177
Addendum
- ilgari tuzilgan sug’urta va qayta sug’urtalash shartnomasiga
tomonlarning o'zaro bitimi bilan qo'shimchalar kiritish.
Adjaster
– sug’urta hodisasi ro'y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi
tomonidan bildirilgan e'tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining
(sug’urta qildiruvchining) manfaatlarini himoya etuvchi
jismoniy yoki yuridik
shaxs. U sug’urtalanuvchi bilan unga to'lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini
kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug’urta hodisasi ro'y berish sabablarini
o'rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo'yicha sug’urta
kompaniyasiga
ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini bajaradi. Adjaster
vazifasini sug’urta kompaniyasining tarkibiy bo'limi yoki ixtisoslashgan tashkilot
amalga oshirishi mumkin.
Aktuariy
- lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma'noni bildiradi.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o'zlashtirib olgan sug’urta matematikasi
sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab
chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo'yicha sug’urta zaxiralarini shakllantirish
bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko'rsatmoqda.
Aktuariylarning xalqaro
uyushmasi mavjud.
Aktuar
hisob-kitoblar – sug’urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-
matematik usullari yig’indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga
asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning
metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi,
demografiya qonuniyatlariga tayanadi, tarif stavkasining miqdori sug’urta
hodisalari ro'y berishining ehtimoliyligiga boqliq. Demografiya ma'lumotlaridan
fuqorolarning hayotini sug’urtalashda sug’urtalanuvchilarning
yoshiga mos
ravishda sug’urta tarifi stavkasini tabaqalashtirshda foydalaniladi. Uzoq muddatli
hayotni sug’urtalash bo'yicha sug’urta summalari sug’urtalangan shaxs vafot
etganda yoki u ma'lum bir yoshga yetganda to'lanadi. Yetarli miqdordagi sug’urta
fondini
shakllantirish uchun, sug’urtalovchi shartnoma amalda bo'lgan davrda
qancha shaxs vafot etishi yoki ma'lum bir yoshga yetishi ehtimoliyligini bilishi
zarur. Aholi o’limi darajasi haqidagi statistik ma'lumot asosida turli yoshga yetish
178
ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolarning o'limi to'g’risidagi
jadvalni tuzish
mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni sug’urtalash bo'yicha tarif
stavkalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: