•
UKS tezligining pasayishi natijasida gipoenergetik holatlar;
UKS metabolitlari konsentratsiyasining pasayishiga, bu C 0 2
ning intensiv
yutilishi bilan kechadigan, piruvatdan oksaloatsetat
sintezi reaksiyalarining kuchayishiga olib keladi. C 0 2 hosil b o iish i
va sarflanishining kuchayishi giperammonemiyada bosh miya
hujayralari uchun xosdir.
Qonda ammiak konsentratsiyasining ortishi pH ni ishqoriy tarafga
siljitadi (alkalozni chaqiradi). Bu o ‘z navbatida gemoglobinning
kislorodga moyilligini oshiradi, natijada to‘qimalarda
gipoksiya,
CO, to ‘planishi va gipoenergetik holatlar yuzaga keladi, bundan
asosan bosh miya zarar ko‘radi.
Ammiakning yuqori konsentratsiyalari nerv to ‘qimasida gluta-
matdan glutamin sintezini stimullaydi (glutaminsintetaza ishtirokida):
Neyrogliya
hujayralarida
glutaminning
to ‘planishi
ularda
osmotik bosimning ortishiAa, astrotsitlar shishiga olib keladi
va ko‘p konsentratsiyada miya istisqosini chaqiradi. Glutamat
konsentratsiyasining pasayishi aminokislota va neyromediatorlar
almashinuvini
-
asosiy
tormozlovchi
mediatorni,
xususan
y-aminomoy kislota (GAMK) sintezini o ‘zgartiradi. GAMK va
boshqa mediatorlar yetishmaganda nerv impulsining o‘tkazilishi
buziladi, qaltirash vujudga keladi.
NH4’
ioni
sitoplazma va mitoxondriya membranalaridan
umuman oTmaydi. Ammoniy ionining qonda ko‘payishi ion
kanallariga raqobat qilish asosida bir valentli kationlar N a’ va K ’
ning membranalar orqali o ‘tkazilishini o ‘zgartiradi,
bu esa nerv
impulslarining o ‘tkazilishiga ta ’sir etadi.
To‘qimalarda aminokislotalar dezaminlanish jarayonlarining
yuqori jadalligi va qonda ammiakning juda past miqdori hujayralarda
ammiakning bog‘lanishi natijasida toksik bo‘Imagan moddalarning
hosil bo‘lishi va ularning organizmdan siydik bilan chiqarilishidan
dalolat beradi. Bu reaksiyalarni ammiakning zararsizlantirish
reaksiyalari deb hisoblash mumkin. Turli to ‘qima va a ’zolarda bir
necha turdagi shunday reaksiyalar aniqlangan.
Organizm barcha to ‘qimalarida kechuvchi ammiakni bog‘lashning
asosiy reaksiyasi bo‘lib, glutaminsintetaza ta’sirida glutaminning
sintezi hisoblanadi:
22 9
G lutam insintetaza hujayraning mitoxondriyasida joylashgan,
fermentning ishlashi uchun kofaktor — Mg2’ ionlari zarur. Glutamin
sintetaza am inokislotalar almashinuvidagi
boshqaruvchi ferment-
lardan biridir va AMF, glyukozo-6-fosfat, shuningdek Gli, Ala va
Gis bilan allosterik ingibirlanadi.
Glutam in yengillashgan diffuziya yodi bilan hujayra membra-
nalaridan oson transport qilinadi (glutamat faqat faol transport yo‘li
bilan) va toqim alardan qonga o'tadi. Glutamin hosil boMadigan
asosiy to ‘qimalari - mushaklar. miya va jigardir. Qon bilan glutamin
ichak va buyraklarga transportlanadi.
Ichak hujayralarida glutaminaza fermenti ta ’sirida amid azotining
am miak holatida gidrolitik ajralishi sodir bo‘ladi:
Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan
glutamat piruvat bilan
transam inlanishga uchraydi. Glutamin kislotaning a-am inog‘ruhi
alanin tarkibiga o ‘tkaziladi:
L-glutamin + H ,0 + Piruvat —■> a-Ketoglutarat + NH, + Alanin
Alanin ko‘p miqdori ichakdan qopqa vena qoniga tushadi va
jigarda yutiladi. Hosil b o ig a n ammiakning 5 % najas tarkibida
chiqarib yuboriladi, oz miqdori qopqa vena orqali jigarga tushadi,
qolgan —90% buyrak orqali chiqariladi.
Buyraklarda ham glutaminaza ta’sirida glutaminning gidrolizi sodir
bo‘lib, ammiak hosil bo‘ladi (7.13-rasm). Bu jarayon organizmda
kislota-ishqor muvozanatini boshqarish mexanizmlaridan biri
bo‘lib, osm otik bosimni ushlab turishda muhim kationlami saqlaydi.
Buyrak glutaminazasi atsidozda indutsirlanadi, hosil bo'lgan
ammiak m odda almashinuvining nordon mahsulotlarini
neytrallaydi
va ammoniy tuzlari shaklida siydik bilan ekskretsiyalanadi. Bu
reaksiya organizmni Na+va K ’ ionlarini yo‘qotishdan himoyalaydi.
Aikalozda buyraklarda glutaminaza miqdori pasayadi:
Qonda glutaminning yuqori miqdori va uning hujayralarga
oson kirishi glutamindan ko‘p anabolik reaksiyalarda Ibydalanish
imkonini beradi. Glutamin organizmda azolning asosiy donoridir.
Glutaminning amidli azoti purin va pirimidin nukleotidlari, asparagin,
am ino‘glevodlar va boshqa birikmalarning sintezida Ibydalaniladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: