9-Mavzu
ICHKI SILINDRIK SIRTLARGA ISHLOV BERISH
Mashina detallarida teshiklar silindrik, pog‘onali, konussimon va shakldor bo‘ladi.
Mashina detallarida silindrik teshiklar ko‘p uchraydi.
Teshiklarga ishlov berishning zarur aniqligiga erishish tashqi aylanma jismlarga ishlov berishdagiga qara-ganda qiyin.
Teshiklarga qirindi ko‘chirib va ko‘chirmasdan ishlov berish mumkin. Qirindini tig‘li va abrazivli asbob yoki abraziv kukun yordamida ko‘chirish mumkin.
Tig‘li asbob yordamida parmalash, zenkerlash, razvertkalash, yo‘nish, jumladan, yupqa (olmosli) yo‘nish va sidirish mumkin.
Abraziv asboblarda teshiklarni jilvirlash, xoninglash, superfinishlash; abraziv kukunda ishqalash (o‘lchamiga etkazish) mumkin.
Teshiklarni qirindi ko‘chirmasdan teshish va sharchalar yordamida kalibrlash orqali ishlov beriladi.
Teshiklarni hosil qilishning eng.samarali usuli shtamplashdir.
Tig‘li asboblar yordamida teshiklarga ishlov berish
Metallarda teshiklar parmalash yordamida hosil qilinadi. Teshikning yanada tozaroq sinfdagi sirt g‘adir-budirligigavaaniqligigazenkerlash, razvertkalash, yo‘nish va sidirish orqali erishish mumkin.
Parmalash dastgohlarida teshiklarni parmalashda asbob (parma) aylanadi; tokarlik dastgohdarida, odatda, detal aylanadi.
Aylanuvchi asbob yordamida teshiklarni parmalashda teshik o‘qining kerakli yo‘nalishidan parmaning qochishi detal aylangan holda parmalashdagi qochishiga qaraganda katta bo‘ladi. Parmaning qochishini kamaytirish maqsadida parmalash dastgohlarining konduktorida yo‘naltiruvchi (konduktor) vtulka qo‘llaniladi. Materialda diametri 30 mm dan katta teshiklar, odatda, ikkita parma (birinchisi kichik va ikkinchisi katta diametrli parmalar) yordamida parmalanadi.
Diametri 30 mm dan katta va o‘lcham aniqdigi IT 8 kvalitetdan yuqori hamda sirt
g‘adir-budirligi Ra = 2,5 va undan toza bo‘lgan teshiklar parmalangandan so‘ng zenker va
razvyortkalar qo‘llaniladi, diametri 30 mm dan kichik teshiklarga parmalashdan so‘ng faqat
razvyortka qo‘llaniladi. Diametri 15 dan 20 mm gacha va o‘lcham aniqligi
IT 6
kvalitetdan
yuqori va sirt g‘adir-budirligi
Ra = 2,5
va undan toza bo‘lgan teshiklar parmalangandan so‘ng
zenker va razvyortka qo‘llaniladi, diametri 20 mm dan katta teshiklar parmalangandan so‘ng zenkerlanadi va bir yoki ikki marta (dastlabki va toza) razvyortkalanadi (11.1-rasm).
Rezba uchun teshik parmalashda parmaning D diametri ichki diametri d dan Rezba chuqurligi a = 0,3 0,4 marotaba qiymatda katta qabul qilinadi.
Parmalar normal, chuqur parmalash uchun va maxsus bo’ladi.
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda parma-zenker, parma-razvyortka, parma- zenker-razvyortka kabi o’qiy asboblar qo‘llaniladi.
Parmalashda, zenkerlashda va razvyortkalashda asbobning o‘tish yo‘li ishlov beriladigan teshik uzunligi, asbobning kesib olish uzunligi va kesib chiqish uzunliklari yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ishlov berishning asosiy vaqti quyidagicha aniqlanadi:
11.1-rasm Yaxlit materialda teshikka ishlov berish
a IT 8 kvalitet bo’yicha aniqlikdagi teshikni parmalash ;
б IT10 kvalitet bo’yicha aniqlikdagi teshikni parmalash;
1- parmalash, 2- zenkerlash, 3- dastlabki razvyortkalash, 4- tozalab razvyortkalash
a = (l0 + lкес
+ lчик )i [ мин]
1 n S
bu yerda l0
ishlov beriladigan teshik uzunligi, mm;
lкес
uzunligi, mm; lчик
parmaning kesib chiqish uzunligi, mm.
Vertikal parmalash dastgohlarida ko‘p shpindelli kallaklar yordamida parmalash, zenkerlash, razvyortkalash va rezba kesish mumkin.
Ko‘p shpindelli kallaklarni buraluvchi stolli parmalash dastgohlarida qo‘llash juda ham qulay bo‘ladi. 11.1-rasmda buraluvchi stolli dastgohda teshiklarga uch shpindelli kallakda ishlov berish sxemasi ko‘rsatilgan. Unda to‘rtta patron bo‘lib, uchta patronda ishlov berilayotgan vaqtda bitta patroni detalni almashtirishga xizmat qiladi; shuning uchun yordamchi vaqt faqat stolni 90° burashga, shpindellarni keltirish va olib ketishga sarflanadi xolos.
Yalpi va yirik seriyali ishlab chiqarishda turli (avtomobilsozlikda, traktorsozlikda va boshqalarda) detalning turli tomonlaridagi sirtlarda joylashgan ko‘plab sondagi teshiklarini bir paytdagi ishlov berish uchun maxsus ko‘p shpindelli parmalash kallaklari qo‘llaniladi. Masalan, traktor dvigatellari silindrlari blokini avtomatik liniyada ishlov berishda 17, 22 va 30 shpindelli parmalash kallaklari qo‘llaniladi.
Tayyorlanishi qimmat bo‘lgan maxsus parmalash dastgohlari, ko‘pincha, maxsus almashtiriluvchi parmalash kal-laklariga almashtiriladi, ularni ishlov beriladigan detaldagi teshiklarning joylashishiga qarab oson o‘rna-tish mumkin. Bunday kallaklar yordamida detalning turli tomonlarida joylashgan teshiklarga ishlov berish mumkin. 11.1-rasmda agregatli dastgohlarda maxsus ko‘p shpindelli kallaklarni qo‘llashning turli variantlari ko‘rsatilgan: 1— kallak gorizontal holatda; 2 — ikki (yoki uch) ta kallak detalning ikki (yoki uch) tomonidan parmalash uchun; 3 — qoziqsimon taglik yordamida burchak ostida parmalash uchun kallakning joylashishi; 4 — bir yoki ikkita kallakning burchak ostida joylashishi; 5 — kallak vertikal holatda; 6 — bitta kallakning gorizontal va boshqasining vertikal parmalash uchun joylashishi.
Teshiklarni yupqa (olmosli) yo‘nish. Teshiklarni toza Pardozlash, ko‘pincha, yupqa yo‘nish usulida operatsiyaga oshi-riladi. Bu usulni juda kattatezlikda, kesishning kichik chuqurligida va kichik surishda amalga oshiriladi.
Olmosli keskichlardan tashqari yo‘nish uchun qattiq qotishmadan tayyorlangan plastinkali keskichlar ham, unlaniladi. Bular ham ishlov berilgan sirt g‘adir-budirligigiga va aniqligiga nisbatan yaxshi natijalarni beradi. Olmosli yo‘nuvchi dastgohlarning konstruksiyasi Mustahkam va bikir bo‘lishi kerak; shpindelg va staninalarda titrash bo‘lmasligi kerak.
YUpqa (olmosli) yo‘nish uchun kesish rejimlaridan misol keltiramiz.
CHo‘yan uchun kesish tezligi 120-150 m/min, bronza uchun 300-400m/min, babbit uchun 400-1000 m/min, alyuminiy Krtishmalar uchun 500-1500 m/min bo‘ladi.
Surish 0,01-0,008 mm/ayl bo‘lganda, kesish chuqurligi 0,05-0,1 mm oralig‘ida bo‘ladi. YUpqa yo‘nish quyidagi afzalliklarga zga:
Abraziv asboblarda ishlov berilgan jilvirlashda va xoninglashda sirtlarda uchraydigan abraziv donachalarning yupqa yo‘nishda bo‘lmasligi.
Diametri 100-200 mm bo‘lgan teshiklarning
IT 2
kvalitet bo‘yicha o‘lcham aniqligiga
va teshiklarning ovallik va konussimonlik bo‘yicha 0,01 mmdan 0,005 mm gacha aniqligiga, oson erishiladi.
Olmos yoki qattiq qotishmali plastinka bilan jihozlpngan kesuvchi asbob konstruksiyasining soddaligi.
YUpqa yo‘nish natijasida
Ra = 0,32 gacha g‘adir-budirlikda sirt hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |