“Saddi Iskandariy” dostonlarini sharhlab o‘qitish



Download 28,85 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2022
Hajmi28,85 Kb.
#513868
  1   2
Bog'liq
“Saddi Iskandariy” dostonlarini sharhlab o‘qitish

“Saddi Iskandariy” dostonlarini sharhlab o‘qitish


Reja:

  1. Muqaddimaviy boblar va doston mundarijasi orasidagi tanosub.

  2. Muqaddimada salaflar dostonlariga munosabat.

  3. Hamd va na’tdagi bayon vositalarining doston mundarijasi bilan uyg‘unligi. Tarixiy haqiqat va badiiy taxayyul.

  4. Dostonda adolat tamoyili.Dostondagi hikmatlar sharhi. Xotimaviy bobda “Xamsa” takmili bilan bog‘liq fikrlar.

Mazkur asar "Xamsa"ning beshinchi-yakunlovchi dostoni bo’lib, u 1484 yilning ikkinchi yarmida (taxminan noyabr oylarida) yozib tugatilgan. Bu holni Alisher Navoiyning shaxsiy kotiblaridan biri bo’lmish Abduljamilning yaxlit "Xamsa"ni 1484 yilda ko’chirgan va hozirda O’z RFA Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutiga saqlanayotgan nusxasi ham tasdiqlaydi. Bunga ilova tarzida shuni ham eslatish joizki, Abdurahmon Jomiy o’zining "Xiradnomai Iskandariy" dostonini 1484 yilning 28 dekabrida yozib tugatgan edi. Ayni ana shu dostondan Alisher Navoiy "Xamsa"siga Abdurahmon Jomiy tomonidan berilgan yuksak baho (Ba turki zabon naqshe omad ajab, Ki jodu damonro buvad muhri lab) o’rin olgan.
Demak, "Saddiy Iskandariy" dostoni 1484 yilning ikkinchi yarmida yozib tugatilgan va "Xamsa" to’liq holatda Abdurahmon Jomiy nazaridan o’tib, yuksak bahoga sazovor bo’lgan. Bu masala Alisher Navoiy tomonidan "Saddi Iskandariy" dostoni oxirida ilova qilingan bobda ham alohida bayon etilgan. Chunki u yaxlit "Xamsa"ni Abdurahmon Jomiy nazaridan o’tkazgandan so’ng bitilgandir. (89-bob)
"Saddi Iskandariy"dostoni "Xamsa"ni yakunlovchi bo’lganidan "Xamsa"ga kiruvchi dostonlarning qurilish va mazmun - g’oya jihatidan bo’lgan xususiyatlarini o’zida mujassam etadi, ya`ni unda ham nazariy-axloqiy doston ("Hayrat ul-abror") hamda sujetli dostonlarning ("Farhod va SHirin", "Layli va Majnun", "Sab`ai sayyor") tuzilma xususiyatlarining qorishuvi - birlashuvi ko’zga tashlanadi. Shuninг uchun har bob to’rtta qismdan iborat: Iskandar faoliyati (qisqa), ma`lum bir masala haqidagi nazariy mulohaza, uni tasdiqlovchi hikoya yoki masal va Arastuning bu masalaga oid mulohazalari. Buning natijasida Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy"da shu mavzuda asar yozgan Nizomiy, Xusrav Dehlaviylar hamda Abdurahmon Jomiy qo’llagan bayon uslublari an`analarini yangicha tarzda davom ettirib, o’ziga xos dostonni maydonga keltiradi. Bu haqda Alisher Navoiyning o’zi shunday yozadi:
Skandar jahondori kishvarsiton,
Ishidin chu nazm o’lsa har doston.
So’zidin dog’i yaxshi taqrib ila,
Hamul doston zaylida zeb ila.
Suray hikmatoso maqolotini,
So’z ichra ajoyib xayolotini.
Berib doston zebi elga fireb,
So’zidin fireb o’lg’ay ortuqsi zeb.
Ki farzonalar deb ko’p afsona ham,
So’zin nazm etibdur bu farzona ham.
Qadam ursam ushbu iki yo’lg’a men,
Nekim borcha debdur, demish bo’lg’amen. (MAT, 11-tom, 62-bet).
"Saddi Iskandariy" dostonining asosiy mazmun-g’oyasini adolat, odil podshoh va insonning komillikka erishuvi bilan bog’li bo’lgan masalalar tashkil etadi.
Ma`lumki, Iskandar - makedoniyalik Aleksandrning SHarqdagi nomi bo’lib, aslida u eramizdan oldingi IV asrda yashagan mashhur sarkarda va jahondordir. Ammo SHarqda Iskandar o’z tarixiy "qolipini"gina saqlab qolib, adib va shoirlar asarlarida badiiyat qonuniyatlari hamda yozuvchi adabiy-estetik niyatlari asosida yaratilgan badiiy obrazdir. Bu badiiy obraz-Iskandar qaysi davrda yaratilgan bo’lsa, ana shu davr talab va ehtiyojlari asosida o’ziga xos tarzda yaratiladi. Natijada Firdavsiy ham, Nizomiy ham, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy ham o’zlari istagan Iskandar badiiy obrazini chizdilar. Alisher Navoiy ham ana shu uslubni davom ettirdi. Shuning natijasida Alisher Navoiy Iskandarni XV asrda yashab ijod etgan shoir nuqtai nazaridan qalamga oldi va talqin etdi. Alisher Navoiy uchun Iskandar qissasi bir bahonayu, aslida dostonda ulug’ mutafakkir shoirning ijtimoiy va ma`naviy hayot haqidagi ijtimoiy, ma`rifiy va axloqiy qarashlari badiiy obrazlar ba`zan maqolot-hikmatlar, masal va hikoyalar vositasida ifoda etilgan. Dostonda tasvirlangan voqealar va ularning talqini bilan tanishish shundan guvohlik beradiki, Alisher Navoiy Ikandarni tasvirlashda ham nihoyatda murakkab bir uslubni qo’llagan. Bu o’ziga xoslik shundan iboratki, zohiran qaraganda Iskandar odil podshoh sifatida talqin etiladi, ammo tasvir va talqinlar botiniga nazar tashlaganda o’zi tasvirlayotgan Iskandarning barcha xatti-harakatidan ham shoirning qoniqish hosil qilmaganini sezish mumkin. Bu hol, xususan, boblarning soqiy va mug’anniyga bag’ishlangan qismlarida ko’zga tashlanadi. Chunki ularda go’yo shoir tasvirlayotgan voqea, hodisa, obraz talqiniga bo’lgan munosabatini umumlashtiradi. Masalan, asarning 27-bobi Iskandarning Doro ustidan g’alabasi va Doro mulkiga ega bo’lishi tasviriga bag’ishlangan. Demak, bunda g’oliblik kayfiyati hukmron bo’lmog’i kerak. Ammo shu bob oxirida Doroni dafn etish marosimi tasviri ham bor. Alisher Navoiy voqealar tasviridan so’ng falsafiy yakun chiqaradi. Bu yakun esa xojagon tariqatidagi naqshbandiya yo’nalishi targ’ib etuvchi g’oyalar bilan mosdir. Bobdagi ikki tasvir - Iskandarning Doro ustidan g’alabasi va Doroning mag’lubiyatiyu o’limi shu jihatdan nihoyatda ibratli, ya`ni shoir har bir ish oqibatini o’ylash lozimligi va shunga asosan yashash, faoliyat ko’rsatish kerakligini uqtirmoqda. SHundan-da Alisher Navoiy bobni quyidagi misralar bilan tugatadi.
Aning da`bu rasmi jafo - o’q durur.
Vafo aylab, oning vafosin unut,
Navo istasang benavolig’ni tut. (MAT, 20 tomlik, 11-tom, 194-bet)
Bunday holni 56-bob yakunida ham kuzatish mumkin. Bobda Iskandarning Ravshanak va Mehrnozlarga uylanish to’yi nihoyatda ko’tarinki ruhda tasvirlanadi. Oxirda esa o’ziga murojaat qilib, shunday yozadi:
Navoiy, chu sarmanziling Chingadur,
Suruding dog’i sur aro chingadur.
Ayolg’ung necha yor-yor o’lg’usi,
Mening yig’larim zor-zor o’lg’usi. (MAT, 11-tom, 401-bet)
Qiziq tuyuladi- bir tomonda to’y, xursandchilik, ikkinchi tomonda esa "mening yig’larim zor-zor o’lg’usi", deydi Alisher Navoiy. To’yda azo tutmoq kayfiyatining boisi nedurg’ Bizningcha, Alisher Navoiy bu hashamat va tantanalarning boisi bo’lgan Iskandar taqdirining oxiri - "xoli ilgini" -bo’sh qo’lini tobutdan chiqarib qo’yishga vasiyat qilgani Alisher Navoiyni zor-zor yig’latadi va, shundan kelib chiqib, yashashdan asosiy maqsad nimaligini o’ylab ko’rishga da`vat etadi. Bu zamonasi shohlariga ham, amaldorlarga ham, oddiy fuqarosiga ham, umuman bashariyatga tegishli da`vatdir, xitobdir. Bu esa umumbashariy muammo bo’lib, uni hal qilishga donishmandlar ham, adib va shoirlar ham, mutafakkir va mutasavvuflar ham asrlar davomida bosh qotirib kelmoqdalar.
Alisher Navoiyning Iskandar obrazini chizishda, uning fazilatlarini bayon etishda g’olibligining boisi nimada ekanligiga e`tibor berib, uni hamisha olimu fuzalolar qurshovida tasvirlaydi. Iskandarning rub`i maskun jahondori bo’lishi, adolati va g’olibiyati tufayli topgan shon-shuhratining asosiy sabablaridan biri ilm va hunar ahliga tayanganligida deb biladi.
Demak, jamiyatning qaysi bosqichida, davrida bo’lmasin, uni boshqaruvchi siymo (Alisher Navoiy tushunchasiga ko’ra podshoh) ilm ahli va ilmiy xulosalar asosida ish yuritsa, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayotida rivojlanish, taraqqiyot, obodlik va osoyishtalikka erishiladi.
SHuning uchun mashhur allomalar- Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot va boshqalar Iskandar bilan yonma-yon tasvirlanadi, ularning bilimi, pand-nasihatlaridan bahramand bo’ladi.
Kashmirdagi sehrlangan mustahkam qal`ani zabt etish, ya`juj-ma`jujlar yo’lini to’sish uchun qurilgaн devor- saddi Iskandariy va boshqa voqealarda asosan ana shu alloma va fozillarning hissasi ulug’dir.
Jumladan, Kashmirdagi sehrli qal`ani olish uchun ishlatilgan qurolning kashf etilishi, uning tuzilishi va sifatlari tasviri kishini hayratga qoldiradi. Bu qurol go’yo katta shar shaklida bo’lib, ichiga turli xil moddalar joylashtiriladi. Sharga pilik qo’yadilar va otganda pilikni yondiradilar. Shar mo’ljallangan joyga tushgach, haligi pilikning olovi uning ichidagi moddalarga o’tadi, natijada shar portlaydi. Shunda undan, birinchidan, nihoyat bahaybat, qo’rqunchli sado-ovoz chiqadiki, u sehrlarni buzadi; ikkinchidan, shunday sho’`la- nur-o’t-olov tarqaladiki, u qal`aning eshiklarini buzib tashlaydi; uchinchidan, undan qora tutun tarqalib, hamma joyni qoraytiradi; to’rtinchidan esa undan nihoyat zararli hid tarqaladi va odamlarning sezgi a`zolariga zarar etkazadi (Kim ul dud ila is tugansun tamom, Ki nuqson topar elga andin mashom).
O’ylab ko’rilsa, bu qurilma XX asrda ixtiro qilingan atom bombasining o’ziga xos bir ko’rinishi-modeliga o’xshashdir. Alisher Navoiy tomonidan tasvirlangan bu dahshatli qurol sehrlangan qal`ani zabt etish, uni zolim Malludan ozod qilish uchun ishlatilgan. Demak, dostonda tasvirlangan olimu fozillar shunchalik nodir imkoniyatga ega bo’lganlar va Iskandarning mushkillarini oson qilganlar. Ya`juj va ma`jujlar yo’lini to’sish maqsadida g’irvonda bino qilingan mustahkam devor- saddi Iskandariy ham o’z zamonasining ulug’ inshaoti- olimlar va muhandislar aqliy mehnatining mujassamasi sifatida tasvirlanadi. Olimlarning ixtirolaridan yana biri "suturlobi maxfiynoma" va "mir`oti getinamo" (56-bob) bo’lib, ularni ko’rgan Chin Xoqoni Iskandarga shunday deydi:
Mulozimlaring dog’i loyiq sanga,
Bilik ichra bori muvofiq sanga. (MAT, 20 tomlik, 11-tom, 397-bet)
Shunday qilib, podshoh va olimu fuzalolarning o’zaro hamkorligi barcha ishlarga muvaffaqiyatlarni ta`minlaydi. SHuning uchun mamlakat boshliqlari olim va fozillarga hamisha tayanmog’i va ularni har jihatdan (ma`naviy va moddiy) rag’batlantirmog’i lozim, degan fikr Alisher Navoiy tomonidan doim ta`kidlanadiki, bu juda muhimdir.
