O’rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar
Detallarni dastgohlarda o’rnatishda qanday yuzalar va bazalar mavjud?
Bazalarning doimiylik va qo’shilish tamoyillari nimadan iborat?
Bazalarning doimiylik va qo’shilish tamoyillariga misol keltiring.
Detallarni dastgohlarda o’rnatish usullarini sanab o’ting.
Olti nuqta qoidasi nimadan iborat?
Detallarni moslamalarga o’rnatish va mahkamlashda erkinlik darajalarini yo’qotishga misollar keltiring.
Mavzu
DETALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH ANIQLIGI
Aniqlik to’g’risida tushuncha. Ishlov berish aniqligiga ta’sir etuvchi asosiy
omillar.
Mashina va mexanizmlarni loyihalashada kinematik, mustahkamlik, bikrlik, yemirilishga chidamlilik hisoblari bilan bir qatorda aniqlik hisoblari ham bajariladi.
Aniqlik - bu har qanday mashina va asbobning asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Absolyut aniq detalni tayyorlash mumkin emas, chunki uni tayyorlash jarayonida turli xatoliklar tug’iladi. Shuning uchun ham mexanik ishlov berishda turli aniqliklarga erishiladi.
Mexanik ishlov berish natijasida hosil bo’lgan detalning aniqligi qator omillarga bog’liq bo’ladi va quyidagilar bilan ifodalanadi:
detalning yoki uning alohida konstruktiv elementlarining to’g’ri geometrik shakldan og’ishi;
detalning haqiqiy o’lchamlarini uning nominal o’lchamlaridan og’ishi;
detalning yuzalarini, o’qlarini o’zaro aniq joylashishdan og’ishi (masalan: o’zaro paralellikdan og’ish, o’zaro perpendikulyarlikdan og’ish va shu kabilar).
Mexanik ishlov berishning tannarxi va mehnat sarfi talab etilayotgan detal aniqligiga bog’liq bo’ladi. Detalning aniqligi qancha yuqori bo’lsa uning tannarxi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Detallarning xizmat vazifasiga qarab 19 ta aniqlik kvaliteti belgilangan bo’lib IT 01 dan IT 17 gacha. Aniqlik kvalitetining tartib raqami ortishi bilan uning dopusk maydoni ortib boradi. IT 01,0,1 tekis parallel yakuniy o’lchov vositalari uchun kvalitet aniqligi, IT 2,3,4 chegaraviy
kalibrlar va alohida aniqlikka ega bo’lgan mahsulotlar uchun kvalitet aniqligi, IT 5 dan IT 12 gacha, yig’ish jarayonida boshqa detal yuzasi bilan tutashuvchi detallar o’lchamlari uchun va nihoyat IT 13 dan IT 17 gacha esa past aniqlikdagi o’lchamlar uchun.
Yalpi va ko’p seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning aniqligi asosan dastgohlarni kerakli o’lchamga sozlash natijasida erishiladi. Kichik seriyali va donali ishlab chiqarish sharoitida esa qo’shimcha yakunlovchi operatsiyalar qo’llash hamda yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanish hisobiga ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish sharoitida detalning aniqligi qator omillarga bog’liq bo’lganligi uchun ularni olib bo’lishi mumkin bo’lgan aniqlik bo’yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bo’yicha tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |