Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/221
Sana19.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#824812
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   221
Bog'liq
2 5454016151275179100

277


Prolaktin
A m enoreya, bepushtlik. 
galaktore- y a
Laktatsiya bo'lm asligi
Follitropin
Vaqtidan oldin balog’atga yetish
Jinsiy bezlar ¡kkilamchi 
gipofunksiyasi, bepushtlik
Lyutropin
Vaqtidan oldin balog’atga yetish
Jinsiy bezlar ikkilamchi 
gipofunksiyasi, bepushtlik
Lipotropin
K axeksiya
Sem izlik
G ipofiz orqa bo'lagi gorm onlari
Vazopressin
-
Qandsiz diabet
Oksitotsin
-
-
Vazopressin va oksitotsin. Vazopressin va oksitotsin gormonlari 
ribosomal y o ‘ l bilan gipotalamusda sintezlanadi. Ular bilan birga 
gipotalamusda 3 xil oqsil ham sintezlanadi: neyrofizin I, II va 
III. Bu oqsillar vazopressin va oksitotsinni nokovalent bogTab 
gipotalamusning neyrosekretor granulalariga transport qiladi. 
«Neyrofizin-gormon» kompleksi akson bo‘ylab gipofizning orqa 
bo‘ lagiga yetib boradi va saqlanadi. Kompleks dissotsiatsiya 
bo‘ lganda gormon qonga ajraladi. Neyrofizinlar toza holda ajratib 
olingan va ulardan 2 tasining birlamchi strukturasi aniqlangan (92 
va 97 aminokislota qoldig‘ idan iborat), ular sisteinga boy 7 disulfid 
ko‘prikni tutuvchi oqsillardir.
Vinsent dyu Vino ikkala gormonning kim yoviy strukturasini 
aniqlagan. U lar nanopeptidlardir.
S ------------------------------------ S

i
H -Sis-Tir-Ile-G ln-A sn-Sis-Pro-Ley-G li-C O -N H ,
Oksitotsin
S -------------------------------------- S

i
N -Sis-Tir-Fen-G ln-Asn-Sis-Pro-Arg-G li-CO -N H ,
Vazopressin
Ular 3- va 8- aminokislotasi bilan farq qiladi. Vazopressinning 
odamdagi aminokislotalar ketma-ketligi maymunlar, otlar, qora
278


mol, qo‘y va itlar uchun ham xarakterli. Cho'chqa vazopret- 
sinida 8- holatda lizin bo‘ lib, «lizin-vazopressin» deb ataladi. 
Sutemizuvchilardan 
tashqari 
boshqa 
barcha 
umurtqalilarda 
vazototsin aniqlangan. U Vinsent dyu Vino tomonidan kim yoviy 
sintezlangan. Olimlar neyrogipofizar gormonlar evolyutsion bitta 
umumiy o‘tmishdoshdan, aniqrog‘ i arginin-vazototsindan kelib 
chiqqan deb hisoblaydilar. Arginin-vazototsin genining mutatsiyasi 
tufayli boshqa neyrogipofizar gormonlar paydo bo‘ lgan.
Oksitotsinning biologik ta’siri tugTsh paytida bachadon silliq 
muskullari qisqarishini va sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul 
tolalarini qisqartirib, sut ajralishini stimullash bilan bog‘ liqdir. 
Vazopressin esa qon tomirlari silliq muskulaturasi qisqarishini 
stim ullaydi, shu bois kuchli vazopressor ta’sirga ega. Ammo uning 
asosiy vazifasi suv-tuz almashinuvini boshqarishdir, shuning uchun 
antidiuretik gormon deb ham ataladi. Vazopressin uncha yuqori 
boMmagan konsentratsiyada (1 kg tana m assasiga 0,2 ng) juda kuchli 
antidiuretik ta’sir ko‘rsatadi, buyrak kanalchalari membranasidan 
suvning qayta so‘rilishini stimullaydi. Normada vazopressin odam 
organizmi qon plazmasining osmotik bosimi va suv balansini nazorat 
qiladi. Patologiyada, xususan, gipofiz orqa bodagi atrofiyasida 
qandsiz diabet rivojlanadi. Bu kasallikda siydik bilan juda ko‘p 
miqdorda suyuqlik ajralib chiqadi. Bunda buyrak kanalchalarida 
suvning qayta so‘rilishi buzilgan b o iad i.
Neyrogipofizar gormonlaming ta’sir mexanizmi, xususan, 
vazopressinniki adenilatsiklaza tizimi orqali am alga oshadi. Lekin 
vazopressinning buyraklarda suv transportiga ta’sir mexanizmi 
to‘ liq yoritilmagan.
Melanotsitstimullovchi gormon (MSG, melanotropinlar).
Melanotropinlar gipofizning o‘rta boMagidan ajraladi. Bu 
gormonning 2 tipi ajratib olingan va birlamchi strukturasi aniqlangan
— a- va p-melanotsitstimullovchi gormonlar (a-M SG va P-MSG). 
a-MSG 13 ta aminokislota qoldig‘ idan iborat:
CH3CO-NH-Ser-Tir-Ser-Met-Glu-Gis-Fen-Arg-Trp-Gli-Liz-Pro-
Val-CO-NH2
a-MSG ning N-uchida serin atsetillangan, S-uchidagi aminokis- 
lotasi - valinamid.
p-MSG tarkibi va strukturasi murakkabroq. U ko‘pchilik
279


hayvonlarda 18 ta am inokislotadan iborat bo‘ lib, 2-, 6- va 
16-holatdagi am inokislotalar turli hayvonlarda turlicha. Odamdan 
ajratib olingan p-MSG gormoni 22 ta aminokislotadan iborat bo‘ lib, 
N-uchida 4 ta am inokislota q o‘shilgan:
Bu gormonning asosiy vazifasi sutemizuvchilarda melaninoge- 
nezni stimullash, suvda ham quruqlikda yashovchilar terisida 
pigment hu- ja y ra (m elanotsit)lar sonini oshirishdir. Hayvonlarda 
MSG gormoni jun rangiga va yo g ‘ bezlari sekretor funksiyasiga 
ham ta’sir qiladi.
Adrenokortikotrop gormon (AKTG, kortikotropin). 1926-yilda 
gipofizning buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlari sekretsiyasiga 
stimullovchi ta’siri aniqlangan. Bu adenogipofiz bazofil hujayralari 
tomonidan sintezlanadigan AKTG gormoni bilan bog‘ liq. AKTG 
buyrak usti bezi po‘ stloq gormonlari sekretsiyasini stimullash bilan 
birga, yo g‘ lami m obilizatsiyalovchi va melanotsitstimullovchi 
ta’sirga ham ega.
AKTG m olekulasi hamma hayvonlarda 39 ta aminokislotadan 
iborat. Cho‘chqa va qo‘yning AKTG birlamchi strukturasi 
1954— 1955-yil- lardayoq aniqlangan. Odamning AKTG tuzilishi 
quyidagicha:
H -Ser-Tir-Ser-M et-G lu-G is-Fen-A rg-Trp-G li-Liz-Pro-V al-G li- 
L iz -L iz -A rg -A rg -P ro -V a l-L iz -V a l-T ir-P ro -A sp -A la -G li-G lu - 
Asp-G In-Ser-A la-G lu-Ala-F en-Pro-Ley-Glu-F en-OH
Qo‘y, cho‘chqa va buqa AKTG strukturasidagi farqlar 31- va 
33-aminokislotalarda kuzatiladi, lekin ulaming hammasi odamniki 
kabi bir xil biologik faollikka ega. AKTG ning peptid zanjirida 
2ta faol sohasi bo‘ lib, ulardan biri retseptor bilan bogTanishga, 
ikkinchisi gormonal effektga javobgar.
AKTG gormonining steroid gormonlar sinteziga ta’siri adeni- 
latsiklaza tizimi orqali sodir bo‘ ladi. Gormon retseptor bilan 
bogTan- gach, signal ATF dan sAMF hosil bo‘ lishini katalizlovchi 
adenilat- siklazaga uzatiladi. sAMF proteinkinazani faollashtiradi, u 
esaxolines- terazani fosforillaydi. Natijada faollashgan xolinesteraza 
xolesterin efirini 
erkin 
xolesteringa aylantiradi. 
Xolesterin 
mitoxondriyaga kirib, u yerda kortikosteroidlarga aylanadi.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish