14.1. SHakldor sirtlarga yo‘nish va parmalash orqali ishlov berish
Katta uzunlikka ega bo‘lmagan shakldor sirtlar, odatda, tokarlik dastgohlarida shakldor
keskichlar yordamida yo‘niladi. SHakldor keskichlar sterjenli, prizmatik va dumaloq bo‘ladi.
SHakldor keskich qirindini keng oladi, bu esa ishlov berilayotgan detalning titrashiga sabab
bo‘ladi. Titrashni yo‘qotish yoki kamaytirish uchun kichik surish va kichik kesish tezligi
qo‘llaniladi, bunda kesuvchi asbob emulsiya va moy bilan sovitilib turiladi.
Detal diametriga (10 mm dan 100 mm gacha) va keskichning kengligiga (8 mm dan 100
mm gacha) qarab surish 0,01—0,08 mm/ayl qiymatda olinishi mumkin. Detal diametri qancha
kichik bo‘lsa va keskich kengligi qancha katta bo‘lsa, surish shuncha kichik qiymatda qabul
qilinadi. Ko‘rsatilgan surish bo‘yicha shakldor sirtlarni yo‘nishda kesish tezligi tashqi silindrik
sirtlarni yo‘nishdagi kesish tezligidan past bo‘ladi va taxminan 25 - 40 m/min ni tashkil etadi.
SHakldor sirtlarni yo‘nish unumdorligini va aniqligini
oshirish maqsadida andoza
bo‘ykcha yo‘nish amalga oshiriladi.
11.1 a-rasmda dastani (1) nusxalash (2) yordamida yo‘nish ko‘rsatilgan. Tortqi (4) ga
mahkamlangan rolik (3) support bilan birgalikda bo‘ylama harakatni amalga oshiradi. SHu bilan
birgalikda rolik nusxalash 2 ning plas-. tinkalari orasidagi hosil bo‘lgan ariqchalar ichida egri
chiziq bo‘yicha harakatlanadi va ko‘ndalang yo‘nish bo‘yicha support salazkasini keskich bilan
birgalikda harakatlantiradi. Keskich rolik harakati bo‘yicha ergashadi va shunday qilib,
nusxalash shakliga to‘g‘ri keluvchi shaklni detal sirtiga ko‘chiradi.
Detallarning shakldor sirtlari ba’zida bir tomonli nusxalash yordamida yo‘niladi. Bunday
hollarda dastgoh staninasining orqa tomondan tros yordamida osib qo‘yilgan va karetka bilan
birgalikda suriladigan rolikli yuk yordamida nusxalash tortiladi (11.1 b-rasm). Nusxalash (1)
plita (2) ga mahkamlangan bo‘ladi. Rolik (4) yuk (5) ning ta’sirida nusxalash (1) ga har doim
tegib turadi. Rolik tortqi (3) ga mahkamlangan o‘qda aylanadi.
11.1
v
-rasm
da
porshenning
sferik
sirtini
nusxalash
(2)
rolik
(3) va prujina (1) qo‘llab yo‘nish
ko‘rsatilgan.
11.1-rasm. Nusxalash bo‘yicha shakldor sirtlarni yo‘nish:
a —
tortqiga makkamlangan rolik;
b —
yukli rolik;
v~
prujinali rolik.
YAngi konstruksiyadagi tokarlik dastgohlarida shakldor sirtlarga maxsus (gidro
nusxalash yoki elektro nusxalash} moslamalarda avtomatik ravishda ishlov beriladi.
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda konussimon sirtlarga 1721 va 1731 modelli
ko‘p keskichli dast-gohlarda ikkala supportidan foydalanib ishlov berish mumkin.
Vertikal parmalash dastgohlarida maxsus shakldor asbob yordamida shakldor sirtlarga
ishlov beriladi. Detalda shakldor teshik hosil qilishda avval teshik parmalanib, keyin shakldor
peroli parma yordamida teshiqda kerakli shakl hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |