1-MAVZU. MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar.
Ishlab chiqarish jarayoni zagotovkadan yoki chala mahsulotdan tayyor mahsulot olish
uchun bajariladigan barcha jarayonlar (ishlar) yig’indisidan iborat.
Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina asosiy jarayonlar: mashina detallariga mexanik
ishlov berish, ularni yig’ish kirmasdan, balki yordamchi turdagi jarayonlar: detallarni tashish,
nazorat qilish, kesuvchi asboblar va moslamalarni tayyorlash kabi jarayonlar ham kiradi.
Texnologik jarayon
material yoki zagotovkadan tayyor mahsulot olish maqsadida
ularning shaklini, o’lchamlarini va xususiyatlarini belgilangan texnik talablar asosida ketma-ket
o’zgartirishdan iborat.