O’rnatish bazasi – zagotovkani uchta erkinlik darajasini bitta koordinata o’qi bo’yicha harakatlanish va boshqa o’qi bo’yicha aylanishi yo’qotiladi.
Tayanch bazasi – zagotovkani bitta erkinlik darajasini – bitta koordinata o’qi bo’yicha harakat yoki 111 – uk atrofida aylanishini yo’qotiladi.
Bazalar ko’rinishi bo’yicha quyidagi bazalar bo’ladi.
Kurinmas – (berkitilgan) baza – bunda zagotovka bazasi kuzda tutilgan yuza, uk yoki nuqta ko’rinishida bo’ladi.
Aniq (ayon) baza – bunda zagotovkani baza real tekislik belgilangan nuqta yoki belgilar kesishgan nuqta ko’rinishida bo’ladi.
Bazalarni doimiylik va kushilish tamoyillari
Detallarga mexanik ishlov berish usullari bilan tayyorlashda yuqori aniqlikka erishish uchun ularning bitta yuzasini doimiy ravishda O’rnatish bazasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. CHunki O’rnatish bazasi almashishi bilan ishlov berish aniqligi pasaydi. Buni
asosiy sababi Har bir O’rnatishda Detalning yuzalarini o’zaro joylashuvini ifodalovchi o’qlar siljib koladi. Tabiiyki, qator operatsiyalarni bajarishda faqat bitta yuzadan O’rnatish bazasi sifatida foydalanish mumkin emas. Bunga sabab detal yuzalarining o’zaro joylashish tartibi, dastgohning texnologik imkoniyatlari va kesuvchi asboblarning tuzilishi bo’ladi.
Bazalarning doimiylik tamoyili deb texnologik jarayonning barcha operatsiyalarini bajarishda Detalning bitta yuzasidan O’rnatish bazasi sifatida foydalanishga aytiladi.
Agarda Yuqoridagi tamoyilga operatsiya qilish qiyin bo’lsa, u holda O’rnatish bazasi sifatida boshqa yuzalarga nisbatan aniq o’lcham bilan belgilanuvchi xizmat vazifasiga bevosita ta’sir etuvchi yuza olinadi.
Xuddi shuningdek, bitta yuza turli xil baza vazifasini bajara oladigan qilib tanlab olish kerak, chunki bu ham Detalning tayyorlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi.
SHu maqsadda bitta yuzani ham o’lchov, ham O’rnatish bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda bu juftlikka yig’ish bazasi ham kushilsa yanada yuqori mexanik ishlov berish aniqligiga erishish mumkin.
Xuddi shu yondashish bazalarni kushilish tamoyili deb yuritiladi.
O’lchov bazasini O’rnatish bazasi sifatida foydalanish to’g’risidagi karor Detalning qaysi o’lchami aniq ta’minlanishi va qaysi yuzani o’lchov boshi sifatida qabul qilish kerakligigabog’liq bo’ladi.
Щлчаш базаси
Щрнатиш ва Щрнатиш
щлчаш базаси
Masalan, 2.1,a-rasmda ko’rsatilgan holat uchun X o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, bu o’lcham uchun o’lchov boshi A-A yuza. Ushbu yuza bir vaqtda ham o’lchov ham O’rnatish bazasi bo’lib xizmat qiladi. 1,b-rasmda Y o’lcham aniq ta’minlanishi kerak, uning uchun o’lchov boshi yuza B-B, qaysiki B-B yuza shu holat uchun o’lchov bazasi, A-A yuza esa O’rnatish bazasidir. Bundan ko’rinib turibdiki, ikkinchi misolda bazalarni kushilish tamoyili operatsiya kilmaydi.
2.1-rasm. O’rnatish va o’lchash bazalari
Bazalarning o’lchamlari detalning ishonchli, mustahkam mahkamlash uchun, natijada ishlov berish jarayonida uz holatini o’zgartirmasligi uchun yetarli bo’lishi kerak. Bazaviy yuza qisish (mahkamlash) kuchlari ta’sirida deformatsiyalanmaydigan bo’lishi va imkoniyati boricha kesish va qisish kuchlarini bir uynalishda qabul qilib, ishlov berilayotgan yuzaga yaqin joylashgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |