12-Mavzu
TISHLI GILDIRAKLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
12.1. Tishli gildiraklarning turlari, tuzilishi, ularni tayyorlash bo’yicha texnik
talablar, qo’llaniladigan materiallar va zagotovka turlari
Mashina va mexanizmlarda
tishli gildiraklar
eng ko’p uchraydigan detallar
hisoblanadi. Tishli gildiraklar belgilangan uzatishlar soniga asosan bir valdan ikkinchisiga
aylanma harakatni va burovchi momentni uzatish uchun xizmat qiladi. Tishli gildiraklar
avtomobillar, traktorlar, metall kesish dastgohlarining tezliklar va uzatishlar qutilarida,
reduktorlar, ko’tarish tushirish qurilmalari, nazorat asboblari, soatli mexanizmlar hamda shunga
o’xshash qurilmalarda keng qo’llaniladi.
Tishli gildiraklarni asosiy turlari va tuzilishlari 12.1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |