Piro- Glu-Ley-Gli-NH2, yoki pentapeptid ko‘rinishida bo‘ ladi:
Piro-Glu— Gis— Fen— Arg—Gli-NH2
Yuqoridagi gormonlardan tashqari yana bir gormon —
kortikoliberin o‘rganilgan. U gipotalamus va gipofizning orqa
bo‘ lagidan ajratib olingan. Gipofizning orqa bo‘ lagi vazopressin va
oksitotsin uchun depo vazifasini ham bajaradi. Yaqinda qo‘yning
gipotalamusidan 41 ta aminokislotadan iborat
kortikoliberin ajratib
olingan.
Gipotalamus gormonlarining sintezlanish jo y i nerv uchlan
gipotalamus sinaptosomalari bo‘ lib, aynan shu yerda gormonlar va
biqgen aminlaming miqdori yuqoriligi aniqlangan.
Biogen aminlar
ichki sekretsiya periferik bezlarining gormoni bo‘ lish bilan birga,
qaytar bogTanish y o ‘ li bilan gipotalamus gormonlari sintezi va
sekretsiyasini boshqaruvchi asosiy om illar hisoblanadi. Tiroliberin
biosintezi mexanizmi eng tez bo‘ lib, noribosomal yo ‘ l bilan boradi.
Bunda SH-tutuvchi sintetazalar yoki glutaminni piroglutaminga >
aylantiruvchi, glutamin ishtirokida prolinning amidirlanishi va
peptid bogTni hosil qiluvchi fermentlar kompleksi ishtirok etadi.
Bu kabi sintetazalar ishtirokida biosintez
mexanizmi gonadoliberin
va somatoliberin uchun ham mavjud.
Gipotalamus gormonlarining inaktivlanish yo ‘ llari to liq
o‘rganilmagan. Kalamushlarda tiroliberinning yashash davri 4 min.
Inaktivatsiya peptid bogTarining uzilishi (qon zardobidagi ekzo-
va endopeptidazalar ishtirokida) va prolinamid
molekulasida amid
g ‘ruhning ajralishi bilan sodir b o iad i. Gipotalamusda tiroliberin
yoki gonadoliberindan piroglutaminning ajralishini katalizlovchi
piroglutamilpeptidaza fermenti aniqlangan.
Gipotalamus gormonlari bevosita «tayyor»
gormonlaming sek-
retsiyasi va bu gormonlaming
de novo
sinteziga ta’sir qiladi, sAMF
signalni uzatishda qatnashadi. Gipofiz hujayralari membranasida
retseptorlar mavjud bo‘ lib, ular gipotalamus
gormonlari bilan
bog‘ lanadi. So‘ ng adenilatsiklaza tizimi orqali va Ca+2-ATF hamda
M g+2-ATF membrana komplekslari orqali Ca+2 va sAMF ajraladi.
sAMF proteinkinazani faollab, gipofizning
mos gormonining ham
sintezlanishi, ham sekretsiyasiga ta’sir etadi.
R ilizing faktorlaming ta’sir mexanizmi va ulaming retseptorlar
bilan ta’sirlanishini o‘rganish uchun tiroliberin va gonadoliberinning
276
struktur analoglari katta aham iyatga ega bo‘ Idi. Bu analoglardan
ayrim lari tabiiy gormonlardan ko‘ra
yuqori gormonal faollikka
ega. Rilizing faktorlaming kim yoviy strukturasini va m olekulyar
ta’sir mexanizmini o‘rganish bo‘yicha hali qilinishi kerak bo‘ lgan
ko‘pgina ishlar oldinda turibdi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: