110
texnologiyalar joriy etilganda, yangi maxsulotlar tayyorlash
yo‘lga qo‘yilganda) doirasida faoliyat yuritishga tayyorlanayotgan
rahbar va mutaxassislar kiritiladi. Mazkur xodimlar rahbarlik
lavozimida o‘sishni, yoki xizmat vazifasida o‘sishni tanlab
olishlari mumkin;
- funksiyali zaxira. Bu guruhga kelajakda korxona faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashlari umid qilinadigan rahbarlar va mutaxassislar
kiritiladi. Ushbu xodimlar xizmat pillapoyalaridan yuqoriga
ko‘tarilishga yo‘naltirilgan bo‘ladilar.
2. Lavozimga tayinlash muddati bo‘yicha:
“A” guruhi –
asosiy zaxira, ya’ni ayni vaqtda yuqori
lavozimga ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar;
“B” guruhi – istiqbolli zaxira. Bu guruhga yaqin 1-3 yil
ichida rahbarlik lavozimiga ko‘tarish mo‘ljallangan nomzodlar
kiritiladi.
Istiqbolli zaxira tarkibi 35 yoshgacha bo‘lgan, korxona bo‘lin-
malarida mehnat faoliyati bilan o‘zini ko‘rsatgan, tashkilotchilik
qobiliyatiga ega yosh xodimlar hisobiga shakllantiriladi. Ular reyting
usulida baholashdan foydalanilgan holda o‘qitiladi.
Asosiy zaxira tarkibi tegishli tayyorgarlikka va rahbarlik lavo-
zimlarida ishlash tajribasiga ega xodimlar hisobiga shakllantiriladi.
Shu bilan birga potensial va tezkor zaxira ham bo‘ladi.
Potensial zaxiraga korxonada mavjud barcha lavozimlarga nom-
zodlar kiradi. Bu tarkibdan yaqin vaqt ichida bo‘sh
qolishi
kutilayotgan rahbarlik lavozimlariga tezkor zaxira shakllantiriladi.
Zaxirani shakllantirish tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
Zaxira muhimligi tamoyili lavozimlarni egallashga aniq
ehtiyojni hisobga olishni anglatadi. Bu tamoyilga muvofiq
zaxira
tarkibi shunday shakllantirilishi kerakki, unga kiritilgan xodimlar
amalda lavozimda ko‘tarish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Nomzodning lavozim va zaxira turiga muvofiqligi tamoyili
nomzodning muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur
sifatlari
va malakalarini, bu lavozimga qo‘yilgan talablarni
hisobga olish demakdir.
Nomzodning istiqbolligi tamoyili. Bu tamoyilga muvofiq
quyidagilar hisobga olinishi kerak:
111
-
kasbiy o‘sishga yo‘naltirish;
-
ma’lumot darajasiga bo‘lgan talab;
-
yoshga bo‘lgan talab;
-
lavozimdagi ish staji hamda umuman karerasi dinamikasi;
-
salomatligining ahvoli.
Har bir korxona va tashkilot (u katta yoki kichkinaligidan qat’iy
nazar)da kadrlar zaxirasi bo‘lishi lozim. Odatda yirik kompaniya va
firmalarda zaxira tarkibi o‘z xodimlari hisobiga shakllantirilishini
nazarda tutgan holda asosiy e’tibor bo‘linma rahbarlarini vertikal
bo‘yicha rotatsiya qilishga, korxona
xizmatlari rahbar va
mutaxassislarni esa gorizontal siljitishga berilishi muvofiqdir.
Zaxira tarkibi va miqdori korxonadagi lavozimlar darajasi,
personal qo‘nimsizligi, rivojlantirish rejalariga qarab ilgaridan
belgilab qo‘yiladi. Shunga muvofiq turli lavozimlar uchun zaxira
koeffitsiyenti belgilanadi. Bu koeffitsiyent 1 dan 3 gacha bo‘lishi
mumkin. Ya’ni bu bir lavozim uchun bittadan uchtagacha nomzod
zaxiraga kiritilishi mumkinligini anglatadi.
Zaxirani tayyorlash muddati tugagach hamda kasbiy
tayyorgarlik bo‘yicha shaxsiy reja bajarilgandan so‘ng zaxira
tayyorgarligi baholanadi (8-jadval).
Zaxiraning shaxsiy tarkibi muntazam ravishda (odatda har 6
oyda) personalni boshqarish xizmati tomonidan ko‘rib chiqilishi,
zarurat bo‘lsa bu tarkibga xodimlarning shaxsiy muvaffaqi–
yatlari (attestatsiya natijalariga ko‘ra), rahbarlik lavozimiga
ehtiyojlar hamda kadrlarni joy-joyiga qo‘yishdagi o‘zgarishlar
hisobga olingan holda aniqlik kiritilishi darkor.
Nomzodning kadrlar zaxirasiga kiritilishi unga rahbarlik
lavozimi berilishi kafolati hisoblanmaydi. Biroq bo‘sh rahbarlik
lavozimiga nomzodlar birinchi navbatda zaxira tarkibidan
tayinlanishi qoidaga aylanishi kerak. Zaxiradagi nomzodni bo‘sh
lavozimga tayinlashdan voz kechilishi asoslab berilishi darkor.
Kadrlar zaxirasi bilan ish olib borishni tashkil etish
quyidagilarni ko‘zda tutadi.
1. Xodimlarni rivojlantirishni rejalashtirish.
Bu boshqaruv
lavozimi (kasb) da kelajakda o‘sishga tayyorgarlik bosqichi
hisoblanadi. Kadrlar zaxirasiga kiritilganligi tasdiqlangan
112
nomzod, zarurat bo‘lsa personalni boshqarish mutaxassislarini
jalb etgan holda hamda zaxiraga kiritilgandagi tavsiyalarni
hisobga olib, uch yil muddatga mo‘ljallangan shaxsiy rivojlanish
rejasini ishlab chiqadi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: