S t o m a t o L o g I y a


Surunkali periodontitlar. (Per. chronica) Fibrozli periodontit



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/168
Sana09.03.2022
Hajmi1,48 Mb.
#487262
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168
Bog'liq
Rivojlantirish instituti

Surunkali periodontitlar. (Per. chronica) Fibrozli periodontit
(periddontitis fubrosa) ning kelib chiqishiga sabab uzoq muddat davo-
mida jarohat, bosim, infeksiya, yallig‘langan pulpa qoldig‘i kabi kuchsiz
ta’sirotlar deb kelingan.
Bunda periodont qalinlashgan, zich ko‘pincha gipersementoz borligini
ko‘rish mumkin. Periodont yorig‘i kengaygan, lekin alveolaning kompakt
plastinkasi o‘zgarmagan. Qalinlashgan qo‘pol tolali to‘qimaning ayrim
joylarida limfositlar bor holos, boshqa hujayralar yo‘q.
Periodontning sog‘lom joylaridagi tolalari o‘zgarmagan. Fibrozli
periodontit ko‘pincha asoratsiz o‘tadi, intoksikasiya deyarli bermaydi.
Ba’zi paytlarda, tish kariyes kovagi ochiq, ya’ni tish kovagi bilan tish
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 6 6
kanali bevosita aloqador, ba’zida esa kariyes tish kovagi bilan tish kanali
o‘rtasida dentin to‘sig‘i bor (yopiq) bo‘lishi mumkin. Agar tish kovagi
bilan kanal o‘rtasida to‘siq bo‘lmasayu, ovqat qoldiqlari bilan bekilib
qolsa, ana o‘sha hollarda ozgina og‘riq bo‘lishi mumkin.
Granullashgan periodontit (per. granulans)
Surunkali periodontitlar orasida eng faol, tez-tez qo‘zg‘alib turuvchi,
asoratlar beruvchi xuddi ana shu tur xisoblanadi. Bu tur, keyingi
granulematoz turiga o‘tishi mumkin.
Ildiz cho‘qqi qismi deyarli yumshoq to‘qimalar (chirigani uchun),
g‘adir-budir, qora-ko‘kimtir tus oladi. Joy-joyida yumshoq to‘qima yiring
bilan shimilgan, qizargan yoki zich, oqish rangda bo‘ladi.
Yallig‘lanishning dastlabki davrlarida ekssudatda leykositlar, keyin-
chalik esa limfositlar, gistiositlarni uchratish mumkin. Plazmatik hujay-
ralar yiring o‘chog‘ining atrofida va oqma teshigi chetlarida joylashgan.
Granulyatsiyalashgan to‘qima boshlang‘ich davrlarda hujayralarga boy,
asta-sekin ularning sonlari kamayib, fibroz to‘qima ko‘payadi.
Bu turdagi periodontitda ham kariyes kovagi va tish kanali yopilib
(ovqat tikilib) qolganda, tishda simmillovchi og‘riq, xususan tish bosil-
ganda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda yengil qaytalanish belgilaritish
atrofidagi yumshoq to‘qimalarning qizarishi, shishishi, tishga bosim tush-
ganda — og‘riq kabi noxush sezgilar paydo bo‘lishi mumkin. I.G. Lu-
komskiyning ta’biri bilan aytganda, surunkali granullashgan periodontit
eng faol, tez-tez qo‘zg‘aluvchan (qaytalanadigan), eng ko‘p asorat
beradigan, lekin davolashga tez beriladigan periodontit turidir. Muallif
bunda vazoparez-tugmachali asbob (yoki barmoq uchi) bilan bosilganda
iz qolishi, ya’ni vena turg‘unligi, oldin oqarib turib, keyinchalik
qizarishini kuzatgan. Bunga sabab. maxalliy to‘qimalarning chirishidan
hosil bo‘lgan zaxarlar tomirlarni xarakatga keltiradigan asablarni parezga
olib kelishidir. Chunki bunda tomirlar tarangligi (tonusi) buziladi,
maxalliy turg‘unlik va ularning shishi vazoparez shaklida ko‘rinadi.
Granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lishi (proliferasiyasi), yangi hosil
bo‘ladigan sement va suyak to‘qimasi bir vaqtning o‘zida tish atrofidagi
yumshoq va qattiq to‘qimalar, hamda tishning o‘zida buzilishi va
emirilish jarayonlari bilan birga kechadi.
Sement, dentin, alveola suyagi va alveola o‘simtasi uydim-uydim
chuqur bo‘lib so‘riladi.
Granulyasion to‘qimaning hosil bo‘lishi suyak moddasining emirilishi,
so‘rilishi bilan bir vaqtda granulyasion to‘qimaning fibroz to‘qimaga
aylanishi, suyaksimon (osteoid) to‘qimaning suyak to‘qimasiga aylanishi
kuzatiladi. Ularning chetki qismlarida osteoblastlar joylashgan bo‘ladi
va ular suyak to‘qimasini hosil bo‘lishida qatnashadi.
Yosh suyaksimon to‘qimaga oxak tuzlari yopishadi, cho‘kadi va yangi
hosil bo‘lgan qavat eski qavat ustida yotadi (appozisiya), xamda suyak
to‘siqlari va bo‘shliqlari yangi hosil bulgan suyak to‘qimasi bilan to‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 6 7
Granullashgan periodontitning yana bir xususiyati shundan iboratki,
bunda yiring yo‘llari-oqma yo‘llari (svishch) bo‘lishidir. Oqma yo‘lla-
rining joylashishi turlicha. Ko‘pincha kasallangan tish ildiz cho‘qqisi
to‘g‘risida yoki alveola chekkasida joylashadi. Odatda ular og‘iz daxlizida
va kamdan-kam hollarda og‘iz xususiy bo‘shlig‘i tomonda bo‘lishi
mumkin. Bunga sabab, alveolaning tashqi devori yupqa. Ba’zida esa
oqma yo‘llari tashqariga, teriga chiqadi (og‘iz bo‘shlig‘idan), bunday
paytlarda tashqi teridagi oqma (svishch) deb yuritiladi.
Surunkali periodontitning yana bir turi — granulematoz periodontit
bo‘lib, bunda yallig‘lanish jarayoni aniq chegaralidir. Granulema ildiz
uchida joylashadi, xamda boshlang‘ich davrda bu erda limfoid hujayralar
va poliblastlar (ular tolali qo‘shuvchi to‘qimaning ko‘payishidan hosil
bo‘ladi) to‘planadi. Plazmatik va ksantom hujayralar ko‘pchilik
xujairalarni tashkil etadilar.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish