O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS
TA’LIM
VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI
MARKAZI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINI
RIVOJLANTIRISH
INSTITUTI
TERAPEVTIK
S T O M A T O L O G I Y A
TOSHKENT — 2004
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
T u z u v c h i l a r :
M.F. Ziyayeva — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
Direktorlar rayosati raisi, oliy toifali oqituvchi,
R.N. Bahodirova — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
Tibbiyot bilim yurti oliy toifali o‘qituvchisi, shifokor-stomatolog.
Taqrizchilar:
U.J. Jumatov — 1-ToshMI Terapevtik
stomatologiya kafedra mudiri,
professor
S.A. Karimova — M.S. Tursunxo‘jayeva nomli tibbiyot bilim yurtining oliy
toifali o‘qituvchisi, stomatolog,
M.M. Abdug‘aniyev — Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 2-stomatologiya
roliklinikasi bosh shifokori, oliy toifali shifokor-stomatolog.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
S O Z B O S H I
Terapevtik stomatologiya hozirgi
zamon taraqqiyot bosqichida
tibbiyotning mustaqil ilmiy-amaliy tarmog‘i bo‘lib, tish va og‘iz bo‘shlig‘i
kasalliklarini davolash bilan birgalikda, ularni oldini olish (profilaktika)
usullarini ishlab chiqadi. Shu bilan birgalikda og‘iz bo‘shlig‘i va tish
kasalliklarini konservativ usulida, ayrim vaqtlarda esa ularni ortoped-
stomatolog va jarroh-stomatologlar bilan birgalikda kompleks davolashni
o‘z oldiga vazifa qilib oladi.
Tish kariyesi va paradont to‘qimasi kasalliklarini davolamaslik
tishlarni olib tashlashga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida yuz-jag sohasini
kosmetik jihatdan o‘zgarishlarga, nutq buzilishiga, ovqat hazm qilish
jarayoni kasalliklarini raydo qilish, asab, endokrin, yurak, qon tomirlar
sistemasi, jigar, buyrak organlariga ham ta’sir etadi.
Terapevtik stomatologiya tibbiyotning boshqa sohalari bilan ham uzviy
bog‘langandir. Stomatologik kasalliklarni o‘z vaqtida oldini olish, ichki
organ kasalliklarini ham oldini olish demakdir. Bo‘lajak mutaxassislar
malaka va ko‘nikmalarni chuqur egallab olishlarida bu darslik yaxshi
xizmat qiladi.
Darslikda stomatologiyani rivojlanish tarixi, xonani tashkillashtirish
va undagi jihozlar, plomba uchun ishlatiladigan xom-ashyolar, har bir
tish kasalliklarini etiologiyasi, klinik belgilari, tekshirish usullagi va ularni
davosi haqida so‘z yuritilgan. Ayniqsa, tibbiyot xodimining bemorlar
bilan munosabati, etika, deortologiyasi hozirgi davgimizga xos bo‘lib,
yuqori darajali mutaxassisni tayyorlashda asoschi hisoblanadi. Mazkur
darslikda bu bo‘limlar aniq va tushunarli qilib yoritilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi