S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

87-rasm.
Kuzgi-qishki aylanish uchun ko‘chat
yetishtiriladigan katta hajmli tonnellar.


TEXNIK TAVSIFI:

Eni 10 metr.

Uzunligi 51 metr. (17 ta seksiya 3 metrdan).

Umumiy maydoni 510 kvadrat metr.

Qoplanishi: Polietilen plenka qalinligi 150 yoki 180 mikron, 
uch qavat ultrabinafsha va sochma nurlardan himoyalangan va ichki 
qismidan suv tomchilari hosil bo„lmaydigan kavatga ega. Xizmat 
muddati - 3 yil.

Issiqxonaning ikki tomonida shamollatuvchi parda material, 
xizmat muddati 5 yil.

Shamollatuvchi pardani ochish va yopish uchun qo„l ri-
chagi.

Issiqxonani ichiga zararli hashoratlar kirishidan himoya-
lovchi setka.

Soyalatuvchi setka 30%

Mulchalovchi ikkiqavatli oq va qora plyonka. Sabzavot 
ekinlari va ko„chatlarini yetishtirishda foydalaniladi.

Erga ikki qavatli oq va qora to„shama. Sun‟iy substratlarda 
o„simlik o„stirishda foydalaniladi.

Tomchilatib sug„orish tizimi.

Fertigatsiya tizimi.

Avtomat tizimi.
 
8.3. Bodring va pomidor ko„chatlarini
qishki-bahorgi aylanish uchun yetishtirish 
Urug„ ekilgan yoki maysalar pikirovka qilingan tuvakchalar 
yoki kubiklar kengligi 1,4-1,6 m lenta shaklda, orasida 40-50 sm 
yo„lka qoldirilgan issiqxona tuprog„i yangi, yupqa polietilen plyonka 
ustiga terib qo„yiladi. Tuvakchalar oralig„idagi bo„shliq oziqali ara-
lashma bilan to„ldiriladi. Namlik va haroratni saqlash uchun lentalar 
ustiga yangi, yupqa toza plyonka yopiladi. Agar ko„chat torfoblokda 
yetishtirilsa, ular erga terib qo„yilgandan so„ng urug„ ekilgunicha, 
ikki-uch kun mobaynida leyka yoki 1-1,5 soatda bir marta 1-2 
daqiqa yomg„irlatib sug„orish moslamasi yordamida namlab turiladi. 


Urug„larni bir vaqtda unib chiqishi uchun urug„lar unib 
chiqqunga qadar haroratni bodring uchun 27°S, pomidor uchun esa 
24°S da saqlab turiladi. Nihollar to„liq hosil bo„lgandan so„ng 
plyonka yig„ishtirib olinadi, harorat 4-5 kun mobaynida bodring 
uchun kunduz kuni 20-22°S gacha, tunda 14-16°S ga, pomidor 
uchun esa shu tariqa 16-18 va 12-14°S gacha pasaytiriladi. 
Keyinchalik bodring ko„chati quyoshli kunlarida – 20-23, 
bulutli kunlarda – 19-20, tunda – 18-20°S da, pomidor ko„chat shun-
ga muvofiq ravishda 20-22°S, 18-19 va 15-17°S haroratda o„sti-
riladi. Bodring ko„chati o„stirilayotganda havoning nisbiy namligi 
70-75%, pomidor uchun esa 60-70% ni tashkil etishi kerak. 
Issiqxonalarda sifatli ko„chat olish uchun elektr yordamida 
qo„shimcha yoritishni qo„llash samaralidir. Yilning barcha oylari 
ichida dekabr va yanvarda eng kam yoritilganlik kuzatiladi. 
O„zbekiston sharoitda u katta yoshdagi o„simliklar uchun ayrim 
hollarda ko„chatlar uchun ham yetarlidir. Elektr yordamida yoritish 
elektr energiyasi uchun katta mablag„ talab etadi. Shuning uchun uni 
(tejab) iqtisod qilib foydalanish kerak. U tabiiy yorug„likka 
qo„shimcha sifatida qo„llanishi lozim. Tabiiy va sun‟iy yoritish-
larning umumiy davomiyligi 14-16 soatni tashkil etishi kerak. Kun 
qanchalik uzun bo„lsa, elektr yordamida yoritish shunchalik qisqa 
bo„ladi. Elektr yoritgichlari yordamida qo„shimcha yoritishni nisbiy 
quvvati bodring uchun: ko„chatlarni erga terib qo„yilgunicha 240, 
undan so„ng – 120 Vt/m
2
; pomidor maysa-zorida – 400, pikirovka 
qilinganidan keyin – 240 va erga terib chiqilganidan so„ng – 120 
Vt/m
2
tashkil kilishi kerak. 
Ko„chatlarni qayta tarqatib joylashtirish qatordagi o„simliklar 
bir-biriga tegaboshlaganda, ya‟ni bodringda nihollar unib chiqqan-
dan so„ng ikki xafta o„tgach, pomidorda esa pikirovka qilinganidan 
so„ng 2,5-3 hafta o„tgach amalga oshiriladi. Ko„chatlar yoyib qo„yil-
ganda 1 m
2
maydonda 20-30 o„simlik joylashtiriladi. Tuvakchalar 
tuproq yuziga oldindan dezinfeksiyalangan plyonka to„shalgan yoki 
urug„ ekiladigan yashiklarda joylashtiriladi. Tuvakchalar orasidagi 
bo„shliq tuproq aralashmasi bilan to„ldiriladi.
 


Issiqxonalarda ko„chatlarni yetishtirishda ortiqcha (zahira) 
qoldirish ko„zda tutiladi, u talab etiladigan umumiy miqdoridan 10% 
ko„p tayyorlanishi kerak. Ko„chatlarning umumiy soniga talab ularni 
oziqlanish maydoni va o„stiriladigan o„simliklarga bog„liq. Bodring-
ni partenokarpik navlari etishrilganda o„simliklar katta oziqlanish 
maydonini talab qiladi, shu bois kichik oziqlanish maydonini talab 
qiluvchi ari bilan changlanadigan navlarga qaraganda ko„chatga 
talab ham kamroq. 
Issiqxonalarda qishki-bahorgi aylanish mavsumi uchun bodring 
va pomidor ko„chatlarini yetishtirishda issiqxona havosida karbonat 
angidridi gazini 0,10-0,15% gacha etkazib o„simliklarni oziqlantirish 
yaxshi natija beradi. 
Ko„chatlarni yetishtirishda tuvakchalar namligi 75-80% NV 
darajada saqlab turiladi. O„simliklar harorati 25-28°S bo„lgan iliq 
suv bilan sug„oriladi.
O„simliklar sug„orilganda azotli o„g„itlarni yuvilib ketishini, 
hisobga olib ko„chatlarni yetishtirish davrida eritma konsentratsiyasi 
0,5% bo„lgan azotli o„g„itlar bilan 1-2 marta oziqlantiriladi. 
Issiqxonalarda 
qishki-bahorgi 
aylanish 
uchun 
ko„chat 
yetishtirish davrining davomiyligi, urug„ ekilgandan doimiy joyiga 
o„tkazilguncha: bodringda – 30-35 kunni, oynavand issiqxonalardagi 
pomidorda – 60-70 va plyonkalilarda – 50-60 kunni tashkil etadi.
Chet elda bodring ko„chatlarini yetishtirishning ko„pgina yangi 
ilg„or usullari qo„llanilmoqda. Bu yerda ko„chat pikirovka usulida 
yetishtirilib, oldindan 5

5

5 sm o„lchamli maxsus lotoklar va kasse-
talarda tayyorlangan maysalar tuprog„i bilan substratga ko„chirib o„t-
kaziladi. Bodring ko„chatlari bu yerda so„kchakda kassetalarda, ko„-
chatchilik birlashmalarda mineral tolali kubiklarda yetishtiriladi. 
Qishki-bahorgi aylanishda o„simliklar uchun yorug„lik yetarli bo„l-
maganida ko„chatlarni oziqlanish maydonini ko„paytirish uchun 
ularni yoyib qo„yishdan foydalaniladi (88-rasm). 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish