Sabirov B. A. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanidan


Detallarni dastgohlarda O’rnatish usullari. Olti nuqta qoidasi



Download 2,27 Mb.
bet10/76
Sana21.03.2022
Hajmi2,27 Mb.
#505385
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
ichki yonuv dvigatellari

Detallarni dastgohlarda O’rnatish usullari. Olti nuqta qoidasi


Detallarga ishlov berish uchun ular turli usullar yordamida o’rnatilishi mumkin.

      1. Detalning bevosita dastgoh stoliga O’rnatish. Bu usul donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi. Bu usulni qo’llashning asosiy sababi maxsus moslama tayyorlashni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligida.

      2. Avvaldan belgilab olish usuli bilan Detalning dastgoh stoliga O’rnatish. Avvaldan belgilab olishda ishlov beriladigan yuzalarning holatini belgilovchi uk va boshqa chiziqlarni zagotovka yuzasida hosil qilinadi.

Buning uchun zagotovka yuzasi buyok bilan buyab olinadi. Chiziqlar shtangensirkullar, shtangenreysmuslar, burchaklilar, parraklar yordamida o’tkaziladi.
Avvaldan belgilab olish yuqori malakali ishchining ko’p vaqtini talab qiladi. Bu usl yordamida yuqori aniqlikka erishish qiyin. SHuning uchun bu usuldan katta o’lchamdagi murakkab quyma detallarga ishlov berishda foydalaniladi.

      1. Detallarni maxsus moslamalarga o’rnatib ishlov berish. Bu usuldan foydalanilganda maxsus moslama yordamida detalga kesuvchi asbobga nisbatan aniq holatda beriladi. Maxsus moslamalardan foydalanilganda zagotovka avvaldan chiziqlar o’tkazish uni dastgohga O’rnatishda sozlash ishlarini bajarish kerak emas.

Maxsus moslamalar yordamida Detalning dastgohga O’rnatish tez va oson bajariladi. Moslamalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida ko’rib chiqilishi mumkin. Ko’p seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida moslamalardan foydalanish majburiy ko’rinishga ega. Aks holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishish mumkin emas. Bu ishlab chiqarish sharoitlarida har-bir operatsiyani bajarish uchun alohida moslama loyihalashni taqozo qiladi.
Maxsus moslamalarda detallarni bazalash uchun o’rnatish yuzalari nazarda tutiladi.
Qattiq jismlar mexanikasidan ma’lumki, ular fazoda oltita erkinlik darajasiga ega. Bu ixtiyoriy tanlangan uchta o’zaro perpendikulyar X, Y, Z o’qlar bo’yicha ilgarilanma-qaytma va shu o’qlar atrofida aylanma harakatlardan iborat (2-rasm).
Detalning har bir erkinlik darajasini yo’qotish uchun uni ma’lum bir qo’zg’almas nuqtaga qisish (jipslash) kerak. Bu nuqtalar o’z navbatida moslama yoki dastgoh stolining qo’zg’almas nuqtalari bo’lishi mumkin. Har bir qo’zg’almas bir nuqtali tayanch detalning bitta erkinlik darajasini yo’qotadi. Detalning barcha oltita erkinlik darajasini yo’qotish, uni oltita qo’zg’almas tayanchga bazalash demakdir.
Bu olti nuqta uchta o’zaro perpendikulyar tekislikda joylashgan bo’lishi kerak: 1,2,3- nuqtalar XOZ da; 4-si va 5-si YOZ da; va 6-si esa XOY da.
2.2-rasm. Detallarni bazalash sxemasi (olti nuqta qoidasi): P1, P2, P3- detalning bazalashda ta’sir etuvchi kuchlar.

Uchta 1,2,3-nuqtalar detalning XOZ tekisligiga nisbatan holatini ifodalaydi va bu tekislik o’rnatish tekisligi deb yuritiladi. Uchta tayanch nuqta detalning Y o’qi bo’yicha siljishini va X,Y o’qlari atrofida aylanishini yo’qotadi.


Ikkita 4 va 5 nuqtalar detalning XOZ tekisligiga nisbatan holatini ifodalaydi va bu tekislik yunaltiruvchi tekislik deb yuritiladi. Ikkita tayanch nuqta detalning X o’qi bo’yicha siljishini va Y o’qi atrofida aylanishini yo’qotadi.

2.3-rasm. Silindrik detalni prizmada bazalash sxemasi: 1,2,3,4,5,6 – tayanch nuqtalari.
Bitta 6 - nuqta detalning XOY teksiligiga nisbatan holatini belgilaydi va bu tekislik tayanch tekislik deb yuritiladi. Bu tayanch nuqta detalning Z o’qi bo’yicha siljishi bo’lgan oxirgi erkinlik darajasini yo’qotadi.
Masalan, silindrik detalning prizmaga bazalashda (2.3-rasm) uning 4 ta erkinlik darajasi turtga (1, 2, 3, 4) qo’zg’almas nuqtalar yordamida yo’qotiladi, qolgan ikki erkinlik darajasi prizma bo’ylab siljishi va o’z o’qi atrofida aylanishi 5 va 6 tayanchlar yordamida yo’qotiladi. Buning uchun 5 nuqtada tayanch qo’yilsa, 6 nuqtada shponka o’rnatiladi.



Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish