O’rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar.
1.
Detal yuzasining sifati qaysi xususiyatlar bilan tafsiflanadi.
2.
Yuza sifatining ahamiyati nimalar orqali ifodalanadi?
3.
Yuza g’adir-budirligi nima va u qaysi kattaliklar bilan tafsiflanadi?
4.
Yuza g’adir-budirligini kamaytirish usullarini keltirib o’ting?
5.
Yuza g’adir-budirligi qaysi usullar bilan aniqlanadi?
4-Mavzu
MASHINA DETALLARI UCHUN ZAGOTOVKA TURLARI.
MEXANIK ISHLOV BERISHDA QO’YIMLAR
4.1. Zagotovka turlari
Mashina detallari uchun zagotovka quyidagi ko’rinishlardan iborat bo’lishi mumkin:
1)
cho’yan, po’lat, rangli metall va plastmassalardan tayyorlangan
quymalar;
2)
bolg’alangan va shtamplangan zagotovka;
3)
po’latdan sovutilgan va qizdirilgan hollarda tayyorlangan prokatlar
va rangli metal prokatlari.
Zagotovkaning turi uning materialiga, shakliga, detalning xizmat vazifasiga va
mashinalarda yig’ilgan holda ishlash shart-sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Shakldor detallar ishlash jarayonida cho’zilish va egilish ta’sirida bo’lmasa odatda
cho’yanlardan tayyorlanadi.
Bolg’alash yordamida egilishga, cho’zilishga, buralishga ishlovchi va ko’ndalang kesimi
bo’yicha o’lchamlarida farq bo’lgan metallarning zagotovkalari tayyorlanadi. Bolg’alash bilan
katta o’lchamli detallar uchun donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida yoki boshqa
hollarda kichik detallar uchun zagotovka tayyorlanadi.
Shtamplangan zagotovka shtamplash mashinalarida olinadi. Shtamplangan metallning
strukturasi bir xilligi bilan ajralib turadi. Shatmplangan zagotovkaning shakli detal shakliga juda
yaqin bo’lib, ayrim hollarda mexanik ishlov berilmaydi (detallarning ayrim yuzalari nazarda
tutilmoqda). Bu o’z navbatida metall sarfini kamaytiradi. Shtamplash jarayonining ish
unumdorligi bolg’alashga nisbatan ancha yuqori. Ishchining malakasi ham bolg’alashdagiga
nisbatan past bo’lishi mumkin. Shtamplash seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitlarida qo’l
keladi.
Aylana, kvadrat, olti burchakli prokatlardan tayyorlangan zagotovka o’z shakli bo’yicha
yuqoridagi ko’rinishlarga yaqin bo’lgan detallar tayyorlashda qo’llaniladi.
Qaysi turdagi zagotovkani tanlash uni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblab
chiqilgandan so’ng amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
4.1, 4.2, 4.3-rasmlarda quyma, shtamplangan va prokatdan tayyorlangan zagotovkalar aks
ettirilgan.
4.1-Rasm. Quyma ko’rinishdagi cho’yandan tayyorlangan vtulka zagotovkasi.
4.2-rasm. Shtamplangan podshipniklarning
ichki xalqasini zagotovkasi.
4.3-rasm. Prokatdan olingan vint zagotovkasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |