84
Sug‘urta agentlarining
vazifalariga
sug‘urtalovchidan sug‘urta qildiruvchiga
bo‘lgan siljish, sug‘urta shartnomasini
tuzishda yordam berish, uni bajarishda
ko‘maklashish kiradi. Agentlarning asosiy vazifalari quyidagilar orqali realizatsiya
qilinadi:
- sug‘urta qiluvchilarni qidirish va ularga maslahat berish;
hujjatlarni
rasmiylashtirish va imzolash; sug‘urta qildiruvchiga shartnoma asosida xizmat
ko‘rsatish. Jadvallarga suyangan holda qeyidagilarni ajratish mumkin:
1) sug‘urta agentlari — jismoniy shaxslar. Ular sug‘urtaning
chakana
turlarida mayda bitimlarda vositachilik faoliyatini yuritadilar.
Ular birga ishlaydigan insonlar doirasi katta emas, lekin xizmat turlari,
qo‘shimchani kiritgan holda nihoyatda tor;
2) sug‘urta agentlari — yuridik shaxslar. Ular chakana sug‘urtalashga
ixtisoslashganlar, ularning faoliyatida jismoniy va yuridik
shaxslar bilan tuzilgan
mayda va kamdan kam uchraydigan bitimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ko‘pincha,
ular bir nechta sug‘urtalovchining vakillari sifatida mukofotlar oladilar va ularning
xizmat ko‘rsatish doiralari ancha keng.
Barcha agentlarni ikki guruhga ajratishimiz mumkin:
1)
Sug‘urtalovchi xodimlarining, etirof etilishi xizmat haqi va komisiya
agentlarini o‘z ichiga olgan holda tashkil etadi. Ularga, doimiy xizmat haqiga ega
sug‘urta kompaniyasining shtatida turgan sug‘urta agentlari kiradi. Bunday paytda
ular faqatgina o‘zlarining vakolat va komissiya taqdirlovini olgan sug‘urta
kompaniyalarini taqdim etishlari mumkin. Ularning faoliyati
mehnat shartnomasi
va ish vazifalarini sug‘urtalovchi tomonidan to‘liq boshqaralib, nazorat qilinadi.
Sug‘urta kompaniyasi agentlarni taminlash uchun ta’limga, mehnat
unumdorligidan qattiy nazar ish haqini berishga. Doimiy xarajatlar qiladi.
2)
Jismoniy va yuridik shaxslar, shartnoma asosida sug‘urtalovchining xohish,
istaklari bilan tanishtiradi.
Bunday makler agentlar sugurta kompaniyasining
shtat ishchilari
hisoblanmaydi va ishlari uchun kommisiya taqdirlovini olishadi. Bularga
85
quyidagilar kiradi: Bosh sug‘urta agentlari. Bu sotuvchilarning vazifasiga, mijozlar
bilan muloqot qilish va tayyor maxsulotni sug‘urta kompaniyasiga uzatish kiradi.
Monomandat sug‘urta agentlari
. Bular maxsus shartnoma asosida faqat bitta
kompaniya bilan bog‘lanishgan va faqatgina xususiy mijozlarga xizmat
ko‘rsatadilar. Ularning to’lovlari faqatgina komissiya taqdirlovidan sug‘urta
mukofotidan tashkil topgan. Bunday agentlar mijozlar
bilan doimiy ravishda
aloqada, va ular bilan munosabatlari mustahkam, mijozga yangi xizmat haqidagi
malumotni tezda yetkazishga imkon beradi.
Ko‘p mandatli sug‘urta agentlari
. Bir qancha yoki bitta sug‘urta
kompaniyalari bilan ishlash xuquqiga ega va ulardan o‘z faoliyatlari uchun mandat
qo‘lga kiritish imkoniyatlariga egalar. Sug‘urtalovchiga qulayligi shundaki, agent
barcha sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta mahsulotlarini tavsiya etishi mumkin,
shu tarzda sug‘urtalovchiga tanlash imkoniyatini yaratib beradi.
Hozirgi kunda vositachilar orqali polislar xarid qilish ko‘pchilik
mamlakatlarda va aksariyat odamlar uchun eng umumiy tendensiya hisoblanadi.
26
Do'stlaringiz bilan baham: