Zarankat (Zarkent), Nujkat, Nukat, Tunkat, Unjakat, Farnkat (Parkent), Xarashkat,
Xotunkat, G'azarkat (G'azalkent).
Shunisi qiziqki, eski qoiyozma manbalarda aksari kat, ket shaklida yozib
kelingan nomlar sho'rolar hokimiyatiniiig dastlabki yillarida kent shaklida
yoziladigan bo'ldi: Parkent, Piskent, G'azalkent kabi.
Temuriylar davri yozma manbalarida O'zbekiston toponimiyasi maxsus
yoritilmagan bo'lsa ham Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma», Sharafiddin Ali
Yazdiyning «Zafarnoma», Hofizi Abruning «Geografiya» va «Zubdat at-tavorix»,
Abdurazzoq Samarqandiyning «Matlai sa'dayn» kabi asarlarida talaygina joy nomlari
tilga olingan. Ularda qayd etilgan Toshkent viloyatidagi toponimlardan quyidagilarni
aytib o'tish mumkin: Toshkand, Sayxun suvi, Ohangaron, Oqqo'rg'on, Toshkent
cho'li, Shohruhiya, Chinos mavzesi, Farkat (Parkent), Xumrak mavzesi (Ohangaron
daryosining etagida bo igan), Chanoqbuloq mavzesi.
Hofiz Tanish ibn Muhammad Buxoriyning (XVI asr) «Abdullanoma» asarida
Toshkent shahrining Ko'kcha, Farkat, Samarqand, Turkiston, Registon nomli
darvozalari nomi, Piskat, Sayxun (Sirdaryo), Farak (Chirchiq), Choch, Shohruhiya,
Qaraqamish kabi toponimlar uchraydi. Sirdaryoning irmog'i haqida: «Chirchiq nomi
bilan mashhur Chir daryosi» deydi. Ko'rinadiki, Toshkent tegrasida turkiy nomlar
ham qadimdan uchray boshlaydi, chunonchi, sof turkiy nom boigan Toshkent
so'zining tarixiy manbalarda qayd qilina boshlaganiga ming yildan oshdi. O'rta
asrlarda Toshkent yaqinida Xotunkat va Jabg'ukat nomli shaharchalar boigan. Bular
ham turkiy nomlardir. Sharqiy Turk xoqonligida jabg'u degan unvon boigan. Xotun
so'zi arabcha boisa ham bu so'z turklarga «xonning rafiqasi» yoki «xon ayol»
ma'nosida ilk o'rta asrdardayoq o'tgan. Bo'stonliq tumanida Soyiiq degan qishloq bor.
Bu nom X-XI asrlarda ijod qilgan arab geograflarining asarlaridayoq uchraydi. Bir
qancha manbalarda, jum-ladan, buyuk Firdavsiyning «Shohnoma»sida Chirchiq
daryosi Obi-turk, ya'ni «turklar daryosi» nomi bilan tilga olingan.
Toshkent viloyati hududining shimoliy va shimoli-sharqiy qismi G'arbiy
Tyanshan togiarining tarmoqlari – Chotqol, Qurama, Piskom va Ugom togiari bilatt
band. Bu togiarning har biri o'z navbatida yana qancha tizmalarga va mayda
tarmoqlarga boiinib ketadi.
Bu togiarning turkiy nomi Xontangri yoki Tangritov boigan degan fikrda jon
bor, chunki xitoycha Tyanshan – «osmon toglari» demak. Tangri, ko'k, osmon
so'zlari sinonimi.
Qirgizlar Tyanshanni Olatov deyishadi. Akademik V.V. Radlov turkiy al-ol
(ulu, uluq) so'zi «yuksak», «buyuk», «dahshatli» ma'nolarini anglatishini ta'kidlagan.
Olatovni «ola-buia», «qorli tog'» deyish ham mumkin. Lekin doimiy qorli toglar
ko'pincha Oqtog' deyiladi. Masalan, Ohangaron vodiysidagi toglardan birining nomi
Oqtog'. G'arbiy Tyanshandagi Piskom, Ugom, Chimyon oronimlari ham qadimiy
nomlardir. Bu o'rinda kom (gom), kam, kern, eroniy tillarda «daryo», «soy», «kanal»
yoki «kiraverish» («og'iz») ekanini aytib o'tish joiz.
Chimyon toponimi va umuman Toshkent viloyatining togii qismidagi ko'pgina
joy nomlari Farg'ona vodiysidan ko'chib kelgan aholi tomonidan qo'yilgan degan
malumot bor. Zarkat (Zarkent), Parkat (Parkent), Nanay, Burchmulla kabi nomlar
shular jumlasidan. Farg'ona tumanida Chimyon shaharchasi, Qo'rg'ontepa tumanida
Chimyon qishlog'i bor. Farg'onadagi Chimyonni tojikcha talaffuz asosida ruslar
Chimion, Bo'stonliqdagi Chimyonni esa o'zbekcha talaffuz asosida Chimgan yozib
kelishadi.
Chim-chem unsuri o'zbekchada ko'p marta takrorlanadi. Chem (chim) sug'd
tilida «g'ov», «to'siq», «ihota», «qo'rg'on» degani. H.Hasanov «Devonu lug'otit
turk»dagi «o'tloq» ma'nosidagi chimgan so'ziga nisbat berib, Chimyon toponimini
«serchim joy» deb izohlagan. Tyanshan tog'larining viloyat hududidagi qismida
Bodeka-tim, Pidsr, Shalsrez, Chodak, Shavvoz, Yaxak, Hovla kabi o'zbeklar uchun
tushuniksiz forscha-tojikcha oronimlar ham uchraydi.
1:200 000 masshtabli xaritada viloyat hududida 80 dan ortiq oronimik obyektlar
– tog', tizma, dovon nomlari qayd qilingan. Shulardan 1/4 qismi dovonlar, qolganlari
tog'lar va tizma tog'lardir. Oronimlarning ko'pchiligi turkiy nomlardan iborat. Shunisi
qiziqki, oronimlar orasida asosiy hisoblangan tog'-tov atamasi bir necha martagina
uchraydi: Bobotog', Qoratog, Bukirtov, Toshtov, Charxtov (charx qumi yasaladigan
tosh). Tog'da yashaydigan aholi ko'proq tosh so'zini ishlatadi: Odamtosli (shaklan
odam gavdasiga o'xshaydigan qoya), Tektosh, Gyuatesh (yaltiroq qoya), Toshtepa,
Uchtosh (uchta cho'qqi), Qayirtosh, Qoratosh (Qora qoya), Tosh-tov (qoyali tog')
kabi. Yana qapchig'ay - «tor dara» (Oqqapchig'ay), qurum-qurum -«tog'
yonbag'irlaridagi toshlar uyumi» (Qo'rumjo'l) kabi oronimik atamalarni aytib o'tish
mumkin.
Yuqorida tilga olingan indikatorlardan tashqari oronimik leksikada o'simlik
nomlari ham anchagina uchraydi: Archali, Terakli, Yakkapista
s
O'rikbel,
Qoratutlioshi, Qoraqushxona, Qo'ng'irbuqa va hokazo.
Toshkent viloyati respublikada suv resurslariga eng boy viloyatdir.
Sirdarayoning o'rta oqimi, uning yirik irmoqlari - Chirchiq (irmoqlari Chotqol,
Piskom, Ugom, Ko'ksuv), Ohangaron viloyat hududidan oqib o'tadi. Bu dayolarning
har biriga yana qancha soy-jilg'alar qo'shiladi.
Umuman olganda viloyat hududida juda ko'plab katta-kichik daryo, soylar,
jilg'alar bor. Buloq, chashmalar, quduqlar ham anchagina. Tabiiy geografik obyektlar
katta-kichik bo'lsa ham, toponimlarning katta-kichigi bo'lmaydi. Makrotoponim ham,
mikrotoponim ham muayyan bir ma'noni anglatadigan so'zlar.
Viloyatning eng katta daryosi Chirchiq nomining «Kichik Sir» deb izohlangani
ma'lum (lug'atga qarang). Parkent tumanida Haromzodasoy degan soy bor. Ma'lumki,
harom-zoda yoki haromi nikohsiz ota-onalardan tug'ilgan bolani bildiradi va bu so'z
«yaramas», «iflos», «ablah» ma'nolarini ham anglatadi. Tez-tez toshib tevarak-
atroflami vayron qilib turgani sababli, xalq bunday soyni nafrat bilan haromzoda deb
atagan bo'lishi mumkin. Respublikamizda Tentaksoy degan bir necha suv obyekti
bor. Parkent tumanidagi bir soy ham shunday ataladi. Bunday soylar, oshib-toshib
yo'1-ko'priklarni buzib, ekinzorlarni bosib ketishgan. Xuddi shunday Yuguriksoy
(Parkent tumani) «shoshib-pishib tez oqadigan», Sargardonsoy (Bo'stonliq tumani)
o'zanini tez-tez o'zgartirib turadigan soy ma'nosini anglatadi. Navoiy tumanida
Sargardonqum degan qumlik bor, bu yerda qum tepalari – barxaftlar tez-tez o'z
o'rnini o'zgartirib turadi,
Tovoqsoy (Bo'stonliq tumani). Bu nomning kelib chiqishiga shaklan ulkan
tovoqni eslatadigan chuqurlikdagi buloqdan chiqadigan suv sabab Baxmal tumanida
Tovoqbuloq degan buloq bor.
