Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

Elektr tokini hech kim ixtiro qilmagan. U shun-
doq  ham  tabiatda  mavjud.  Masalan,  chaqmoq 
chaqqanida  juda  kuchli  elektr  toki  vujudga  keladi. 
Yana ayrim jonzotlar, xususan, meduzalar o‘z tanasi-
da elektr toki ishlab chiqarishi mumkin.
Hozirda  hayotimizni  elektr  tokisiz  umuman  tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Bu borada biz Volta, Faradey, Maksvell, 
Amper kabi olimlardan minnatdor bo‘lishimiz kerak. Chun-
ki mazkur olimlarning elektr toki borasida qilgan kashfiyot-
lari tufayli insoniyat shu darajada rivojlanib ketdi.
Elektr  toki  o‘z  atrofida  magnit  maydonini  hosil  qila-
di.  Bunga  kichik  bir  tajriba  o‘tkazib  o‘zingiz  ham  guvoh 


113
bo‘li shingiz  mumkin.  Buning  uchun  o‘tkir  bo‘lmagan  te-
mir bo‘lagini sochingizga yaxshilab ishqalaysiz, so‘ng uni 
mayda qog‘oz parchalariga yaqinlashtirasiz. Temir qog‘oz 
par chalarini  o‘ziga  tortib  oladi.  Chunki  ishqalanish  nati-
jasida  temir  tarkibidagi  zarralar  zaryadlanib  qoladi.  Zar-
yadlangan  zarralar  esa  boshqa  zarralarni  o‘ziga  tortadi. 
Yana  bir  usul:  simni  g‘altak  kabi  o‘rab,  uning  ikki  uchini 
batareykaga  tegizsangiz,  shunda  simli  g‘altak  magnitga 
aylanib qoladi.
Ahmadning rejasiga ko‘ra ekipajning barcha a’zosi ochiq 
kosmosga  chiqib  ishlashi  kerak  bo‘ladi.  Shuning  uchun 
ular  skafandrlarini  kiyib  birin-ketin  «Ko‘kkezar»  bortiga 
chiqa  boshladilar. Avval  Margol,  keyin  Moki,  oxirida  esa 
Ahmad chiqib keldi. Ularning har biri maxsus arqon bilan 
o‘zlarini «Ko‘kkezar» bortiga boylab olishdi. «Ko‘kkezar» 
ichida  gravitatsiyani  me’yorlashtiruvchi  uskuna  bo‘lgani 
uchun fazogirlar vaznsizlikni his qilmaydilar. Ammo ochiq 
kosmosda ular uchib yurar edi. Ahmad uchun bu judayam 
hayajonli jarayon edi, chunki bu uning birinchi marta ochiq 
kosmosga chiqishi.
– Koinotning haqiqiy chiroyini, mana, endi ko‘rayotgan-
dayman, – dedi Ahmad vaznsizlik holatida uchib yurarkan.
– Nimasini aytasan, kemamizning jajji oynalaridan bu-
tun manzarani ko‘rib bo‘lmaydi.
– Qarang, tumanlikning o‘rtasidagi yulduz xuddi ko‘zga 
o‘xshab ketarkan...
Ular  shu  tarzda  suhbatlashib  burg‘ilovchi  qurilmani 
ishga  tushirdilar.  Qidiruv  ishlari  uzoq  vaqtga  cho‘zildi. 
Keyinroq  fazogirlar  navbat  tashkil  qilishdi.  Ya’ni  ekipaj-
ning bir a’zosi ochiq fazoda qurilma bilan ishlaganda ikki 
fazogir  dam  olib  turadi.  Bu  esa  ishning  samaradorligini 
ancha oshirdi. To‘rt kun deganda qurilma noyob metallni 
aniqladi.


114
– Margol, Moki, tashqariga chiqinglar, qurilma nimanidir 
aniqladi, – Ahmad uxlab yotgan hamrohlarini ratsiya orqali 
chaqira boshladi.
Margol  shosha-pisha  skafandrlarni  kiyib  Moki  bilan 
kema  bortiga  chiqdi.  Ular  ham  birma-bir  qurilma  ko‘rsa-
tayotgan  ma’lumotlarni  tekshirib  ko‘rishdi.  Haqiqatda  bu 
noyob  metall  edi.  U  yulduzning  portlashidan  so‘ng  hosil 
bo‘ladigan metall parchalariga sira o‘xshamasdi.
– Ha, bu o‘sha qanot bo‘lsa kerak, – Margol xursand 
edi, – Ahmad, menimcha, ishning ikkinchi bosqichiga o‘ti-
shimiz kerak. Qani, magnitni yasaylik unda.
Fazogirlar shu zahoti ichkariga kirib kemadagi bar cha 
simlarni  yig‘a  boshladilar.  Ular  hozircha  ishlatilmayotgan 
qurilmalarning ichidagi simlarni chiqarib oldilar. Hatto Moki 
ham  o‘zining  ichidagi  ortiqcha  simlarni  chiqarib  berdi. 
Shundan so‘ng Ahmad simni g‘altak kabi o‘ray boshladi.
‒  G‘altak  qancha  katta  bo‘lsa,  magnit  ham  shuncha 
kuch li bo‘ladi, – tushuntirdi u.
Shundan so‘ng g‘altakning bir uchi generatorning mus-
bat, yana bir uchi manfiy tarafiga ulandi. G‘altak atrofida 
kuchli magnit maydoni hosil bo‘lib, atrofdagi temir qurilma-
larni, hatto Mokini ham o‘ziga tortib oldi.
Qo‘lbola  magnit  sinovdan  o‘tganidan  so‘ng  ular  yana 
kema  bortiga  chiqishdi.  Burg‘ilovchi  qurilmaning  50  kilo-
metrga  cho‘ziladigan  quvuri  uchiga  magnitni  mahkam-
lashdi. So‘ng quvurni yana tumanlik tomonga cho‘zishdi. 
Ammo aniqlangan metall olisda ekan, magnitning quvvati 
uni tortib olishga yetmadi. Hamma urinishlar zoye ketdi.
–  Margol,  tumanlikka  yaqinroq  bormasak  bo‘lmaydi. 
Mag nitning quvvati yetmayapti, – dedi Ahmad.
– Bundan ortiq yaqinlasholmaymiz. Qara, hatto shu yer-
ning o‘zi ham ancha xavfli-ku!
– Margol to‘g‘ri gapiryapti – dedi Moki tumanlikka razm 
solib. – Huv anavi tinimsiz chaqmoq chaqib turgan hudud-


115
ni ko‘ryapsizmi? U yerda olmos yomg‘iri bo‘lyapti. Bitta ol-
mos donasining kattaligi mening boshimday keladi. Halo-
katga uchrashimiz uchun shu olmosning bittasi yetarli. Biz 
izlayotgan metall esa aynan o‘sha hudud yaqinida.
– Ahmad, bilasan-ku, olmos eng qattiq tosh hisoblana-
di. U joyga yaqinlashish o‘lim bilan barobar.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish