5.6. Substratsiz ekin
Sabzavotlarni substratsiz yetishtirish
texnologiyasi Belorusiya
Milliy Fanlar Akademiyasi sabzavotchilik instituti va «Berestoe»
issiqxona kombinati tomonidan oynavand issiqxonalar uchun ishlab
chiqilgan.
Substratsiz ekin yetishtirish va avzalliklari.
Substratsiz
yetishtirish texnologiyasi suvli ekin va ayroponikani bir turi bo„lib
hisoblanadi. U qora-oq plyonkalardan tayyorlangan texnologik
englarda sabzavot ekinlarini yetishtirishga asoslangan bo„lib, ularga
vaqti-vaqti bilan oziq eritmalar uzatiladi (51-rasm).
Birinchi navbat-
da u ko„chatli kubik-
larga etib keladi va
o„simliklarni kuchli
rivojlangan
ildiz tizi-
mi joylashgan texno-
logik
engni
yuzi
bo„ylab tarqaladi. Il-
dizni ayrim qismi
(havodagi) texnolo-
gik blok zonasida,
boshqa qismi – tex-
nologik engdagi ish-
chi
eritmada joyla-
shadi. Ishchi eritma
ildiz
tizimi
orqali
o„zlashtirilgan sari u
vaqti-vaqti bilan erit-
ma tayyorlanadigan
uzeldan uzatilib turi-
ladi.
51-
rasm.
Sabzavot ekinlarini substratsiz
texnolgiyada yetishtirish texnologik tizimini
sxemasi:
1 – issiqxona yeri; 2 – qora-oq polietilen plyonka;
3 – pufakchali plyonka; 4 – polistirolli blok; 5 – texnologik
yeng; 6 –«Spanbond» agroloni; 7 – ishchi eritma; 8 – kubik;
9 – ko„chat; 10 – texnologik yengdagi plyonka (parchasi) bargi;
11 – shpilka; 12 – fiksator; 13 – emitor; 14 – mikrotrubkalar;
15 – truboprovod
Substratsiz texnologiyani, o„ziga xos xususiyati shundaki,
o„simliklarni ildiz tizimini rivojlanishi suyuq va gazsimon kom-
ponentlardan iborat ildiz joylashgan muhitda o„tadi.
Bunday sha-
roitda butun o„suv davri davomida yuqori fiziologik faollikni
saqlaydigan kuchli ildiz tizimi shakllanadi.
Ishlab chiqaruvchilarni fikriga ko„ra substratsiz texnologiya
quyidagilarni ta‟minlaydi:
mineral paxtani sotib olish, keltirish, tushaklarni yozib
chiqish va yig„ishtirish, ko„chatlarni
dastlabki joylashtirish, drenaj
uchun tushaklarda teshiklarni kesib ochish xarajatlarini kamaytirish;
bir qator texnologik operatsiyalarni qisqarishi hisobiga
xarajatlarni kamaytirish;
drenajdagi yo„qotishlarini bartaraf etish hisobiga suvda
eriydigan mineral o„g„itlarni va sug„oriladigan suvni iqtisod qilish;
ishchi eritmalarni uzatishdagi yo„qotishlarni kamaytirish
hisobiga energiya xarajatlarini iqtisod qilish;
ishlab bo„lgan mineral paxtali tushaklarni utilizatsiyasi
bilan bog„liq ekologiya muammolarni bartaraf etadi.
Substratsiz texnologiya mineralli texnologiyaga nisbatan tabiiy
gaz sarfini – 27% ga, elektrenergiyani – 20% ga, mineral o„g„itlarni
– 32% ga, suvni – 24% ga qisqartiradi. Bu sabzavot ko„chatlarni
yetishtirish tannarhini jiddiy kamayishini ta‟minlaydi,
bu esa bozor
raqobat qudratiga ijobiy ta‟sir etadi. Umumiy material xarajatlari,
material va ekspulatatsion sarflar (energoresurslar, o„g„itlar, suv)
yetishtiriladigan ekinga qarab – 37-38% kamayadi (A.A. Autko va
boshqalar, 2006).
Moliya-iqtisodiy avzalliklari bilan bir qatorda substratsiz tex-
nologiya yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarini sifatini ta‟min-
lashda katta ustunlikka ega. Unda pomidorni yetishtirish vitamin S
miqdorini 18% va eriydigan qandlarni 23-26% ko„paytiradi.
Sabzavot ko„chatlarini substratsiz texnologiyada yetishtirish
O„zbekiston issiqxona sabzavotchiligida ham ma‟lum
qiziqish
o„yg„otmoqda. Bu innovatsion ishlanma bizni sharoitimizda ham
keng qo„llanishi mumkin.
Issiqxonalarda substratsiz texnologiyada issiqxonalarni dast-
labki tayyorlarligi o„simlik qoldiqlarini chiqarib tashlash, formalin
bilan dezinfeksiya qilish, issiqxonalarni
suv bilan yuvish, tuproq
yuzini qiyalab tekislashlarni o„z ichiga oladi.
Issiqxonada tuproq yuzi polietilen plyonka bilan yopiladi, bu
yetishtiriladigan o„simliklarni tuproqdan boshlanadigan infeksiyalar-
dan holi bo„lishini va plyonkadan yorug„likni qaytishi hisobiga
o„simliklar uchun yoritilganlik sharoitlarini yaxshilashni ta‟min-
laydi, hamda plyonkaga registrlar o„rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: