SHakldor sirtlarga o‘z shakli bilan tekislikdan, si-lindrdan va konusdan farq qiladigan sirtlar kiradi.
Aylanma sirt shaklidagi detallar (masalan, shakldor dasta) va to‘g‘ri chiziqli sirt shaklidagi detallar (masalan, kulachokli shayba) eng ko‘p uchraydi.
Fazoda egri chiziqli shakldor sirtga ega bo‘lgan detallar ko‘plab uchraydi (masalan, turbina ko’raklari, samolyot propellerining parragi va boshqa).
SHakldor sirtlarga ishlov berishning quyidagi usullari mavjud:
ishlov beriladigan sirt shakliga ega bo‘lgan shakldor asbob yordamida ishlov berish;
nusxalash moslamada yoki ishlov beriladigan zagotovkaga nisbatan normal asbobga qo‘l yordamida egri chiziqdi harakat berish orqali ishlov berish; v) sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda ishlov berish.
14.1. SHakldor sirtlarga yo‘nish va parmalash orqali ishlov berish
Katta uzunlikka ega bo‘lmagan shakldor sirtlar, odatda, tokarlik dastgohlarida shakldor keskichlar yordamida yo‘niladi. SHakldor keskichlar sterjenli, prizmatik va dumaloq bo‘ladi. SHakldor keskich qirindini keng oladi, bu esa ishlov berilayotgan detalning titrashiga sabab bo‘ladi. Titrashni yo‘qotish yoki kamaytirish uchun kichik surish va kichik kesish tezligi qo‘llaniladi, bunda kesuvchi asbob emulsiya va moy bilan sovitilib turiladi.
Detal diametriga (10 mm dan 100 mm gacha) va keskichning kengligiga (8 mm dan 100 mm gacha) qarab surish 0,01—0,08 mm/ayl qiymatda olinishi mumkin. Detal diametri qancha kichik bo‘lsa va keskich kengligi qancha katta bo‘lsa, surish shuncha kichik qiymatda qabul qilinadi. Ko‘rsatilgan surish bo‘yicha shakldor sirtlarni yo‘nishda kesish tezligi tashqi silindrik sirtlarni yo‘nishdagi kesish tezligidan past bo‘ladi va taxminan 25 - 40 m/min ni tashkil etadi.
SHakldor sirtlarni yo‘nish unumdorligini va aniqligini oshirish maqsadida andoza bo‘ykcha yo‘nish amalga oshiriladi.
11.1 a-rasmda dastani (1) nusxalash (2) yordamida yo‘nish ko‘rsatilgan. Tortqi (4) ga mahkamlangan rolik (3) support bilan birgalikda bo‘ylama harakatni amalga oshiradi. SHu bilan birgalikda rolik nusxalash 2 ning plas-. tinkalari orasidagi hosil bo‘lgan ariqchalar ichida egri chiziq bo‘yicha harakatlanadi va ko‘ndalang yo‘nish bo‘yicha support salazkasini keskich bilan birgalikda harakatlantiradi. Keskich rolik harakati bo‘yicha ergashadi va shunday qilib, nusxalash shakliga to‘g‘ri keluvchi shaklni detal sirtiga ko‘chiradi.
Detallarning shakldor sirtlari ba’zida bir tomonli nusxalash yordamida yo‘niladi. Bunday hollarda dastgoh staninasining orqa tomondan tros yordamida osib qo‘yilgan va karetka bilan birgalikda suriladigan rolikli yuk yordamida nusxalash tortiladi (11.1 b-rasm). Nusxalash (1) plita (2) ga mahkamlangan bo‘ladi. Rolik (4) yuk (5) ning ta’sirida nusxalash (1) ga har doim tegib turadi. Rolik tortqi (3) ga mahkamlangan o‘qda aylanadi.
v -rasm da porshenning sferik sirtini nusxalash (2) rolik
(3) va prujina (1) qo‘llab yo‘nish
ko‘rsatilgan.
11.1-rasm. Nusxalash bo‘yicha shakldor sirtlarni yo‘nish:
a—tortqiga makkamlangan rolik; b—yukli rolik;
v~prujinali rolik.
YAngi konstruksiyadagi tokarlik dastgohlarida shakldor sirtlarga maxsus (gidro nusxalash yoki elektro nusxalash} moslamalarda avtomatik ravishda ishlov beriladi.
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda konussimon sirtlarga 1721 va 1731 modelli ko‘p keskichli dast-gohlarda ikkala supportidan foydalanib ishlov berish mumkin.
Vertikal parmalash dastgohlarida maxsus shakldor asbob yordamida shakldor sirtlarga ishlov beriladi. Detalda shakldor teshik hosil qilishda avval teshik parmalanib, keyin shakldor peroli parma yordamida teshiqda kerakli shakl hosil qilishi mumkin.