Sa’dullo Quronov galaktikada bir kun (ilmiy-fantastik qissa) Toshkent «Akademnashr»



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/46
Sana30.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#87285
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
Галактикада-бир-кун внутр

KOINOT XARITASINING
BIRINCHI BO‘LAGI
Maanen  Yerga  eng  yaqin  yulduzlardan  biri 
bo‘lsa-da,  tungi  osmondan  uni  teleskopsiz  topa 
olmaysiz. Sababi, u mittigina oq yulduz bo‘lib, o‘zi-
dan  yorqin  nur  tarata  olmaydi.  Shunga  qaramay,  u 
galaktikamizdagi  eng  qari  yulduzlardan  biri  hisoblanadi. 
Milliard yillar ilgari Maanen ham bahaybat yulduz bo‘lgan. 
Uning atrofida sayyoralar ham ko‘p edi. Vaqt o‘tib yulduz 
o‘zining  asosiy  yoqilg‘isi  –  vodorod  gazini  sarflab  bo‘l-
gach, uning yadrosi siqila boshlagan. Yulduzning o‘zi esa 
bir necha 10 barobarga kattalashib, qizil rangli gigant olov 
sharga  aylanadi.  Million  yillar  davomida  bu  olovli  shar 
ham atrofga tarqalib, yo‘q bo‘lib ketadi. Undan faqat shu 
mittigina  oq  yulduzcha  qoladi,  xolos.  Qachonlardir  biz-
ning Quyosh ham Maanen kabi mitti yulduzga aylanadi. 
O‘shanda uning atrofidagi sayyoralar, hatto Yerning ham 
kuli ko‘kka sovuriladi. Lekin siz qo‘rqmasangiz ham bo‘la-
di. Chunki, olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Quyoshning 


69
qizil olovga aylanishi uchun hali bir necha milliard yil o‘ti-
shi kerak ekan.
Miks shu Maanen yulduz tizimida saqlanib qolgan yago-
na sayyora edi. Miks o‘z yulduzidan ancha olisda bo‘lgani 
sabab qizil olovdan omon qolgan. Bizning qahramonlar bu 
sayyoraga qo‘nganlarida bu joyda biror tirik mavjudotning 
yashashi mumkinligiga ishonqiramadilar. Sababi, sayyora 
iqlimi juda-juda sovuq bo‘lib, uning sathi faqat muz qoya-
lardan iborat edi.
– Miksliklar allaqachon qirilib ketgan yoki boshqa say-
yoraga  ko‘chib  o‘tishgan  bo‘lishsa  kerak,  –  dedi  Margol 
«Ko‘kkezar»dan sayyora sathiga tushar ekan.
– Hoynahoy, bu yerga anchadan beri mehmonlar kel-
magan. Shuning uchun ham miksliklarning taqdiri haqida 
hech  kim  bilmaydi,  –  Margolning  gapini  tasdiqlab  qo‘ydi 
Ahmad.
–  Yo‘q,  mendagi  uskunalar  sayyorada  hayot  borligini 
ko‘rsatyapti,  –  dedi  Moki  boshidagi  antennani  aylantirar-
kan.
Shu payt Moki hayot alomatlari borligini tasdiqlovchi tur-
li to‘lqinlarni tutib oldi. Keyin bu to‘lqinlarni o‘z kompyuteri-
da tahlil qila boshladi. 3-4 soniya o‘tar-o‘tmas dedi:
– To‘lqin uzatilayotgan joy unchalik uzoq emas. Yuring-
lar, men yo‘lni aniqladim.
Ular uchar likopchaga minib Moki ko‘rsatgan yo‘l bo‘y-
lab yura boshladilar. Yo‘l davomida qahramonlarimiz Miks-
ning go‘zal manzarasini tomosha qilib ketishdi. Miks sathi 
billurga o‘xshash ulkan muz tog‘lardan iborat edi. Maanen 
yulduzi kichkina bo‘lgani sabab sayyoraning kunduzi ham 
unchalik yorug‘ emas, xuddi Yerdagi shom pallasiga o‘x-
shardi. Shunday bo‘lsa-da, mitti oq yulduzning nurlari say-
yoradagi  muzliklarga  o‘zgacha  jilo  berib  turar,  bu  noyob 
manzara, ayniqsa, Ahmad bilan Margolni hayratlantirardi.


70
Qahramonlarimiz  uchar  likopchada  bir  necha  daqiqa 
yo‘l bosishganidan so‘ng Moki aytgan manzilga yetib kel-
dilar. Umuman, Miksning hamma joyi bir-biriga o‘xshardi. 
Mana, ular yetib kelgan joy ham sayyorada ko‘p uchraydi-
gan ulkan muz tog‘larining biri edi.
– To‘lqin  shu  tog‘ning  ichidan  uzatilyapti,  –  dedi  Moki 
qo‘li bilan tog‘ga ishora qilib.
– Menimcha, ular ham zagunliklarga o‘xshab tog‘ ichiga 
uy qurishgan, – Margol shunday deb skafandrga o‘rnatil-
gan durbin bilan tog‘ga diqqat qilib nazar soldi. – Lekin u 
tog‘ga to‘satdan yaqin borib bo‘lmaydi. Axir, bizni qanday 
kutib olishlarini bilmaymiz-ku. Bu juda xavfli!
–  Balki,  Moki  infratovush  orqali  ularga  xabar  yuborar, 
nima deysiz? – dedi Ahmad.
– Bu juda zo‘r g‘oya! – dedi Margol.

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish