1.2. Texnologik jarayon tarkibi.
Texnologik jarayonni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun
tayyorlanayotgan detalning qaysi yuzalariga va qanday ketma-ketlikda ishlov berishni
ifodalovchi reja tuziladi.Ushbu rejada detal yuzlariga ishlov berish usullari keltiriladi.
Shu maqsadlarda mexanik ishlov berish texnologik jarayoni alohida qismlarga bo’linadi,
bu qismlarning yig’indisi uning tarkibini tashkil etadi. Texnologik jarayon quyidagi tarkibiy
qismlarga bo’linadi: texnologik operatsiya; holat; o’tish; yurish; harakatlar yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |