OBMA: GALAKTIKADA NIMA GAP?
General Obma haligacha sodir bo‘layotgan voqealar
jumbog‘ini yecha olmay o‘z qarorgohida behalovat o‘tirar-
di. Shu kunlarda uning yoniga hatto eng yaqin mulozimlari
ham kira olmas, biror nima sodir bo‘lib sarkardaning g‘aza-
biga uchrab qolishdan qo‘rqishardi ular. General esa shu
tobda josuslarining aloqaga chiqishini intiqlik bilan kutyap-
ti. Nihoyat, uzoq kutilgan qo‘ng‘iroq ovozi eshitildi. Gene-
ral aloqa qurilmasining tugmasini bosdi. Monitorda josus
giksning basharasi ko‘rindi.
– Qo‘ling qayrilmasin, general, – deya salom berdi jo-
sus giks.
– Sening ham. Qanday xabaring bor?!
– General, Yer yaqinidagi Qizil sayyorada juda g‘ala-
ti voqea sodir bo‘ldi. Uchta noma’lum fazogirni qo‘ldan
chiqarib yubordik.
– Ahmoq, axir, senda bizning eng tezkor kemamiz bor-
ku!
– Ha, shunday. Lekin ularning kemasiday kema hatto
butun koinotda yo‘q. Ko‘z ochib yumgunimizcha g‘oyib
bo‘ldi. Radarlarimiz ham ko‘rmay qoldi.
– Nima, yorug‘lik tezligidan ham tezroq ucharkanmi?
– Ha, yorug‘lik tezligidan bir necha o‘n, balki yuz baro-
bar tezroq! Agar yorug‘lik tezligida uchganida, uskunalari-
miz uni bir qancha muddat ko‘rsatib turgan bo‘lar edi. Bu
kema esa butunlay g‘oyib bo‘ldi.
– Qanaqasiga? Qanday qilib? – tutaqib ketdi Obma.
Bu xabar general Obmani ancha hushyor torttirdi.
Chunki u shu kungacha bunday kema bo‘lishi mumkinligi
haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Qaroqchi emasmi, shu
tobda uning butun fikr-u xayolini o‘sha kemani qo‘lga kiri-
tish orzusi egallab oldi.
77
– Kemada kimlar bor edi, aniqladingmi? – so‘radi ge-
neral.
– Bizdagi uskunalar kemadagi ikki kishi va bir droidni
aniqladi. Ikki kishining biri odam ekani aniq.
– Nima-nima, odam dedingmi?
– Ha, uskunalarimiz odamning DNKsini aniqladi.
– Jin ursin! Odamlarning bu mashmashaga qanday
aloqasi bor ekan-a? Eh, borgan sari kalavaning uchi chi-
gallashib ketyapti!
– General, ular ko‘zdan g‘oyib bo‘lgandan so‘ng kema
o‘z ortidan g‘alati, yorug‘ bir iz qoldirdi. Changgami, tu-
mangami o‘xshab ketadigan iz nuri uch-to‘rt daqiqa fazoda
muallaq turib qoldi.
– Xo‘sh?!
– Biz izni tekshirib kema uchgan yo‘nalishni aniqladik.
Taxminimizcha, ular Al-Toyir yulduzi tomonga uchishdi.
– Tushunarli. Sen ortga qaytaver, endi bu shaldiroq ke-
mang bilan ularga yetib bo‘psan, – deb general aloqani
uzib qo‘ydi.
Endi Obma sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshilab o‘y-
lashi, tahlil etishi va eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishi kerak
edi. Hammasidan ham uni bu ishlarga odam bolasining
aralashib qolgani hayratga soldi. Chunki odamlar shu kun-
ga qadar galaktika ishlariga aralashmagan. Ular hatto o‘z-
lariga eng yaqin bo‘lgan sayyoralarga ham borishmagan.
Aslida, buning uchun odamda imkoniyat ham yo‘q. Shu
sababli ular bilan hech kimning ishi ham bo‘lmaydi. Odam-
larda qandaydir ulug‘vor bir qudrat borligi sabab galaktika-
ning biror qavmi ularga zarar yetkazishga jur’at etmaydi.
Lekin nega endi dabdurustdan galaktikadagi favqulodda
bir voqeaga odamlar aralashib qoldi?.. Shular haqida o‘y-
larkan, Obmaning xayolini yana bir fikr egallab oldi: «Ga-
laktikada o‘zi nimalar bo‘lyapti? Shuncha umr ko‘rib bu-
naqa kema haqida eshitmagan ekanman. Yoki bu o‘zga
78
galaktikaliklarning kemasimikan? Nahotki, o‘zga galaktika-
larda ham hayot bo‘lsa?!» Obma shu kabi o‘ylar bilan bir
muddat chalg‘ib qoldi. So‘ng ishongan sarkardasi Ragoni
chaqirib salmirliklarning yulduzlararo uchar kemasini sa-
farga hozirlashni buyurdi.
– Bugun yangi kemamizda birinchi marta safarga chiqa-
miz. Manzil uzoq – Al-Toyir yulduzi. Ammo bizning kema
uchun bu ikki kunlik yo‘l. Qani, ko‘raylik-chi, o‘zi galaktika-
da nima gap ekan?
Shu tariqa general Obma boshchiligidagi eng sara 20
nafar qaroqchi salmirliklardan olib qo‘yilgan kemaga minib
yo‘lga chiqishdi. Yo‘l-yo‘lakay Obma va Rago safar rejala-
rini kelishib olishdi.
Qaroqchilar Al-Toyir yulduziga yaqinlashib, yulduz tizi-
midagi sayyoralarga o‘zlarining josuslarini yubora bosh-
ladilar. Bu josuslar osongina o‘z qiyofasini o‘zgartirib,
borgan sayyorasida yashaydigan mavjudotlarga o‘xshab
olishar edi. Ayyor josuslar sayyoralardagi aholi gavjum joy-
larga borib, o‘zga sayyoraliklarning suhbatini tinglashar,
bilmagan kishiday savol berishar va ko‘p narsani aniqlab
olishardi. Mana, hozir ham Zagun sayyorasiga yuborilgan
josus noyob fazo kemasiga ega «kelgindi»lar ikki kun oldin
Maanen yulduzi tomonga uchib ketganini aniqlab qaytdi.
Bu xabarni olishi bilan Obma vaqtni boy bermay kema
yo‘nalishini Maanen yulduzi tomonga burdi.
– General, Maanen yulduz tizimida miksliklarning teng-
siz lashkari bor, ulardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak, – dedi
Rago.
– Bilaman, shuning uchun Miks sayyorasiga yaqin bor-
maymiz. Oldin vaziyatni bilib kelish uchun eng yaxshi jo-
susni miksliklar qiyofasida sayyoraga yuboramiz. Balki,
shundan so‘ng biror reja o‘ylab toparmiz.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |