma Ahmad va Mar-
golning og‘ziga qarab tosh qotib turardi. Qahramonlarimizning 
holi juda tang edi. Shunda sukunatni Ahmadning o‘zi buzdi:
– Mayli, na iloj, biz biror yo‘lini o‘ylab topamiz.
Xonada yana g‘ala-g‘ovur boshlandi.
– Bo‘ldi, menimcha, boshqa muhokama qilishga o‘rin 
qolmadi,  –  dedi  Miks  rahbari.  Shundan  so‘ng  u  mulo-
zimlariga topshiriq berdi: – Zudlik bilan ishga kirishing. 
Bolakay aytgan loyihani yasashga bugunning o‘zida ki-
rishamiz.


82
Ertasi kuni ertalabdan uchish rejasi tuzildi. Miks muhan-
dislari esa loyihani bajarishda biroz kech qolishdi. Ularning 
ishi  tush  vaqtiga  qadar  cho‘zilib  ketdi.  Sababi,  «Ko‘kke-
zar»ga  boshqa  kemani  shatakka  olishayotganda  bir  be-
so‘naqay  miksni  deb  tutqichlarning  biri  sinib  ketgandi. 
Hozir ham bu miks Ahmad va Margolga tez-tez olaqarash 
qilib qo‘yar, ba’zan savollari bilan ularni chalg‘itar edi. Xul-
las, bu beso‘naqay yarim kunda hammaning joniga tegib 
ulgurdi.
Tushdan so‘ng barcha ishlar yakuniga yetdi. «Ko‘kke-
zar»  ekipaji  bilan  birga  uchish  uchun  eng  abjir  askarlar 
saralab olindi. Hademay ular yondosh olamga qarab yo‘l 
olishadi.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish