Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishning yangi resurstejamkor, mexanizatsiyalashtirilgan agrotexnologiyalari



Download 31,09 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2022
Hajmi31,09 Kb.
#674368
  1   2
Bog'liq
Resurs tejamkor


Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishning yangi resurstejamkor, mexanizatsiyalashtirilgan agrotexnologiyalari.

Annotatsiya:
Kalit so‘zlar: resurs tejamkorligi, texnologiya, tomchilatib sug’orish, o‘g’it, samaradorlik.

Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va axamiyati kundan kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir. Davlat rahbarimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida, kambag’allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o‘rtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi va qishloq xo‘jaligiga eng ilg’or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug’chilikni, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy qilish lozimligini belgilab berildi.
Tomchilatib sug’orish – qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda o‘simlikning ildiz zonasiga uning ehtiyojiga mos miqdordagi suvni yetkazib beradigan sug’orish usulidir. Tomchilatib sug’orishda o‘simlikni talabiga qarab uzliksiz suv va ozuqa elementlari bilan ta’minlab turishga imkoniyat yaratiladi. Butun sug’orish davri mobaynida mineral o‘g’itlar bilan to‘yintirilgan suvning berilishi sug’oriladigan ekinning suv iste’moliga ko‘ra tuproqning ildiz oziqlanadigan qatlamida optimal tartib hosil qilishga imkoniyat beradiva qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi.
Tomchilatib sug’orish texnologiyasi joriy etilganda ortiqcha suv sizot suvlarga qo‘shilmasligi natijasida yerlarning ikkilamchi sho‘rlanishining oldi olinadi. Bundan tashqari:

  • Sug’orish rejimini o‘simlikning suvga bo‘lgan talabiga mos ravishda belgilash;

  • Tuproqdan bug’lanadigan suvni kamaytirish;

  • Begona o‘tlar bo‘lmasligi bois barcha suv faqat ekinga tegishli bo‘lishi;

  • Suvning dala bo‘ylab tarqamasligi va tuproqqa singib ketmasligi ta’minlanadi.

Suvning umumiy tejalishi 1 gektar g’o‘za uchun o‘rtacha 2,6 ming m3 (40-50%), 1 gektar bug’doy uchun 1,3 ming m3 (30-40%) va 1 gektor bog’ uchun uchun 1,8 mong m3 (40-50%) ni tashkil etadi.
Shu bilan birga, nishab joylarda tomshilarib sug’orishni qo‘llash juda katta samara beradi, chunki bu tuproqning yemirilishiga olib kelmaydi. Bundan tashqari, oddiy usul bilan sug’orish paytida tuproq cho‘kishi va bo‘shliq hosil bo‘lishi mumkinligi tufayli adir yerlarda ushbu texnologiyani qo‘llash juda samarali hisoblanadi.
Tomchilatib sug’orishda o‘simlik o‘sishi uchun maqbul sharoit yaratiladi, natijada o‘z quvvatining 70 foizdan ortig’ini hosildorlikka sarflaydi, hosildorlik o‘rtacha 40-50 foizga ortadi va dala bo‘ylab rivojlanish bir xil bo‘ladi.
Shuningdek o‘simlikka kerakli suv miqdori, tashlamaga va filtratsiyaga suv yo‘qotilmaydi, sug’orish texnikasi foydali ish koeffitsiyentini 98 foizgacha oshirishga imkon yaratiladi.
Tomchilatib sug’orishda mineral o‘g’itlarning o‘simlik ildiz tizimiga bevosita berilishi natijasida ekinlarning mineral o‘g’itlarning o‘zlashtirilishi 90-95 foizga yetadi. Shuningdek, o‘g’it suv bilan birga berilganligi sababli dalaga traktorlarning kirishi kamayadi. Bu esa yoqilg’I moylash materiallari sarfini tejaydi.
Tomchilatib sug’orishda suv va ozuqa moddalar ekinlarning talabiga mos ravishda berilishi natijasida bog’ va tokzorlarda o‘rtacha hosildorlik 50-60 foizgacha ko‘paysa, sabzavot ekinlarida 50-70 foizgacha oshadi.
Shuningdek, ekinlar 10-15 kun erta yetiladiva butun maydon bo‘ylabhosildorlikbir xil bo‘ladi. Bundan tashqari, shox ariq, o‘qariq, yerning boshi va etagida texnikalar qaytishi hamda suvni boshqarish uchun yer maydonlari ajratilmaydi.
Egatlab sug’orishda 1 gektar g’o‘za maydoniga o‘rtacha 650 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy o‘g’iti ishlatiladi va ushbu mineral o‘g’itlarning bor-yo‘g’i 25-30 foizini o‘simlik o‘zlashtiradi. Qolgan mineral o‘g’itlar esa havoga bug’lanadihamda suv bilan tashlamaga va yer osti sizot suvlari orqali kollektor-zovur suvlariga chiqib ketadi. Tomchilatib sug’orishda esa mineral o‘g’itlar eritilib suv bilan birga ekinlarni sug’orish vaqtida bevosita ildiz qatlamiga berilishi natijasida ularning mineral o‘g’itlarni o‘zlashtirish darajasi 90-95 foiz bo‘ladi. Shu bilan birga, ozuqa modddalar tez va jadal so‘rilib ketadi, bu esa quruq iqlim sharoitida o‘g’it berishning eng samarali usulidir. Mineral o‘g’itlar sarfi g’o‘za ekini uchun 1 gektar maydonga 250 kg azot, 100 kg fosfor, 50 kg kaliyga to‘g’ri keladi. Bu esa mineral o‘g’itlar sarfini 50 foizgacha qisqartirish imkonini beradi.
Shuningdek, begona o‘tlar qo‘shimcha oziqlantirilmaganligi va ularning urug’I pishib yetilmaganligi sababli maydon bo‘lab tarqalishi holati kuzatilmaydi, natijada 2-3 yilda ekin maydoni begona o‘tdan butunlay tozalanadi.
Hozirgi kunda an’anaviy egatlab sug’orish ishlarini olib boorish uchun har 5 gektar maydonga 1 nafar suvchi kerak bo‘lsa, tomchilatib sug’orishda 1nafar suvchi 20-25 gektar va undan ortiq maydonni sug’orishi mumkin. Bundan tashqari, dalani sug’orishga tayyorlash, ya’ni chim, tselofan va boshqa anjomlarni tayyorlashga hojat qolmaydi. Suvni boshqarish va egatlar orasida nazorat qilib yurish ishlariga barxam beriladi.
Shuningdek, shox ariq, o‘qariq, yerning boshi va egatida texnikalar ishlashi uchun hamda suvni egatlar bo‘ylab boshqarish uchun yer maydonlari ajratilmaydi. Buning natijasida yerdan foydalanish samaradorligi ortadi.


Download 31,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish