(yog'och, yig'och) yetti-sakkiz kilometrga teng uzunlik o'lchovi. Asli ma'nosi –
Tarixchi Muhammad Solih Beshog'och qavm, toifa nomi deydi. Chindan ham
Boltamozor – Sebzor dahasi mavzelaridan biri. Bolta urug'i vakillarining
Balg’orbozor – Sebzor dahasi mahallalaridan biri. Bulg'ori teri (ko'n)
Bo'rjar – Beshog'och dahasi mavzelaridan biri. Bo'zsuv kanalining chap
tarmog'i ham Bo'rijar deb ataladi. Bo'ri jar – «bo'ri ko'p jar» deb ham izohlangan.
Ilgarilari qo'shin yurishga otlanishdan oldin to'plangan manzil buljor deb atalgan.
Jarlik qo'shlnning to'planishi uchun qulay bolganligidan shunday atalgan bo'lsa ajab
emas. Janubiy Qozog’istonda ham Bo'rjar degan joy bor. Bo'rjar «bo'z jar» degan
taxmin ham bor.
Do'mbirobod – ko'cha va mahalla nomi. Qariyalarning gaplariga qaraganda bu
yerda Mirsoat do'mbira degan qassob o'tgan. Qorni do'mbiradek katta bo'lganidan
shunday laqab olgan. Keyinchalik shu yer Do'mbirobod bo'lib ketgan.
Zaxariq kanali. Vaqf hujjatlarida Zog' shaklida tilga olingan. Ba'zan Zolariq
ham deyishadi. Kanal Firdavsiyning «Shohnoma»sida tasvirlangan Zol podshosining
nomi bilan atalgan degan taxmin bor. Toshkentdagi ba'zi bir toponimlarning kelib
chiqishini klassik fors adabiyoti qahramonlarinirtg nomlari bilan bog’ishlanadi
(Kalkovus – Kaykovus, Bo'zsuv – Barzu, Zax -Zol va hokazo).
Labzak – Sebzor dahasidagi mahalla. Dastlab shaharning 12 ta darvozasidan
biri shunday deb atalgan. Labzak asli Labi Zax (Zax arig'ining bo'yi) demakdir.
Sag'bon – Ko'kcha dahasidagi mahalla. U Sakbon – «itboqar» so'zidan olingan
deyilardi. Keyingi vaqtda Sag'bon arabcha suq – «bozor» va forscha-tojikcha ban –
«qarovchi», «boquvchi», ya'ni suqbon «bozor qorovuli» deb izohlanmoqda.
Sergeli (Sirg'ali) – Toshkent viloyati tumanlaridan biri. Sergeli qozoqlarning
qabilalar ittifoqi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida sergeliliklarning ko'pchiligi
Janubiy Qozog'iston hududida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Sirg'ali urug'i
o'zbeklar tarkibida ham bo'lgan.
Salor – Bo'zsuvdan boshlanadigan kanal. Bu kanal XV-XVI asrlar vaqf
hujjatlarida Ro'dak, ya'ni «daryocha» deb ham atalgan. Professor H.Hasanov kanal
(ariq) nomi uni sipohi salor – lashkarboshi qazdirganidan dalolat beradi deydi. Salor
degan tirug' xam bo'lgan.
Toshkent so'zining etimologiyasi haqida turli fikrlar bayon etilgan. Shulardan
eng ko'p tarqalganlari toponimning Tosh (arabcha — hijara, yunoncha — petros)
so'zi bilan aloqador, ya'ni Toshkent – toshqal'a demakdir. Ptolemeyning
«Geografiya» kitobida u Lifivos Petros – «Burj ul hijora» (Tosh qal'a) deb atalgan
(Beruniy). «Tarkan – Shoshning ismi. Uning asli Toshkand bolib, toshdan qilingan
shahar demakdir» (Mahmud Qoshg'ariy).
Xadra – Shayxontohur dahasidagi mahallalardan biri, endilikda eski shaharning
markaziy maydoni. Tarixchi Y.G\ G'ulomov va folklorshunos H.T. Zaripovning
fikricha, haddi roh «yo'lning chekkasi, chegarasi», ya'ni shaharning chekkasi degan
ma'noni bildiradi. Tilshunos F.A. Abdullayev esa xadra «notekis, past-baland, adirlik
(yer) demakdir» deydi (adrang – adra – xadra).
Chilonzor – Beshog'och dahasi mavzelaridan biri. Chinorzor keyinchalik
Chilonzor bo'lib ketgan. Ba'zilar bu joy chllon (jiyda) o'simligidan nom olgan
deyiladi. Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida ham Chilonzor degan qishloqlar bor.
Chig'atoy – Toshkent mahalla va mavzelari ro'yxatida bir necha marta
takrorlanadigan nom. Chig'atoy – Chingizxonning ikkinchi o'g'li. Chig'atoy ulusi
aholisi chig'atoylar deyilgan. Chig'atoy nomini G'arbdagi va o'rta Osiyodagi xalqlar
Chag'atay, Jag'atay shaklida talaffuz qilib keladi. O'zbekiston va Tojikistonning
janubidagi katta bir qavm (o'zbeklar va tojiklar) o'zlarini
chag'atay deb hisoblashadi.
Respublikamizda Chag'atay nomli bir necha qishloq bor. Demak, bu so'z asli
chag'atay (chaqatay) shaklida bo'lgan. Zomin tumanidagi qirg'izlar tilida chaqatoy
«janjalkash», «jangari», «urishqoq» degani. Bu ham mazkur so'zning o'zbekcha
shakli haqida o'ylab ko'rish kerakligini ko'rsatadi.
Shayxontohur – Toshkentning to'rt dahasidan biri. Urbonim Shayx Umar
Bog'istoniy o'g'li Shayx Xovondi Tohur (janobi pok shayx) ismli avliyo nomi bilan
atalgan.
Shivli yoki Shivlimozor – Shayxontohur dahasi mavzelaridan biri. Bu yerlar
hozir ham Shivli, shu yerdan o'tadigan ariq Chovli deyiladi. Shivli bilan Chovli
ikkalasi bir nom (bu fikrni Muhammad Solih ham, N.G. Mallitskiy ham aytgan).
Dastlab mahalla Shivli, to'g'rirog'i Shibli deb yuritilgan. Shibli (asli shayx ismi,
mozor nomi) bora-bora Chovll bo'lib ketgan. Shibli ismli ulug' zotlar, avliyolar ,
olimlar ko'p o'tgan. Shibli so'zi arabcha bo'lib «sherbachcha» (arslon bolasi)
demakdir.
Eski jo'va – Sebzor dahasidagi mahalla. H. Hasanov bu nomni eskirgan harbiy
aslahalar (jo'va) ombori ma'nosidadir deydi. Chindan ham jiba (juba) «sovut» degani.
Fikrimizcha, jo'ba (jo'va) «bozor, rasta» degan so'z. Buxoroda Jo'bai baqqolon
«baqqollar bozori» bo'lgan. Eronda Jo'bai jadid – «yangi bozor» degan toponim bor.
Yalang'och – Shayxontohur dahasi mavzelaridan biri. Yalang'och laqabli avliyo
nomidan kelib chiqqan.
O'rda – O'rta Osiyo xonliklarida xonning qarorgohi. Toshkentning Navoiy
ko'chasi boshidagi O'rda degan joyda XIX asr boshlarida Qo'qon xoni noiblari o'rda
qurdirgan.
Qoramurt – Shayxontohur dahasi mavzelaridan birining nomi. Qoramurt o'zbek
urug'laridan biri, ma'nosi «qora mo'ylovli» demak.
Toshkent shahridagi tabiiy va madaniy, sun'iy obyektlar nihoy-atda xilma-xil.
Shahar ichki obyektlarining nomlari urbonimlar deyiladi. Bunday obyektlar shahar
tarkib topgan davrdan boshlab paydo bo'lgan.
Ana shu obyektlaming aksari qismi yo'qolib ketgan bo'lsa ham xalq xotirasida,
qo'lyozmalar va boshqa yozma yodgorliklarda ulaming nomlari saqlanib qolgan.
Ularning har biri shahar tarixining zarralaridir.
Shahar toponimlarining eng ko'p sonlisi ko'cha-ko'ylar nomlaridan iborat.
Toshkent ko'chalarining soni va nomlari har doim o'zgarib turgan. Poytaxt ko'chalari
nomi va sonini Toshkent shahar Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi tomonidan 1978
yilda nashr etilgan ma'lumotnoma bilan oradan chorak asr o'tgandan keyingi ro'yxat
materiallarini solishtirsak, katta tafovutni ko'rish mumkin.
1978 yilgi nomlarning ko'pchiligi kommunistik mafkura, ruslashtirish siyosati
ruhi bilan sug'orilgan edi. Ma'lumotnomada jami bo'lib 3253 ko'cha soni keltirilgan.
Lekin mustaqil nomlar soni 1500 dan oshmaydi. Buning sababi shundaki, katta
ko'cha ham, tor ko'cha ham, berk ko'cha ham bir nom bilan atalgan; masalan, bitta
ko'cha, 2 ta tor ko'cha, 2 ta berk ko'cha Ashrafiy, nomi bilan atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: