4-MAVZU: ETNONIMLAR VA ETNOTOPONIMLAR (2 soat).
Reja:
1. Etnonimlar va ularning ma’nosi.
2. Etnotoponimlar.
3. Detoponimizatsiya.
1. Insoniyat biologik jihatdan bir butun boisa ham umumiy sotsiologik qonunlar
asosida taraqqiy eta borib, son-sanoqsiz guruhlarga bo'lingan. Yer sharida
kishilarning xilma-xil guruhlari, jamoalari, mavjud. Ikki kishini ham bir jamoa, shu
bilan birga butun bir mamlakat aholisini ham bir jamoa deyish mumkin.
Jamoalar juda katta va juda kichik hududni ham qamrab olishi mumkin.
Urug'lar, qabilalar eng qadimiy jamoalardir. Jamiyat taraqqjyotining muayyan
bosqichida vujudga kelgan qabila, elat, xalq, millat kabi jamoalar etnik birlashmalar,
ya'ni etnoslardir.
Qabila nima? Qabila sinfsiz jamiyatdagi etnik birlik va ijtimoiy tashkilot tipidir.
Qabila a'zolari bir-birlari bilan qon-qardosh bo'lgan hamda urug' va boshqa mayda
guruhlarga bo'lingan. Qabila a'zolari muayyan birlikka ega umumiy hududda
yashashgan, iqtisodiy birlikka ega bo'lishgan. Ya'ni jamoa bo'lib ov qilishgan, bir-
birlariga yordamlashishgan, yagona til (sheva) da gaplashishgan. Jamiyat
taraqqiyotining muayyan bosqichida qabilalar birlashib elat hosil qiladi. Qabilachilik
qoldiqlari sinfly jamiyatda ham saqlanib qolishi va quldorlik, feodal va kapitalistik
munosabatlar bilan qo'shilib ketishi mumkin. Shunday qilib, elat kishilarning til
jihatdan hududiy, iqtisodiy va madaniy birligi bo'lib, millatdan oldingi sanaladi.
Elatlar qabilalar ittifoqi vujudga kelgan davrda tarkib topa boshlagan, Bunda
qabilalar bir-birlari bilan asta-sekin aralashib, qon-qardoshlik aloqalari o'rnini
hududiy aloqalar egallay boshlagan. Elatlar odatda kelib chiqishi va tili bir bo'lgan bir
necha qabilalardan yoki ularning birini ikkinchisi bosib olishi natijasida aralashib
ketgan va tillari turlicha bo'lgan qabilalardan tarkib topgan. Elatning tarkib topishi
jarayonida, uning ayrim guruhlari o'rtasida aloqalar kuchaygan sari eng ko'p sonli va
eng taraqqiy etgan etnik komponentning tili elatning umumiy tili bo'lib qoladi;
boshqa qabilalarning tillari esa shevalarga aylanadi yoki ba'zan umuman yo'qolib
ketadi. Shu tariqa kishilarning umumiy nom bilan ataladigan hududiy, madaniy va
iqtisodiy birligi vujudga keladi. Kapitalistik munosabatlarning taraqqiy etishi va
iqtisodiy hamda madaniy aloqalarning kuchayishi bilan elatlar millatlarga aylanadi.
Millat – kishilarning barqaror tarixiy birligi. U umumiy iqtisodiy turmush hamda til,
hududiy birligi, madaniyat, ong va psixologiyaning o'ziga xosligi zaminida qaror
topgan ijtimoiy taraqqiyot shaklitlir. Millat qon-qardosh va qardosh bo'lmagan qabila,
irq va xalqlardan shakllanadi. Millatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashishi elatlarning
yozma adabiy tili va xalq og'zaki tilining yaqinlashishi negizida yagona milliy tilning
paydo bo'lishiga olib keladi. Shevalar o'rnini asta-sekin milliy til egallaydi.
O'zbek elati tetrli urug' va qabilalardan ilk o'rta asrlarda shakllana boshlangan.
Oktyabr to'ntarishidan oldingi o'zbeklar tarkibiga kirgan barlos, nayman, saroy,
qo'ng'irot kabi urug'-qabilalar o'z navba-tida, bir qancha to'p, tira, shox, avlod, qavm
kabi tarmoqlarga bo'linadi. Ana shu har bir bo'limning o'z nomi bor. To'p, to'par,
shox, tira, jamoa, toifa, avlod, qavm, urug', qabila, elat, xalq, millat nomlari
Do'stlaringiz bilan baham: