7.5. Yig’ish ishlarining tashkil qilish shakllari va yig’ish tamoyillari.
Yig’ish jarayonida birikmalarni tayyorlashni quyidagi tamoyillari mavjud:
-
detallarni alohida moslash yo’li bilan birikma hosil qilish tamoyili;
-
to’la o’rin almashtirish tamoyili;
-
to’la bo’lmagan o’rin almashtirish tamoyili;
-
guruhlarga ajratib olish tamoyili; (selektiv yig’ish).
Donali va mayda seriyali ishlab-chiqarish sharoitida detallarini bir-biriga alohida moslab
birikma hosil qilinadi. Bu holda talab etilgan birikmani hosil qiluvchi ikkita detalning biri
ikkinchisiga qo’lda ishlov berish usullari yordamida (egovlash, shaberlash, pritirlash, jilvirlash,
razvertkalash va h.k.) moslanadi. Chizmalarda bunday birikmalar uchun «o’rni bo’yicha
moslansin» degan yozuv ko’rsatiladi.
Ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida ham standart birikmalarni
(podshipniklarni) hosil qilish to’la o’rin almashish tamoyili asosida olib boriladi. Bu holda
mexanik ishlov berish sexlarida detallar qo’yim maydoni chegarasida tayyorlanadi va o’z
navbatida birikma juftligini tashkil etuvchi ixtiyoriy detalning ikkinchisiga moslash yoki tanlab
olishsiz, biriktirish imkoniyatini beradi, ya’ni to’la o’rin almashtirish imkoniyatini beradi. To’la
o’rin almashtirish tamoyili qulay bo’lishiga qaramay, detallarni qo’yim maydonida tayyorlanish
borasidagi talab qo’shimcha sarf-xarajatlarni yuzaga keltiradi.
To’la bo’lmagan o’rin almashtirish tamoyilini qo’llagan holda detallarni mexanik ishlov
berish natijasida hosil bo’lgan dopusklar maydoni bir oz kattalashadi. Bu o’z navbatida mexanik
ishlov berish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Ma’lumki detallarni
tayyorlashdagi ishlab chiqarish xatoliklari normal tarqalish qonuniga bo’ysunadi. Shunga ko’ra,
detallarni qo’yim maydoni chegarasini orttirish, chegaraviy o’lchamlarni mos kelmasligi
natijasida bir-biri bilan yig’ilmaydigan detallar soniga proporsional bo’lmaydi. Aksincha bir-biri
bilan yig’ilmaydigan detallar soni ko’p bo’ladi. Ishlab chiqarishda yig’ma birikma hosil
qilmagan detallar yashiklarga solib qo’yiladi va bir-biriga alohida moslash yo’li bilan yig’iladi.
To’la bo’lmagan o’rin almashtirish usuli seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi.
To’la bo’lmagan o’rin almashtirish tamoyili asosida yig’ish jarayonini amalga oshirishda
moslagichlar (kompensatorlar) keng qo’llaniladi. Ular qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan bo’lishi
mumkin. Bu holda yig’ma birikmaning biror bir chetida oraliq qoldiriladi. Oraliqning (zazor)
kattaligi yig’ish jarayonida hosil bo’lgan xatoliklarning qiymatidan katta bo’ladi. Yig’ish
jarayonining nihoyasida hosil bo’lgan oraliqning kattaligi aniqlanib, bu oraliq xalqa –
moslagichlar yoki qo’zg’aluvchan qopqoq yordamida to’ldiriladi.
Guruhlarga ajratish tamoyili ko’p miqdorda birikmalar hosil qilishda dopusklar
chegarasiga juda aniq talabalar qo’yilgan holda qo’llaniladi. Masalan, dizelli dvigatellarning
yonilg’i nasosining plunjer juftligida oraliq (zazor) 1, 5-2
mkm
chegarasida bo’lishi kerak. To’la
o’rin almashtirish tamoyilini qo’llash uchun detallarni mexanik ishlov berishda bunday yuqori
aniqlikka erishish murakkab. Shuning uchun detallarni mexanik ishlov berishdagi dopusklar
maydonining chegarasi bir muncha kattalashtiriladi. Ishlov berilgan detallarning o’lchamlari
nazorat qilinib guruhlarga ajratiladi va guruhlardan mos o’lchamlar tanlab olinib birikma
juftliklari hosil qilinadi. Natijada, birikmaning talab etilgan dopusklar chegarasi ta’minlanadi. Bu
tartibda yig’ish
Do'stlaringiz bilan baham: |