Birinchi tur tishli
gildiraklar
bular gupchakli va gupchaksiz silindrik va konussimon tishli gildiraklar. Bu tishli
gildiraklarning markaziy teshiklarini tuzilishi tekis, shponka uyali va shlitsali ko’rinishida
bo’ladi. Tishli gildiraklarni uk bo’yicha yunalgan ochik markaziy teshiklarning uzunligi uning
diametriga nisbati 1/d>1 ya’ni «vtulka» ko’rinishida bo’ladi.
Ikkinchi tur
ko’p gardishli tekis shponka uyali va shlitsali markaziy teshikka ega tishli
gildiraklar.
Uchinchi tur
bir gardishli tekis, shponka uyali shlitsali markaziy teshikka ega va 1d<1
ya’ni «Disk» ko’rinishidagi tishli gildiraklar.
Turtinchi tur
mexanik ishlov berilgandan so’ng gupchak bilan yig’iladigan silindrik,
konussimon, chervyakli tishli gildiraklar yoki «gardishlar».
Beshinchi tur
kuyruk qismiga ega (tishli val ko’rinishidagi) silindrik va konussimon
tishli gildiraklar.
Ko’rib chiqilgan tishli gildiraklarning Har bir turi uzining tipik texnologik jarayonlariga
ega va Har biri uchun O’rnatish yuzalari mavjud.
Tishli gildiraklarning xizmat vazifasidan kelib chikkan holda ularni markaziy teshiklari
va tishli yuzalarini tayyorlashga alohida eotibor qaratilishi talab etiladi. SHunday qilib bu
yuzalarni o’zaro joylashishining xatoligi 0,01-0,1 mm chegarasida bo’lishi kerak. Tishli
gildiraklarni gardish qismining sirtini markaziy teshik o’qiga nisbatan perpendikulyarligi 0,05-
0,1 mm bo’lishi talab etiladi. Markazi teshik IT6..IT8 kvalitet aniqligida va yuza tozaligi Ra
1,25… Ra 2,5 bo’ladi.
12.1-rasm. Tishli kildiraklarning turlari.
Tishli gildiraklarni tayyorlash bo’yicha talablar ularning aniqlik darajasi bilan
belgilanadi. Mashinasozlikda 5 dan 10 gacha aniqlik darajasiga ega bo’lgan tishli gildiraklar
qo’llaniladi. 9 dan 10 aniqlik darajasidagilari ochik tishli uzatmalarda qo’llanilsa 5-6 aniqlik
darajasidagilar esa yuqori aniqlikdagi mexanizmlarda qo’llaniladi.
Bu tishli gildiraklarning tishlarini ishchi yuzalari Ra 0,63…. Ra 2,5 bo’yicha bo’ladi.
Tishli gildiraklar tayyorlash uchun material uzatiladigan burovchi momentning va
aylanma tezlikning miqdorigabog’liqravishda tanlanadi. Kichik kuchlar ostida va kichik
tezliklarda ishlovchi gildiraklar, plastmavvalar, kul rang yoki bolg’alangan cho’yanlardan
toblanmagan konstruksion po’latlar 30, 35 yoki 45 lardan tayyorlanadi. Katta kuchlar ta’sirida va
yuqori tezliklarda ishlovchi tishli ilashmalar gildiraklari termik ishlov berilgan po’lat 45 yoki
legirlangan po’latlar 40X, 12XN3A, 18XGT va shu kabilardan tayyorlanadi.
Tishli gildiraklar zagotovkalarning turi va tayyorlash usullari ularning materiallarining
turiga va ishlab chiqarish dasturigabog’liq bo’ladi. Cho’yandan tayyorlanadigan zagotovkalar
quyma bo’ladi. Tishli gildiraklarning o’lchamlari kichik bo’lgan holda (50 mm gacha) barcha
turdagi ishlab chiqarish sharoitida zagotovka prokatdan kerakli o’lchamlarda kirkib olish usuli
bilan tayyorlanadi. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida o’lchamlari katta bo’lgan
tishli gildirak zagotovkalari bolg’alash mashinalarida erkin bolg’alash yo’li bilan tayyorlanadi.
Kichik partiyadagi o’rtacha o’lchamlarga ega bo’lgan tishli gildiraklar uchun zagotovka
shtamplash usullari bilan tayyorlanadi. Ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida
zagotovka yopik shtamplarda bolg’alash mashinalarida, presslarda va gorizontal bolg’alash
mashinalarida tayyorlanib birdaniga markaziy teshik hosil qilinadi.
1> Do'stlaringiz bilan baham: |