8.2. Issiqxonalar uchun ko„chat yetishtirishni
avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash
Himoyalangan yerlar uchun ko„chat yetishtirishda xarajatlarni
kamaytirish, ishlab chiqarish jaryonlarini bajarish sifatini oshirishda
issiqxona kombinatlarida tuvakcha va kassetalarni aralashmalar
bilan to„ldirishda urug„ ekishni avtomat tizimlardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Isroilning Hishtil kompaniyasida ishlatilishi sodda hajmili ki-
chik va yuqori samarador bo„lgan uskunani misol tariqasida ko„rish
mumkin (85-rasm).
Tizim rama, transporter tasmasi, substrat uchun idish, trans-
porter dozator, markaziy o„lagich, chuqurcha shakllantiradigan va
ekish moduli, urug„larni yig„ib oluvchi teshikchali sepish baraban,
urug„ to„ldirgich, havo beruvchi forsunka, vakuumli nasos, urug„-
larni mulchalash uchun sepish dozatori, purkagichli tonnel, sug„or-
gich, zanglamaydigan tunkali kassetalar to„ldirilgan maydon, bosh-
qaruv pultdan iborat.
85-rasm.
Kasseta va tuvakchalarni aralashma bilan to‘ldirish
va urug‘ ekishni avtomatlashgan tizimi.
Tizim quyidagicha ishlaydi. Bunker transportyer ustida kasseta
va tuvakchalarni to„ldirish uchun bo„lgan 3,5-10 sm balandlikda
o„rnatiladi. Kassetalar transporterga joylashtirilib bunker tagiga olib
kelinadi. Keyin bunker aralashma to„liq to„ldiriladi, urug„ to„ldir-
gichdan urug„ sepiladi, vakuum nasos ishlatilib barabanda vakuum
sodir etiladi va urug„ to„ldirgichdagi urug„lar teshikchalar so„rib
olinadi va urug„ sepiladi. Bir vaqtni o„zida forsunkalar qo„shilib
teshikchadagi ortiqcha urug„larni havo oqimi chetga suradi. Natijada
har bir teshikcha bittadan urug„ ushlaydi. Bu vaqtda tasmali
transporter ulanib ostiga kassetalarni etkazib boradi va ularga torfli
aralashma tushadi. Aralashmaga to„ldirilgan kassetalar har bir uya-
chaga aralashma bilan kirib, teshikcha shakllantirib bittadan urug„
solinadi puansonlar valni ostiga beriladi. Keyin dozatorlar (o„g„it
sepish moslamasi) ulanadi, ular mulchalash materiali bo„lgan perlitni
belgilangan miqdorda urug„ sepilgan uyalarga sepadi. Urug„li kas-
setalar tonnelga kirishida suv berish ulanib, purkagichlar orqali may-
da zararacha ko„rinishida urug„ sepilgan aralashma usti namlatiladi.
Keyin kassetalar transporterdan qabul qiluvchi maydonchaga
tushadi, stelajli konterenrlarga joylashtirilib urug„ undirish yoki ko„-
chat o„stirish joyiga jo„natiladi. Boshqarish pulti tizimi joylashgan
uch dvigatelni boshqarish uchun mo„ljallangan va markaziy ula-
gichga ega. Tizimda «Zimens» rusumidagi elektronika ishlatilgan.
Tizimni ishlash tezligi toknnig ko„p yoki kamligiga qarab o„zgar-
tiriladi (86-rasm).
Urug‘ ekish uskunasi
Urug‘larni ekish va tuproq
aralashmasini tekislash
Chuqurchada joylashgan
urug‘lar
Ekilgan urug‘larni
mulchalash
Do'stlaringiz bilan baham: |