Dostonda turli mavzuga bag’ishlangan hikoya va masallar ham keltirilgan, deb eslatilgan edi. hikoyatlarning ayrimlari tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan aloqador bo’lsa (masalan, 21-bobdagi Mahmud g’aznaviy va uning o’g’li Mas`ud, 29-bobdagi Sulton Abu Said Kuragon haqidagi hikoya), ba`zilari sayyor sujetlarning qahramoni bo’lmish Majnun (33,66-hikoyalar), Bahrom (54-bob) bilan bog’lidir. Boshqalari esa to’qima obrazlar (ikki yor-25-bob; g’ofil yigit-41-bob; ikki rafiq-37-bob…) bilan aloqadordir.
SHuning bilan bir qatorda bulbul (58-bob), baliqlar(62-bob), kabutar (70-bob) bilan bog’li masallar ham keltirilgan. SHunisi ham borki, bu hikoya va masallar bevosita Iskandar bilan bog’li emas, ya`ni ularda, xususan hikoyalarda Iskandar qatnashmaydi. Ammo bitta hikoya (Iskandar va gado rivoyati -17-bob) Iskandar bilan bog’li tarzda keltiriladi, ya`ni unda Iskandar qatnashadi. Bunday holat "Hayrat ul-abror" va "Sab`ai sayyor" dostonlaridagi hikoyat va masallarning ularda tutgan mavqei va asosiy qoliplovchi qissa bilan g’oyaviy-badiiy bog’liligi masalasining "Saddi Iskandariy"da o’ziga xos tarzda umumlashtirilganidan dalolat beradi. hikoyat va masallar ma`lum bir masalaga oid (avf, muxolafat…) nazariy qarashlarni badiiy jihatdan tasdiqlash maqsadida keltirilganliklaridan doston umumiy yo’nalishining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
Syunday qilib, "Saddi Iskandariy" "Xamsa"ning oxirgi dostoni sifatida bu muhtasham badiiy qomusni ham g’oyaviy-mazmun va ham badiiy mahorat nuqtayi nazaridan nihoyatda salmoqli tarzda yakunlaydi.
"Xamsa" bo’yicha xulosalar:
Ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning ijodiy jasorati sifatida maydonga kelgan buyuk "Xamsa"si faqat shoirninggina emas, balki turkiy-o’zbek adabiyotining yuqori taraqqiyot bosqichigа ko’tarilganidan dalolat beruvchi adabiy-badiiy yaxlit bir qomusdir.
Darhaqiqat, buyuk "Xamsa" o’zbek adabiyoti tarixida shunday ulug’ bir kashfiyot, muhim bir mo’`jizaviy hodisaki, uning mohiyatini ulug’ shoirning ustozi Abdurahmon Jomiy quyidagi misralarda g’oyatda samimiyat bilan ifoda etganlar:
Turkiy tilga dog’i naqsh keldi ajab,
hatto sehrgarlar bog’ladilar lab.
Bunday yoqimli naqsh tushirgan qalam,
Boshiga ofarin yog’dirsin olam.
Kechirsin forsiyda gavhar terganlar,
Dariy tilida dur, g’azna berganlar.
Buning tili ham gar bo’lganda dariy,
Majolsiz qolardi ularning bari ("Xiradnomai Iskandariy")
Bu – Alisher Navoiy "Xamsa"si o’sha davrda mavjud bo’lgan SHarq xamsanavisligi an`anasida ulug’ bir adabiy kashfiyot ekanining shu sohada o’zi ham qalam tebratgan buyuk shoir va alloma ustoz Abdurahmon Jomiy tomonidan e`tirof etilishidir. Agar buni forsiygo’ylarning e`tirofi deb bilsak, unda husayn Boyqaroning "Xamsa" muallifiga ko’rsatgan buyuk hurmati o’zi minadigan oq otga mindirib, jilovdor bo’lganligi, Alisher Navoiyni nazm mulkining sohibqironi va qahramoni deb atashini turkiygo’ylarning e`tirofi sifatida qabul qilish mumkin. Demak, SHarqda-forsiy va turkiy tillarda so’zlashuvchilar Alisher Navoiy "Xamsa"sini buyuk adabiy hodisa-kashfiyot deb bilganlari diqqatga sazovordir.



Download 28,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish