Glikozillangan gemoglobinlar.
Odam qonida maium miqdorda
glikozillangan gemoglobin boiadi, HbAlc normada 5 % gacha
bo‘ lib, qandli diabetda 2-3 barobar ortadi. HbAlc nafaqat tashxis
qo‘yish uchun, balki insulinoterapiyada glikem iya kompensatsiyasi
effektivligini nazorat qilish uchun ham qoilaniladi. Chunki
glikozillangan gemoglobin konsentratsiyasi oxirgi bir necha haftadagi
glyukozaning qondagi o‘rtacha konsentratsiyasiga proporsionaldir.
C-peptid.
Insulin va C-peptid O-hujayralarda ekvim olyar
miqdorda sekretsiya qilinadi. Jigarda 60 % insulin ushlab qolinadi,
periferik qondan insulinning chiqarilishi C-peptidga nisbatan yuqori,
C-peptid esa asosan buyraklar orqali chiqariladi. C-peptidning
sutkalik ekskretsiyasi 45 mkg va u sutkalik insulin produksiyasiga
proporsionaldir. Shunday qilib, C-peptidning sutkalik ekskretsiyasi
miqdoriga qarab O-hujayralaming fimksional holati haqida fikr
yuritish mumkin.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |