Yaltiratish moy bilan aralashtirilgan mayda donali abraziv kukuni surilgan yumshoq doira yordamida sirtga toza ishlov berish jarayonidir.
YAltiratish doirasi uchun material sifatida kigiz, yupqa namat va teri xizmat qiladi. Abraziv asbobning yangi ko‘rimmshi sifatida grafit to‘ldirgichli yaltiratish doirasi xizmag qiladi. Bunday doiralarning qo‘llanmlishi qo‘yidagilarga imkon yaratadi:
detallarda g‘adir-budirligi bo‘picha yuqori sifatli silliq sirtlarni olishga;
kam samara beruvchi, unumdorligi past bo‘lgan yaltiratishning dastaki usullarini va asboblarini yo‘qotishga;
v) ish unumdorligini 6-8 marta oshirishga. Yaltiratish doiralari tarkibiga asosan tabiiy korund, bakelitli bog‘lagich va to‘ldirgich sifatida qalam grafiti kiradi.
Yaltiratish usulining rivojlanishi natijasida yaltiratish doirasi o‘rniga abraziv tasmali yaltiratgichdar qo’llanila boshladi. Bu tasmalar yupqa qavatli abraziv mayda donalardan tayyorlanadi yoki ularni abraziv pastalar bilan qoplanadi. Zoldirli podshipnik halqalarining povlarini yaltiratishda tasmalarni ba’zida abraziv pasta qoplangan to‘qimachilik ipi bilan almashtriladi.
YAltiratish orqali geometrik shakl xatoliklarini hamda oldingi operatsiyada olingan yoki oldingy operatsiyadan qolgan mahalliy nuqsonlarni (cho‘kmalar, bo‘shliq-lar va boshq.) to‘g‘rilab bo‘lmaydi, yaltiratish orqali Rz0,1 — Rz0,05 sirt g‘adir-budurligiga erishish mumkin, biroq yuqori aniqlikni taxminlab bo‘lmaydi. YAltiratish jarayoni yaltiratish doirasining yoki abraziv tasmaning yuqori tezligida (40 m/sek gacha) amalga oshiriladi. Om-maviy va yirik seriyali ishlab chiqarishda yaltiratish uchun ko‘p shpindelli avtomatlar qo‘llaniladi.
Sinov savollari
1. Aylanma jism shakliga ega bo‘lgan detallarning qanday sinflari mavjud? 2.Operatsiyalarni konseitratsiyalash tamoyili qanday operatsiyaga oshi-
riladi?
Valga bir keskichli va ko‘p keskichli tokarlik dastgohlarida ishlov berishning mohiyati nimadan iborat?
Pog‘onali vallarga ishlov berish unumdorligini oshirishning qanday yo‘llarini bilasiz?
Nusxalash moslamasiga ega bo‘lgan dastgohlarda ishlov bsrishning qanday yo‘llarini bilasiz?
Pardozlashning qanday turlari mavjud? 7.Yupqa pardozlash qachon qo‘llaniladi?
Yupqa pardozlashda kesish rejimi qanday tanlanadi?
Tashqi aylanma silindrik sirtlarga jilvirlash qachon qo‘llash maqsadga muvofiq bo’ladi?