Bo'stonliq tumanidagi bir soy ruscha xaritalarda Navalisay deb yozilgan.
To'g'risi Novalisoy bo'lishi kerak. Nov yoki nova yog'och-taxtadan ishlangan sun'iy
ariq, jarlik yoki soylik ustidan o'tkazilgan tamov ma'nosini anglatadi.
Bu misollar ham yer-suvlarga nom berishda xalqdan o'rganish kerakligini
ko'rsatadi.
Angren – viloyat tasarrufidagi shahar. Ohangaron «temirchilar» so'zining
buzilgan shakli. Ko'plar buni ruscha talaffuz oqibati deyishadi. Aslida quramalar
shunday talaffuz qilganlar. Zomin tumanida xam Angren degan joy bor.
Bo'ka — sh., Bo'ka tumani. Qadimgi turk tilida, hozirgi ba'zi bir turkiy xalqlar
(qozoqlar, qirg'izlar) tilida bo'ka «pahlavon» degan ma'noni anglatadi. Bo'ka degan
unig' ham bo'lgan, masalan, qang’lilarning bo'ka-qangli urug'i qayd qilingan.
Burchmulla – q., Bo'stonliq tumani. Tojik tilida Burji Mullo shaklida yoziladi.
Bun – istehkom devorining muyulishidagi minora. Akademik A.R. Muxammadjonov
fikricha, mo'la ham «minora» ma'nosini bildiradi.
Zarkent – q., Parkent tumani (Yangiqo'rg'on tumanida ham Zarkent qishlog'i
bor). Arab geograflaridan Muqaddasiy (X asr) o'z asarida Shosh viloyatida tilga
olingan Zaranieut qishlog'ini V.V.Bartold hozirgi Zarkent boiishi mumkin, degan.
Etimologiyasi noma'lum. Agar zar bo'lsa, «oltin», zer (zerin) bo'lsa, «quyi», «etak»
degani. Zerinkat «pastdagi qishloq», «tog' etagidagi qishloq» ma'nosini anglatadi.
Kaykovus (Kalkomz) – Toshkent shahridagi ariq. Shayboniylardan
Suyunchxo'jaxon hijriy 917-936, milodiy 1511-1530 yillarda Toshkentda chorbog'
barpo etib, uni Kaykoves chorbog'i deb atagan.
Keles (Kalas) – daryo, Sirdaryoning o'ng irmog'i (Qozog'iston Respublikasi
Chimkent viloyati va O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati). Arab
geograflaridan Istaxriy, Ibn havqal asarlarida Qalos dashti, «Abdullanoma»da (XVI
asr) Kalas savi tilga olingan. V.V.Bartold Qalos dashti hozirgi Keles (Kalas) nomi
bilan atalgan deydi. Qalos dashti «hudud ul-olam»da ham qayd qilingan. Demak,
dastlab Qalos, keyin Qalas, so'ngra Kalas, qozoq tili ta'sirida Keles bo'lib ketgan.
Qozoq toponimisti Ye.Qo'ychiboev fikricha, kele «til», -s esa «suv» so'zining
qiskargan varianti: Keles – «til suv», «uzun suv» degani.
Ko'ksaroy — q., Toshkent tumani. Saroy qabilasining bir tarmogi – ko'ksaroy.
Nanay — q., Bo'stonlik, Yangiqo'rg'on tumanlari. Nanay (Nanayni, Nanayya,
Nani) – o'rta Osiyo zardo'shtiylarida hosildorlik xudosi.
Nov - q., Yangiyo'l tumani. Nov - yog'och tarnov, oxur, osma quvur, ariq.
Obiraxmat - q., Bo'stonliq tumani. Qishloq yonida shifobaxsh buloq bor.
Obirahmat «rahmat suvi» demakdir. O'rta Osiyo xalqlarida, jumladan tojik xalqida
yangi yil - navro'z bayramidan 2-3 kun oldin yog'adigan yomg'ir obi rahmat, obi
Do'stlaringiz bilan baham: |