shira ajralishi natijasida kuchli degidratatsiya rivojlanadi. Bunda
pankreatik shirani asosan suv va elektrolitlar tashkil qilib, fermentlar
miqdori esa ju d a kam bodadi.
10.4. Kislota-asos m uvozanatini boshqarishda buyraklarning
roli
Hujayra ichi suyuqligining pH qiymati m a’ lum
chegara
doirasida, masalan, próstata bezi va lizosomalarda 4,5 dan boshlab,
osteoblastlarda 8,5 gacha oraliqda farqlanishi mumkin. Oshqozon
shirasining pH ko‘ rsatkichi 1,5-2,0 ga teng,
oshqozon shilliq
qavatidagi parietal hujayralam ing xlorid kislotasi sintezlanadigan
qism larida ham pH ko‘rsatkichi shu qiym atga yaqin bo‘ ladi.
Hujayraiararo suyuqlik pH ko‘rsatkichi esa 7,36-7,44 chegarasida
bo‘ lib, bunda pH doim iyligi hujayra
tashqi suyuqligining bufer
tizim i,
o‘pka
ventilyatsiyasi
va
buyraklarda
kislotalaming
ajralish tezligini o'zgartirish bilan ta’minlanadi. Hujayra tashqi
suyuqligining asosiy buferi karbonat kislota sistemasi hisoblanadi.
Bu sistema suvli muhitda ham tez muvozanatga keladi,
organizmda
esa karboangidraza fermenti bu jarayonni yanada tezlashtiradi:
HCO; + H+ H ,C 0 3 ~ H20 + co2
Karboangidraza eritrotsitlarda, buyrak, jig a r va boshqa to‘qima-
larda mavjud.
pH qiymati [H C 03’]/[C 02] nisbati bilan aniqlanadi. pH 7,4
boMganda u 20:1 ga teng; bu nisbatning pasayishi atsidoz,
ortishi
alkalozni bildiradi. M a’ lum miqdordagi kislota va ishqorlar karbonat
kislota sistemasi bilan bogdanganida, bu sistemaning buler sig ‘ imi
hisobiga pH qiym ati o‘zgarm ay qoladi (kompensatsiyalangan atsidoz
va alkaloz).
[H C 03’]/[C 0J nisbati H C 03’ va/yoki COn hisobiga ortishi yoki
kam ayishi mumkin. COA ning qondagi
konsentratsiyasi uning
o‘pkalar orqali ajralish tezligi bilan bog‘ liq. Shu sababli nafas
funksiyasi buzilganda hujayra tashqi suyuqligining pH qiymati
ham o‘zgaradi (nafas atsidozi yoki alkalozi). HCO/ konsentratsiyasi
metabolik
buzilishlar natijasida, masalan, keton tanachalar miqdori
ortganda o‘zgaradi (metabolik atsidoz).
Buyraklar kislota-asos muvozanatini Hning ajralish tezligini o
2 9 6
zgartirish orqali boshqaradi. Siydikning pH ko‘ rsatkichi 4,6 dan 8,0
gacha oraliqda o‘zgarishi mumkin, y a ’ni maksimal darajada kislotali
muhitga ega bo Igan siydikdagi H+
konsentratsiyasi maksimal
daiajada ishqoiiy muhitga ega b o ig a n siydikdagiga nisbatan 1000
martadan ham ortiqroq bodadi. Vodorod ionlari yoki NH’( tarkibida,
yoki dissotsiatsiyalanm agan kislotalar, masalan, atsetosirka kislotasi
tarkibida ajraladi.
Bundan tashqari, buyrak hujayralari qonga qo‘ shimcha H C 03’
ionlarini
yetkazib beradi, bu ionlar metabolitlarning oksidlanishi
jarayonida ajraladigan CO.dan hosil bo‘ ladi:
Keyin H (kislota) nefron hujayralaridan kanalchalar bo‘shlig‘ iga
Na bilan antiport usulida chiqarilib, siydik bilan ajraladi. H C 03’
(asos) esa buyiak hujayralaridan qonga N aH C 03 ko‘rinishida o‘tadi
va qonning kislotaliligini pasaytiradi (10.7-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: