7 - M A ‘ R U Z A (2 soat)
7-mavzu:
Detallarni bazalash. Bazalash turlari. Bazalangan xom ashyoni taqsimlanish
sxemasi. Texnologik bazani tanlash. Doimiy va aralash baza qoidalari. Xom ashyoni
moslamaga o‘rnatish va maxkamlashdagi xatoliklar.
(2 soat)
M a ‘ r u z a rejasi:
1. Bazalash asoslari, asosiy tushunchalar;
2. Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi;
3. Еrkinlik darajasidan mahrum еtilishi bо’yicha bazalar sinfi;
4. Aniqlanishi xarakteri bо’yicha bazalar sinfi;
5. Bazalarning birligi prinsipi;
6. Bazalarning doimiyligi prinsipi;
7. Bazalar almashuvi.
8. Кuch bilan tutashtirishning zarurligi.
Bazalashning aniqligi va noaniqligi.
Adabiyotlar
: [ 2 ] – 143-185 betlar. ; [ 3 ] –128-157 betlar.
Tayanch sо’zlar
: 1.Baza. 2. Yig’ish bazasi. 3. Кonstruktorlik baza. 4. Texnologik
baza. 5. O’lchov bazasi. 6. O’rnatish. 7. Olti nuqta. 8. Еrkinlik daraja. 9. Ochiq baza. 10.
Yashirin baza. 11. Bazalar birligi prinsipi. 12. Bazalar doimiyligi prinsipi. 13. Bazalar
almashuvi. 14. Bazalar sinfi.
1. Bazalash asoslari, asosiy tushunchalar
Bazalash deb, zagotovkaga yoki biron buyumga tanlangan koordinata sistemasiga
nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. Zagotovkaga mexanik ishlov berish
paytida bazalash deb, zagotovkaga stanokning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan
ma’lum holat berilishiga aytiladi.
Texnologik operasiyani bajarish vaqtida, zagotovkaga ma’lum holat berishdan
tashqari, uni moslamada qimirlamasligini ham ta’minlash talab etiladi.
Bu ikki masala har xil bо’lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul
bilan echiladi, ya’ni fazodagi biron-bir harakatni ma’lum darajada cheklab qо’yish bilan
yoki erkinlik darajasidan maxrum etishlik bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini tо’la chegaralab (tо’xtatib) qо’yish
uchun,uni oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata о’qlari bо’ylab
ilgarilanma va shu о’qlar atrofida aylanma xarakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb
qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan
aniqlanadi (10.1,10.2, 10.3 va 10.4-rasmlar).
Masalan, detal prizma shaklida bо’lgan holda (10.1-rasm), detalning pastki
tekisligi xoz ni koordinat tekisligi XOZ bilan bog’lovchi uch koordinataning berilishi bir
vaqtda detalni uchta erkinlik darajasidan mahrum etib, Z о’qi bо’yicha surilish va X,Y
о’qlariga parallel bо’lgan о’qlar atrofida aylanish imkoni detal ushbu tekislikning uch
nuqtaga tegishli masofasini aniqlaydi. Umumiy holda esa, har qanday detalning koordinat
sistemasi xohlagan holatni egallashi mumkin. Uni albatta asosiy bazalarga joylashtirish
osondir. yoz yuzalaridan birini YOZ koordinat tekisligiga nisbatan ikki nuqtasining
masofasi bir vaqtda uning X о’qi bо’ylab surilishi va Z о’qiga parallel о’q atrofida
aylanish imkonidan, ya’ni detalni yana ikkita erkinlik darajasidan mahrum etadi. Oltinchi
koordinat detal holatini XOZ koordinat tekisligiga nisbatan aniqlab, uni qolgan oxirgi
erkinlik darajasidan mahrum etadi. Shunday qilib, koordinatalarning har biri detalning
bittadan erkinlik darajasidan mahrum etar ekan va bitta nuqta bilan bog’langanligini
bildirar ekan.
Masalan, silindr shaklidagi detalning uchta tanlangan koordinat tekislikka
nisbatan holati ham 10.2-rasmda kо’rsatilgandek, oltita koordinat bilan aniqlanadi.
Silindr yuzi uni hosil etuvchi chiziqning о’qqa nisbatan aylanishidan vujudga
keltirilganligi uchun, detal koordinat sistemasi о’qlaridan biri sifatida uning о’qini
tanlash qulaydir. O’q esa ikki koordinat tekisliklar yoz va xoy larning kesishuvidan hosil
bо’lgan chiziqdan iboratdir.
10.1-rasm 10.2-rasm
10.3-rasm 10.4-rasm
Shuning uchun silindr shaklidagi detalning nuqtasini koordinat tekislik bilan
bog’lovchi va detal о’qiga joylashgan 1 va 2 koordinatlari valikni ikki erkinlik
darajasidan mahrum etadi: Z о’qiga parallel tarzda surilish va X о’qiga parallel о’q
atrofida aylanish imkonlaridan, yoz tekisligida yotuvchi nuqtani YOZ tekisligi bilan
bog’lovchi 3 va 4 ikki koordinat valikni yana ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: X
о’qi bо’ylab surilish va Z о’qiga parallel о’q atrofida aylanish imkonidan, о’z navbatida
xoz tekisligida yotuvchi nuqtani detal о’qi bilan kesishuvidagi 5 koordinati valikni
beshinchi erkinlik darajasidan, ya’ni о’q bо’yicha surilish imkonidan mahrum etadi. XOZ
tekisligida yotuvchi nuqtani koordinat tekisligi bilan bog’lovchi 6 koordinat valikni
oxirgi erkinlik darajasi koordinat о’qiga parallael bо’lgan о’q atrofida aylanish
imkonidan mahrum etadi (buning uchun valsimon detalda qo’shimch shpon paz kabi sirt
bo’lishi shart). Xuddi shunga o’xshash disksimon (10.3-rasm) va sar tipidagi (10.4-asm)
detallarni koordinata tekisliklariga nisbatan fazoda joylashishini tahlil gilish mumkin.
Sxemalardan ma’lumki, xohlagan detalning koordinat sistemasiga nisbatan
holatini aniqlash uchun, tanlangan koordinata sistemasi bilan detal koordinat
sistemasining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat
kerakdir.
Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa detalga
nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va etarlidir. Bu xulosa bir detalni
ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega
bо’lib "OLTI nuqta qoidasi" deb ataladi.
Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu yuzalarni
о’rnini о’tovchi boshqa yuzalar, boshqacha qilib aytganda koordinat sistemasi bо’lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |