a — silindrik freza yordamida frezalash; b — toresli freza yordamida frezalash Frezaning chiqishi frezaning diametriga qarab 2-5 mm oralig‘ida qabul qilinadi.
Stolning aylanma surilishi orqali frezalash uchun asosiy vaqt quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda bo‘ladi.
Sidirish usuli bilan yassi sirtlarga ishlov berish. Tashqi yassi sirtlarni (shakldor sirtlarni ham) sidirish yuqori unumdorli va ishlov berish kam tannarxda bo‘lganligi sababli yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda yanada keng qo‘llanilmoqda; bu usul jihoz va asboblarning yuqori narxda bo‘lishiga qaramasdan, iqtisodiy xakikatdan afzaldir. Ko‘p operatsiyalar frezalash o‘rniga ichqi sidirish vositasida bajariladi. Bunday operatsiyalarga dvigatellarning bloklaridagi va boshqa detallardagi pazlarni, ariqchalarni, yassi sirtlarni, shesternyaning tishlarini va boshqalarni sidirish kiradi.
11.5-rasm. YAssi sidirgichlarning sxsmalari: a — odsiy sidirgich; 6, v, g — progressiv sidirgichlar
Tashqi dastlabki ishlov berilmagan sirtlarni sidirish usuli bilan ishlov berishda sidirgichning bir o‘tishida yuqori aniqlikka va sirt tozaligiga erishish mumkin. Ishlov berish jarayonida har bir kesuvchi tish qo‘yim qatlamining bir qismini kesib o‘tadi, kalibrlovchi tishlar esa sirtni tozalaydi, shu bilan birga tishlar o‘zining kesish xususiyatini va shaklini uzoq davr mobaynida yo‘qotmaydi.
Pokovka va quymalarning sirtlariga ishlov berishda oddiy yassi sirtli sidirgichlarni (11.5-rasm, a) emas, balki progressivlarini (11.5-rasm, b, v, g) qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Keng sirtlarni (50 mm dan katta) tashqi sidirish yordamida ishlov berishda bir necha sidirgich yonma-yon o‘rnatiladi.
Tashqi sirtlarni sidirish, ko‘pincha vertikal sidi-rish dastgohlarida — yarim avtomat va avtomatlarda bajariladi.
Yalpi ishlab chiqarishda yuqori unumdorli uzluksiz ishlaydigan dastgohlar qo‘llaniladi.
Detallarning‘ yassi sirtlariga yakuniy ishlov berish
YAssi sirtlarni jilvirlash. YAssi sirtlarni jilvirlash ham dag‘al, ham toza ishlov berishda pardozlash uchun qo’llaniladi. Sirtlarni dag‘al jilvirlash dastlabki yoki iko’plovchi operatsiya bo‘lishi mumkin, agar yuqori aniq 1 MK va sirt tozaligi talab qilinmasa, dag‘al jilvirlash-Dy qo‘yim frezalash va randalashdagi qo‘yimga nisbatan Kichik bo‘lishi kerak. Katta qo‘yimda dag‘al jilvirlash iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘lmaydi. Dag‘al jilvir-jpp, agar detalg sirtida qattiq uvokdar bo‘lsa yoki mate-rialning qattiqligi frezalash yoki randalashga qiyin-CHILIK tug‘dirgandagina qo‘llanilishi mumkin. Detallar-iing yassi sirtlari kam bikirlikka ega bo‘lganda ham dag‘al jilvirlash qo‘llanishi mumkin.
Agar frezalash usuli bilan yuqori aniqlikdagi va to-Zyliqdagi sirthosil qilishga imkon bo‘lmasa, bunga sirt-larni dagal va toza jilvirlash orqali erishiladi.
Sirtlarni toza jilvirlash mayda donali yaxlit dumaloq jilvirtosh doiralari yordamida amalga oshiriladi. Jilvirlash jilvirtosh doirasining tores qismi va che-gpda amalga oshiriladi.
Jilvirtosh doirasining tores qismida jilvirlash chst qismida jilvirlashga nisbatan unumdorli bo‘ladi, chupki jilvirtosh doirasining tores qismida jilvirlash jarayonida uning ko‘p sirti ishlov beriladigan detalga tegib turadi va bir vaqtning o‘zida ko‘plab abraziv donachalar ishlaydi, shu
bilan birga jilvirlashning ushbu usulida yuqori aniqlikka erishishni taxminlaydi, ko‘rsa-TILgan asboblarga jilvirlashning ushbu usuli keng tarq-plgan.
Jilvirtosh doirasining chetida jilvirlash unumdorligi past, lekin uning yordamida jilvirtosh doirasining tores qismida jilvirlashga qaraganda, yuqori aniqlikka erishish mumkin, shuning uchun o‘lchov asboblari va Poshqa asboblarning detallarini yakuniy pardozlash ishlari uchun qo‘llaniladi.
YAssi jilvirlash dastgohlari dastlabki jilvirlash uchup, dag‘al va toza (aniq) jilvirlash uchun tayyorlanadi.
Dag‘al jilvirlovchi dastgohlar:
bir tomonlama (bir tomonda ishlov berish uchun) — shpindeli gorizontal eki vertikal holatda joylashgan;
ikki tomoshtama (ikki tomondan ishlov berish uchun) — shpindellari gorizontal holatda joylashgan ikki shpindelli bo‘ladi.
Dastlabki va toza (aniq) jilvirlovchi dastgohlar:
jilvirtosh doirasining tores qismida ishlash uchun to‘g‘ri burchakli stolli va dumaloq stolli; oxirgisi bir shpindelli va ikki shpindelli bo‘ladi;
jilvirtosh doirasining chetki qismida ishlash uchun to‘g‘ri burchakli stolli va dumaloq stolli dastgohlar bo‘ladi.
Karusel turkumidagi dastgohda jilvirtosh doirasi-ning tores qismida yassi jilvirlash uchun asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda a — bir tomonining qo‘yimi mm; 5G — stolning bir marta aylanishiga to‘g‘ri keladigan jilvir toshning vertikal surilishi mm; p -stolning minutiga aylanish-lari soni; t — stolga bir vaqtning o‘zida o‘rnatiladigan detallar soni; k — jilvirlash aniqligini hisobga oluv-chi koeffitsiyent.
YAssi sirtlarni abrazivlar va shaberlar yordamida par-dozlash. YAssi sirtlarni yakunlovchi toza ishlov beruvchi pardozlash — jilvirlashdan tashqari abraziv asboblar yordamida ishqalash va yaltiratish bilan ham amalga oshiri-ladi. Toza sirtlarni abrazivlarni qo‘llab yakunlovchi pardozlash tashqi sshshndrik sirtlarni pardozlash kabi amalga oshiriladi.
YAssi sirtlarni shaberlashni dastaki shaberda yoki mexanik usulda bajarish mumkin.1 Birinchi usul ko‘p vaqt sarfini va ijro etuvchining yuqori malakali bo‘lishini talab qiladi,
shu bilan birga yuqori aniqlikni taxminlaydi.
Ikkinchi usul (mexanik) maxsus dastgohlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dastgohlarda shaber kichik quvvatga ega bo‘lgan elektrodivigateldan ilgarilanma- qaytma hara- kitmi oladi. SHaberlashning bunday usuli kam vaqt sarfini talab qiladi, biroq uni murakkab sirtlarni sha-Osrlashga ishlatib bo‘lmaydi va uning qo‘llanishi chegaralangan. Birinchi usul keng tarqalgan.
SHaberlashning asosiy vaqti quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Pu erda 1} — 1 sm2 sirtni shaberlash uchun sarflangan vaqt min; G‘— ishlov berilgan sirt maydoni sm2; /s — turli omillarni hisobga oluvchi koeffitsiyent (ishlov berila-digan metall va uning qattikligi, qo‘yim qiymati, sha-bsrlash aniqligi va boshqa.
Sinov savollari
YAssi sirtlarga ishlov berishda randalash usuli qanday paytlarda qo‘llaniladi?
Nima uchun yassi sirtlarga ishlov berishda o‘yish usuli qo‘llaniladi?
Frezalash usuli boshqa usullarga qaraganda qanday afzalliklarga va kamchiliklarga ega?
Qarama-qarshi va yo‘laki frezalash usullaridan qaysi biri afzalroq?
Yalpi ishlab chiqarishda sidirish usuli qo‘llaniladimi? Nima uchun?
YAssi sirtlarga ishlov berishda qaysi usul eng ko‘p samara beradi?
YAssi sirtlarni jilvirdash qachon qo‘llaniladi?
Qachon frezalash o‘rpiga jilvirlash usuli qo‘llaniladi?
Jilvirtosh ning tores qismidava chetida jilvirlashning qanday afzalliklari bor? 10.YAssi jilnirlovchi dastgohlarning qanday turlari bo‘ladi?
YAssi sirtlarni pardozlashning qanday turlari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |