Azotemiya va azoturiya.
Insulin yetishm ovchiligida oqsillar
sintezi susayib, aminokislotalar katabolizmi kuchayadi. Kasallar
qonidagi siydikchil konsentratsiyasi ortib, siydik bilan birga
chiqarilishi ham ko‘payadi.
Poliuriya va poiidipsiya.
Buyraklam ing konsentratsion qobili-
yati cheklangan boMadi. Shu sababli diabet kasalligida yuqori
kon- sentratsiyadagi glyukoza, keton tanachalari va siydikchilni
chiqa- rib yuborish uchun ko‘p miqdorda suv chiqarish talab etiladi.
Be- morlar normadagiga nisbatan 2-3 barobar ko‘p siydik ajratadi
(poliuriya). Shu sababdan, suv iste’moli ortib ketadi (poiidipsiya).
Diabetning og‘ ir kechishida organizmning suvsizlanishi boshlanadi:
ko‘p miqdorda siydikning chiqib ketishidan qon hajmi kamayadi,
hujayralararo suyuqlikdan suv qonga o‘tadi, hujayralaaro suyuqlik
giperosmolyar bo‘ lib qoladi va hujayradan suvni so‘rib oladi.
Natijada suvsizlanishning tashqi belgilari namoyon boMadi — shilliq
qavatlar quruqlashishi, shalviragan va ajin bosgan teri, ko‘zlaming
botib ketishi va boshqalar. Qon bosimi pasayib ketadi va oqibatda
to‘qim alaming kislorod bilan ta’minlanishi qiyinlashadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |