S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/67
Sana03.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#108083
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
toponomika faniga kirish

etnonimlar deyiladi. Etnonim yunoncha etnos –  «xalq» va onim – «nom» so'zlaridan 


tarkib  topgan.  Etnonimlar  mazmuni  etnonimiya,  etnonimlarni  o'rganadigan  fan 

etnonimika deyiladi. 

Etnonimlar  etnonimika,  etnografiya,  tarix,  tilshunoslikning  hali  yaxshi 

o'rganilmagan  sohasi  bo'lib,  xalqlar,  millatlar  etnogenezini  yanada  chuqur  tahlil 

qilishga katta yordam beradi. 

Har  qanday  etnonimning  o'z  ma'nosi  bor.  Ba'zi  bir  etnonimlar  juda  qadimiy 

so'zlar  bo'lganidan  ma'nosini  tushunish  qiyin.  Odatda  xalqlar,  millatlar,  shuningdek 

qabilalar, yirik urug'larning nomlari qadimiy bo'ladi. Masalan, o'zbek, qirg'iz, qozoq 

kabi  millat  nomlari,  qo'ng'irot,  mitan,  qangli,  qipchoq,  uyshun,  qorluq,  xalaj  kabi 

urug'-qabila  nomlari  haqida  bir  qancha  fikrlar  bildirilgan,  lekin  bu  etnonimlarning 

etimologiyalari  ilmiy  asosda  uzil-kesil  hal  qilingan  emas.  O'zbek  –  «o'ziga  bek», 

qirg'iz  –  «qirq  qiz»,  qozoq  –  «qo-choq»,  mitan  –  «mo'ytan»  (serjun),  qangli  – 

«qanqli» (aravali), qorluq – «qorliq» (qorda qolgan), xalaj – «qol och» (och qolgan), 

qalmoq  –  «chetda  qolgan»  (islom  diniga  kirmay  qolgan)  degan  ma'noni  bildiradi 

deyish g'ayri-ilmiy, asossiz izohdir. 

Etnonimlar  tarix  taqozosi  bilan  vujudga  kelgan  bo'lib,  ma'lumot  tashiydi. 

Etnonimlarni o'rganish juda muhim ilmiy ahamiyatga ega. 

Kishilar  bir  necha  ming  yillar  davomida  ayrim-ayrim  holda  urug'  bo'lib, 

keyinchalik  esa  hududiy-dialektal  umumiylik  hosil  qilib,  qabila-qabila  bo'lib 

yashaganlar.  «Odam»,  «inson»,  «o'zimizning  kishilar  kabi  ma'nolarni  anglatgan  ar 

(er), man (men) kabi etnonimlar ana shu qadim davrlarda paydo bo'lgan. Bir qancha 

etnonimlar  chindan  ham  odam»,  «rostakam  inson»  degan  ma'nolami  bildiradi. 

Masalan, udmurtlar (janubiy udmurtlar) tarixiy manbalarda ar «odam» shaklida tilga 

olingan.  Tatar, hazar, arlat, ag'ar, majar,  mishar, avar, bulg'or  kabi  xalq  va qabila 

nomlari  tarkibidagi  ar  (er),  ir  qo'shimchasi  eroniy  tillardan  birida  «odam»  degan 

ma'noni  bildirgan  va  keyinchalik  turkiy  tillarga  o'tgan.  Ariy  (oriylar),  iron 

(osetinlarnign  bir  qabilasi)  va  hatto  eron  so'zlari  ham  o'sha  ar  (ir)  «odam»  so'zidan 

tarkib  topgan  bo'lsa  ajab  emas.  Turkman,  qaraman,  aqman,  sarman,  quman  kabi 

etnonimlar tarkibidagi man qo'shimchasini olimlar ayrim hind-evropa tillaridagi man 



– men «odam» so'zidan kelib chiqqan, deydi.  

Shu  bilan  birga  bir  qatorda  ko'pgina  etnonimlarning  kelib  chiqishi, 

etimologiyasi  hamon  ma'lum  emas.  Masalan,  «o'zbek»  so'zining  kelib  chiqishi 

to'g'risida turli fikrlar bor. Ko'pchilik olimlar ko'chmanchi o'zbeklar Oltin O'rda xoni 

O'zbekxon (1312-1340) ismi bilan atalgan deyishadi. Holbuki, O'zbekxon Oltin O'rda 

(Ko'k  O'rda)  da  xonlikka  ko'tarilgan,  o'zbek  atamasi  esa  Oq  O'rdada  paydo  bo'lgan. 

Ya'ni  XIV-XV  asrlarda  O'rta  Osiyo  tarixchilari  Oq  O'rdaning  barcha  turk-mo'g'ul 

qabilalarini  o'zbeklar  deb  atashgan.  Bundan  tashqari,  O'zbek  ismi  O'zbekxondan 

oldin  bitilgan  asarlarda  ham  uchraydi.  Demak,  o'zbek  etnonimi  O'zbekxon  ismidan 

kelib  chiqqan,  degan  fikr  to'g'ri  emas.  Bu  so'z  «o'zi  bek»  degan  ma'noni  bildiradi, 

deyish  ham  ilmiy  dalil  emas.  O'zbek  o'z  (uz)  qabilasi  nomi  bilan  bog'liq  degan  fikr 

ham isbot talab. Umuman, hozircha «o'zbek» so'zining etimologiyasi ham aniq emas. 

Boshqa ko'pgina turkiy xalqlar kabi o'zbek xalqi  ham qabila-urug'lardati tarkib 

topgan. Akademik V.V.Bartold so'zlariga qaraganda, dastlab 32 o'zbek urug'i bo'lgan. 

Lekin  XVI  asrdayoq  farg'onalik  Mula  Sayfiddin  Axsikandiy  «Majmuat  –  tavorix» 

asarida  92  o'zbek  urug'i  (elatiya)  ni  tilga  olgan.  XIX  asrning  60-yillarida  bitilgan 




«Tuhfatit-tavorixi  xoniy»  qo'lyozmasida  ham  (muallifi  farg'onalik  Mulla  Avaz 

Muhammad  Attor)  o'zbek  urug'larini  92  ta  deb  ko'rsatilgan.  N.Xanikov  o'zining 

«Buxoro xonligi tasviri» kitobida (1843 yil) 97 o'zbek urug'ining ro'yxatini keltirgan. 

O'zbek  urug'lari  nomlari  (etnonimlar)  ning  o'ziga  xos  kelib  chiqish  tarixi  bor. 

Jonivorlar,  xususan,  uy  hayvonlari  nomi  bilan  atalgan  etnonimlar  ham  eng  qadimiy 

sanaladi.  Ular  majusiylar  davrida  paydo  bo'lgan.  Urug'larning  muqaddas  hayvonlari 

(totem) bo'lib, kishilar o'zlarini shu hayvondan tarqalgan, deb hisoblaganlar. Masalan, 


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish