59
3.2 Jismoniy va yuridik shaxslar bilan sug’urta shartnomalari tuzish va uni
rasmiylashtirish tartibi
Jismoniy shaxslarga tegishli uy mulki, inshootlar va transport vositalarini
sug‘urta qilish bo‘yicha asosiy shartnoma amalda bo‘lgan davrda sug‘urta
qildiruvchining taklifiga asosan sug‘urta summasi miqdorini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha kelishuvga erishilishi mumkin. Bunday holatda ham asosiy
shartnomada, ham qo‘shimcha kelishuvda ko‘rsatilgan uy mulklari, inshootlar va
transport vositasining umumiy sug‘urta summasi ularning amaldagi narxlardan
kelib chiqqan holdagi (eskirish summasi hisobga olingan holda) qiymatidan oshib
ketishi mumkin emas.
Inshootlarni sug‘urta qilish bo‘yicha amalda bo‘lgan sug‘urta shartnomasiga
qo‘shimcha kelishuv yana shunday holatlarda tuzilishi mumkinki, mazkur
inshootga yetkazilgan zarar qoplangandan so‘ng sug‘urta qildiruvchi inshootni
ta’mirdan chiqarib, sug‘urta summasini oshirishga xohish bildirilganda.
Qo‘shimcha kelishuv faqat asosiy shartnomaning amal qilish muddatiga qadar
tuzilishi mumkin. Masalan, asosiy shartnomaning amal qilish muddati 10-dekabrda
tugaydi. Demak, mazkur asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuv 10-dekabrgacha
bo‘lgan muddatga tuzilishi mumkin.
Qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha sug‘urta mukofoti, qoidaga ko‘ra, sug‘urta
mukofoti yillik summasidan kelib chiqqan holda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
Uy mulkini sug‘urta qilishda sug‘urta mukofotlari yillik sug‘urta mukofotlari
summasining quyidagi miqdorlarida to‘lanadi: 1 oyga - 15foizi; 2 oyga – 30 foizi;
3 oyga – 40 foizi; 4 oyga – 50 foizi; 5 oyga – 60 foizi; 6 oyga – 70 foizi; 7 oyga –
75 foizi; 8 oyga – 80 foizi; 9 oyga – 85 foizi; 10 oyga – 90 foizi; 11 oyga – 95
foizi.
Inshootlar va transport vositalarini sug‘urta qilishda (kasko) sug‘urta
mukofotlari yillik sug‘urta mukofotlari summasining quyidagi miqdorlarida
to‘lanadi: 1 oyga – 20 foizi; 2 oyga – 40 foizi; 3 oyga – 45 foizi; 4 oyga – 50 foizi;
5 oyga – 60 foizi; 6 oyga – 70 foizi; 7 oyga – 75 foizi; 8 oyga – 80 foizi; 9 oyga –
85 foizi; 10 oyga – 90 foizi; 11 oyga – 95 foizi.
60
Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, to‘liq bo‘lmagan oy uchun to‘langan
sug‘urta mukofoti to‘liq oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Misol: asosiy shartnomaga qo‘shimcha kelishuvning amal qilish muddati
2015-yil 18-yanvardan 2015-yilning 23-sentyabrigacha belgilangan, ya’ni asosiy
shartnomaning amal qilish muddatigacha. Bu erda sug‘urta mukofoti 9 oy uchun
to‘liq to‘lanadi, 8 oy uchun – to‘liq (18 yanvardan 17-sentyabrgacha), to‘liq
bo‘lmagan 1 oy uchun (18-sentyabrdan 23-sentyabrgacha) ham to‘liq oy uchun
to‘langan, deb hisoblanadi.
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi muddati tugagunga qadar uni yangi
muddatga tuzishi mumkin. Sug‘urta mukofotining qaysi kuni va qachon
to‘langanidan qati’y nazar, avval amalda bo‘lgan shartnoma tugashi bilan yangi
muddatga tuzilgan sug‘urta shartnomasi kuchga kiradi. Misol uchun, sug‘urta
shartnomasining muddati 18-oktabrda tugaydi, sug‘urta qildiruvchi 25-sentabrda
sug‘urta shartnomasini yangi muddatga tuzadi. Bunday holatda yangi muddatga
tuzilgan sug‘urta shartnomasi 26-sentabrdan emas, balki avvalgi sug‘urta
shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilanoq, ya’ni 19 oktabrdan kuchga
kiradi.
Sug‘urta shartnomasi tuzilishidan oldin sug‘urta agenti bajarishi zarur bo‘lgan
holatlar. Fuqarolarga tegishli mulklarning noto‘g‘ri tuzilishini oldini olish
maqsadida agent sug‘urta polisini rasmiylashtirishdan avval quyidagilarga o‘z
e’tiborini qaratishi lozim:
- sug‘urtaga qabul qilinayotgan mulklarni haqiqatan ham shartnoma
tuzayotgan shaxsga tegishli ekanligini tekshirish (mulklar fuqaroning shaxsiy
mulki bo‘lishi kerak, transport vositalarini sug‘urta qilishda, bundan tashqari,
mazkur transport vositasi boshqa shaxslarga notarial tasdiqlangan ishonchnoma
asosida berilganmi yoki yo‘qligi ham tekshiriladi);
- fuqaroning mulki joylashgan joy rasmiylar tomonidan suv toshqini yoki
boshqa tabiiy ofatlar tahdid solishi mumkin bo‘lgan hudud, deb e’lon qilinganmi
yoki yo‘qligini aniqlashtirish zarur;
61
- fuqarolar inshootini ixtiyoriy sug‘urta qilishda sug‘urta aniq sug‘urta
summasini chiqarish uchun inshootlarning bahosini aniqlashtirishi kerak;
- fuqaroga tegishli hayvonlarni sug‘urta qilishda xo‘jalikda mavjud bo‘lgan
bir xil turdagi barcha hayvonlar soni va ularning yoshiga qarab guruhlarini
aniqlash talab etiladi;
- uy mulki va inshootlarni, ayniqsa, dala hovlilarni sug‘urta qilishda shuni
aniqlashtirish lozimki, ular sug‘urta qildiruvchi yoki u tayinlangan shaxs
tomonidan muntazam nazorat qilib borilishi, qo’riqlash signalizatsiyasi
mavjudligiga e’tiborni qaratishi zarur. Agar bunday nazorat mavjud bo‘lmasa,
sug‘urta shartnomasi tuzish tavsiya etilmaydi;
- sug‘urtaga mulklarni qabul qilish jarayonida sug‘urta qildiruvchi ishtirokida
albatta, ularni ko‘zdan kechirish kerak. Fuqaroga tegishli transport vositasini
sug‘urtaga qabul qilishda esa mazkur transport vositasiga egalik qilish huquqini
beruvchi tegishli hujjatlar va texnik pasportni ko‘rish hamda maxsus jadvalga (agar
jadval sug‘urtalovchi tomonidan ishlab chiqilgan va bu jadval bilan agent
ta’minlangan bo‘lsa) muvofiq transport vositasining eskirish summasiga muvofiq
sug‘urta mukofoti summasidan chegirmalarni ayiradi. Uy hayvonlarini sug‘urta
qilishda sug‘urtaga qabul qilinayotgan hayvonlarning sog‘ligi talab darajasidami
yoki yo‘qmi va mazkur hudud uchun karantin e’lon qilinmaganmi kabi
masalalarga agent o‘z e’tiborini qaratishi kerak (agar hayvonlar kasallikga
chalingan bo‘lsa, tug‘ish holatida yoki tuqqandan keyin kuzatuvda bo‘lgan bo‘lsa,
shuningdek, so‘ngi tibbiy tekshiruv jarayonida hayvonlarda brutsellez yoxud
tuberkulez kasalliklariga chalinganlik alomatlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, bunday
hayvonlar sug‘urtaga qabul qilinmaydi);
- sug‘urtaga qabul qilinayotgan mulklar joylashgan joy, uy haqiqatan
sug‘urta qildiruvchining doimiy yashash joyimi yoki yo‘qligini ham nazardan
chetda qoldirmaslik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |