86
Markazlashtirilgan model.
Bunday tizimda aniq agentlar savdo-sotiq ishlari
bilan shug‘ullanadilar. Shunday qilib,sug‘urta kompaniyasining tashkilot tizimida,
mustaqil ravishda marketing va maxsus agent savdolarni
departamenti hosil
boladi. Mazkur model agentlik tarmog‘i ustidan markazlashtirilgan boshqaruvni
yo’lga qo‘yadi, to’plam, talim, sotuvlar rejasining nazorati, daromad va xarajatlar
byudjetini tashkil qiladi. Bu diqqatni bir joyga jamlash imkonini beradi va ish
faoliyati va vazifalari raxbarining departament zimmasiga yuklanadi.
Jismoniy shaxslarga sug‘urta polislarni sotishda bozorni to’g‘ri
segmentatsiyalash birinchi o‘ringa chiqadi. Bir tarafdan to’g‘ri segmentatsiyalash
mijozlarning ehtiyojlariga binoan xizmat ko‘rsatilishiga yordam beradi.
Boshqa
tarafdan esa bu jarayon katta xarajatlarni talab qiladi. Ularni universal sug‘urta
mahsulotlarini yaratish evaziga kamaytirish imkoniyati mavjud. Har bir mintaqa
o‘z talab darajasiga, o‘z iste’molchilarining tizim qiymatiga, o’zini
tutish
xususiyatlariga, xarakteri va xatarlariga, sug‘urtalovchi konsentratsiyasiga ega.
Jismoniy shaxslarni sotuv darajalari bilan ta’minlash uchun sug‘urtalovchi ko‘p
sonli aholi joylashgan hududlarda agentlik ofislariga ega bo’lishi kerak.
Sug‘urtalovchi reklama orqali o’zini taqdim ko’rsata olishi lozim, misol
uchun matbuotlar orqali.
Umuman olib qaraganda korporativ sug‘urtada sug‘urtalovchi
kamdan kam
statsionar sotuv ofislarini tashkil etishadi. Sug‘urtachi darajasiga o‘tkazilishi lozim
bo’lgan o‘z faoliyatini olib kelayotgan potensial mijozlar mavjud bulgan
mintaqalarda agent tarmoqlar markazlarini tashkil etish juda mos keladi.
Chakana savdoda esa agentlarning ishiga bo’lgan talab juda katta. Agentlik
aloqasi qurilayotganda sug‘urtalovchi mijoz kimligini va uning talablari
qandayligini aniq bilishi kerak.
Misol uchun, sotuv burchagini supermarketlarda
va katta savdo markazlarda o‘rnatish lozim, chunki faol iste’molchi o‘z vaqtini
asrash maqsadida bunday joylarga tashrif buyuradi. Yoki sug‘urtalovchi ish
joylarida sotuvlarini boshlashi mumkin. Modelning turidan qatiy nazar agentlarni
tayyorlash uchun sug‘urta kompaniyasi katta miqdordagi mablag‘ ajratadi.
Sug‘urtalovchi oquv jarayoni sotuv bo‘yicha
mashqlarni , qarshi fikrlar bilan
87
ishlashni, suhbat jarayonini, guruh va motivatsion tadbirlarni tashkil etadi. O‘sha
vaziyatlardagi xarajatlar bo‘yicha kompensatsiyani agentlarning samarali sotuvlari
orqali kafolatlash lozim.
Jamiyat ichidagi aylanadigan ma’lumotlar sug‘urta xizmatlarini reklama
qilishning eng yaxshi uslubidir. Odatda bunday uslublar kichik va o‘rta
shaharlar
va qishloq xo‘jaligi mavjud hududlarga tegishli. Agentlarni hech qanday mijozlar
bazasi bilan ta’mirlashining hojati yoq. Buning sababi jamiyatning kichik hududi
tufayli barcha moliyaviy imkoniyatlar va sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talablar ochiq
va ma’lumdir. Ammo katta shaharlarda o‘z ishini olib borayotgan potensial
mijozlar haqida ma’lumotlar ancha dolzarb va ma’qul keladi.
Bu yerda
is’temolchilar segmentatsiyasi hamda ularning imtiyozlari bo‘yicha tadqiqot
o‘tkazilishi va talablarning turli xil darajalariga e’tibor qaratilishi lozim. Shu tariqa
agentlik tarmog‘i ustidan boshqarish samaradorligini ta’minlasa bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: